4
Kommunikatsion jarayon.
Kommunikatsion jarayon - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi
axborot almashish jarayonidir. Bu jarayonda to’rtga bazaviy unsur qatnashadi:
•
axborotni jo’natuvchi;
•
axborotning o’zi (xabar);
•
aloqa kanali, ya’ni axborotni uzatish vositasi;
•
axborotni qabul qiluvchi.
Ana shu to’rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagana, axborot o’z
vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikkala tomon
(jo’natuvchi va qabul qiluvchi) faol rol o’ynashi kerak.
Kommunikasion jarayonni quyidagi 6 bosqich ketma-ketligida bajariladigan
ishlar majmuasi tariqasida ifodalash mumkin:
1.
Axborotni tanlash va g’oyani shakllantirish. Bu bosqichda axborotni qabul
qiluvchiga qanday topshiriqni, qaysi g’oyani berish to’g’risida fikrlaydi va uni
shakllantiradi..
2.
Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish. Bu yerda
axborotni jo’natuvchi o’zining g’oyasini grafik va chizmalarda, yozma ovozda
yoki tasvirda kodlashtiradi.
3.
Aloqa qilish kanalini tanlash va axborot (xabar)ni uzatish.
Kodlashtirish bilan bir qatorda axborotni uzatuvchi kommunikatsiyaga
muvofiq ravishda uzatish kanalini tanlaydi. Shunday kanallar turkumiga: pochta,
telefon, telefaks, elektron pochta, kompyuter shoxobchasi va boshqalar kiradi.
4.
Dekodlashtirish va axborotni qabul qilshp. Dekodlashtirish deganda
uzatilayotgan xabarni, axborotni qabul qiluvchi fikriga o’tkazish, belgilarda
ifodalash tushuniladi. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni
hyech qanday to’siqsiz sababli, axborot yetkazilguncha yo’l- yo’lakay turli shov-
shuvlarga duch kelib asl mohiyatini yo’qotish mumkin. Shu sababli teskari aloqa
xam mavjud.
5.
Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish Bu bosqichda axborot
uzatuvchi bilan axborotni qabul qiluvchi o’z o’rinlari bilan almashinadilar.
Axborotni qabul qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobni shakllantiradi.
6.
Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali
axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikasion jarayon tugaydi.
Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat
ko’rsatmoqda. Ular yordamida axborot to’planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar
banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun,
balki iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o’ta zarur.
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim
muammolar tug’ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni
qayd qilish mumkin:
•
Idrok qilishdagi ruhiy farq.
•
Ma’naviy (semantik) to’siq.
•
Noverbal imo-ishoralar.
•
Fil’trlash.
•
Aloqa kanallarining haddan tashqari ko’payib ketishi.
•
Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib).
Ma’lumki, kishilar bir xil ma’lumotni o’zlarining bilim darajalari, hayotiy
tajribalari, qiziqish doiralari, extiyojlari, hissiy tushularning turlichaligidan
o’zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o’rinda rahbar bilan
bo’ysunuvchi o’rtasidagi munosabat ham muhim rol o’ynaydi. Bir- biriga ishonch
va o’zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko’lami kengayadi, ularning aniqligi
oshadi, javobgarlik qam bir xilda bo’ladi.
Ma’naviy (semantik) to’siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda
qo’llanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning
lavozimlari, mavqyelari, mintalitet, milliy urf-odatlari nuqtai nazardan) mos
tushmaganligida namoyon bo’ladi.
Simvol (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog’ida noverbal,
ya’ni ogzaki yoki so’zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat,
vajohat, tovushning o’zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so’z
mohiyatini tubdan o’zgartirilgan holda yetkazilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ruhshunoslarning fikricha, so’z bilan aytiladigan axborotning 90 % gacha qismi
so’z orqali emas, balki noverbal yo’l bilan qabul qilinar ekan.
Filtrlash - axborotning iste’molchiga tez yetib borishi jarayonida uni
ixchamlashtirish, noxush "ma’lumotlar" dan tozalash maqsadida axborot
soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bundan tashqari quyi
bo’g’indagi rahbarlar, o’zlari xoxlamagan, ammo yuqori bo’g’indagi rahbarlar
bilishi shart bo’lmagan axborotlarni yubormaydilar. Shu tariqa axborotlar
filtrlanadi.
Aloqa kapitallarining haddan tashqari ko’payib ketishi ham kommunikasion
jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va
ularni uzatish vositalarning yetishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi
oqibatida sodir bo’ladi.
Noma’qul tashkiliy struktura ham kommunikasion jarayonda muammo
tug’diruvchi omillardan biri hisoblanadi. Qanchalik boshqaruv bo’g’inlari ko’p
bo’lib, funksiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini ko’p takrorlasa, shunchalik
axborotning manzilga yetib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir
bo’g’inda o’ziga maqbul bo’lgan "tuzatishlar" kiritiladi. Bu jarayonda bo’limlar va
bo’g’inlarda sodir bo’ladigan ixtiloflar axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul
qilishga jiddiy tusiqlarni yaratadi.
Axborotni uzatish va qabul qilish ko’p jihatdan samarali quloq solish
san’atiga ega bo’lish darajasiga borliq. Amerikalik olim professor Kit Devis
samarali quloq solish san’atining 10 ta qoidasini keltiradi. Yuzma-yuz
gaplashayotgan aniq kishini ko’z oldingizga keltiring va ushbu qoidalarga
nechog’liq rioya qilganingizga baho bering.
2-jadval
Samarali quloq solishning 10 qoidasi
Qoidalar
Izoh
So’zlashdan to’xtang
• Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir
kishiga shivirlab, ammo, "hyech kimga ovoza
qilma" degan naql bor.
So’zlovchiga o’zini erkin
tutishga yordamlashing
Gapiruvchi kishiga o’zini erkin utishi uchun
sharoit yarating. Ko’pincha buni hal qiluvchi
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun yetarli
axborotni olishga muvaffaq bo’lmaydilar. O’zingizning quloq solish
qobiliyatingizni o’stirish niyatida bo’lsangiz so’zlashuvdan so’ng o’zingizga
o’zingiz baho berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda qayd
qilingan 10 qoidaga binoan qanday samarali ish qilganingizni o’zingizdan
so’rang. Shundan so’ng qaysi qoidalar ustida ishlashingiz va o’zingizni
takomillashtirishingiz ayon bo’lib qoladi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Axborot nima?
2.
Axborotga nisbatan qanday savollar quyiladi?
3.
Axborotlar qanday turkumlanadi?
4.
Teskari aloqa nima?
5.
Kommunikasiya nima?
6.
Kommunikasion jarayon deganda nimani tushunasiz?
7.
Shaxslararo axborot almashuvda qanday muammolar tug’ilishi mumkin?
8.
Samarali quloq solish san’atining 10 qoidasini bilasizmi?
muhitni yaratuvchi deb atashadi.
O’zingizni so’zlovchiga quloq
solayotganingizni ko’rsating
• O’zingizni manfaatdor ekanligingizni ko’rsating
va
shunga
mos
ravishda
harakat
qiling.
So’zlashuv jarayonida gazeta, jurnal
o’qimang. Eshita turib unga rad qilish
bahonalarini izlamasdan, balki uni tushinshiga
harakat qiling.
G’ashga tegadigan holatlarni
bartaraf qiling
• Rasm chizib turmang, stolga urmang,
qog’ozlarni
bir
joydan
ikkinchi
joyga
qo’zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo’yilsa,
xonada sokinlik bo’ladi.
Bardoshli bo’ling
Vaqtni ayamang.
So’zlaguvchini bo’lmang.
Chiqishga zo’r bermang, eshik tomon qadam
bosmang.
So’zlovchiga hamdard bo’ling So’zlovchini o’zingizning o’rningizga qo’yib
ko’ring.
Xarakteringizni saqlay biling G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik
kiritish payida bo’ladi.
Bahsga
va
tanqidga
yo’l
qo’ymang
Bunday hol so’zlovchini himoyaga o’tishga
majbur qiladi. U jim bo’lib qolishi yoki jahli
chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib chiqib, bu
bilan yutqazgan bo’lasiz.
Savollar bering
Bu so’zlovchini ilhomlantiradi, u Sizning uni
quloq solayotganingizga yana bir iqror bo’ladi.
Bu oldinga jilishga yordam beradi.
So’zlashdan to’xtang
Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri
ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning
barchasi shunga bog’liq. Siz gapirishdan
to’xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni
ham bilmaysiz.
Tabiat odamga ikkita quloq, ammo faqat bitga til ato etgan. Ohistagina aytmoqchi
bo’lsak, bu degan so’z — gapirishdan ko’ra ko’proq eshitish kerak. Eshitish uchun
ikkita quloq zarur: biri — so’z mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi — so’zlovchi
hissiyotini ilib olish uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: |