9-mavzu: tafakkurning mantiqiy shakllari : tushuncha, hukm. Xulosa chiqarish reja



Yüklə 77,34 Kb.
səhifə12/18
tarix27.12.2023
ölçüsü77,34 Kb.
#199831
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
9-mavzu tafakkurning mantiqiy shakllari tushuncha, hukm. Xulo-fayllar.org

Sillogizmning umumiy qoidalari. Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo‘lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo‘lgan qoidalar bo‘lib, quyidagilardan iborat:
1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o‘rta terminlar bo‘lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va ki­chik terminlarning o‘rta terminga bo‘lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortik bulmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo‘lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi.
2. O‘rta termin xech bo‘lmaganda asoslardan birida tula xajmda olinishi kerak.
Agar o‘rta termin xech bir asosda tulik xajmda olinmasa, chetki terminlarning bog‘lanishi noanik bo‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo‘lmaydi.
3. Katta va kichik terminlar asoslarda kanday xajmda olingan bo‘lsa, xulosada ham shunday xajmda bo‘lishi kerak.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin xajmining nourin kengayib ketishiga olib keladi.
4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
5. Ikki juz’iy hukmdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
6. Asoslardan biri inkor bo‘lsa, xulosa ham inkor bo‘ladi.Masalan: Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir
Vatanga xiyonat qilish jazosiz kolmaydi.
7. Asoslardan biri juz’iy hukm bo‘lsa, xulosa ham juz’iy hukm bo‘ladi. Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini xurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota-onasini xurmat qiladi.
Sillogazmning figuralari va moduslari. Oddiy katiy sillogazmning strukturasida o‘rta terminning joylashishiga qarab sillogazmning turtta figurasi farq qilinadi.
I figurada o‘rta termin katta asosning sub’ekti, kichik asosning predikati bo‘lib keladi.
II figurada o‘rta termin katta va kichik asoslarning predi­kati bo‘lib keladi.
III figurada o‘rta termin har ikki asosning sub’ekti bo‘lib keladi.
IV figurada O‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub’ekti bo‘lib keladi.
Sillogizm asoslari oddiy kat’iy hukmlar (A, Ye, I, 0)dan iborat. Bu hukmlarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda (tuplamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» - shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos mo­duslari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri moduslarini aniqlashda, to‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos bog‘lanishi asosida aniklanadi.

Yüklə 77,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin