9-mavzu tafakkurning mantiqiy shakllari tushuncha, hukm. Xulo-fayllar.org
Induktiv xulosa chiqarish. Bilish, kaysi soxada amalga oshishidan kat’iy nazar-soglom akl darajasidami yoki ilmiy bilishdami — doimo predmet va xodisalarning xissiy idrok etiladigan xossa va munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda sub’ekt turli xil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy xodisalarda o‘xshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi. Bu ana shu turgun holda takrorlanib turuvchi xossaning ayrim predmetning individual xossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy xossasi bo‘lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Masalan, kaysi davlatda demokratiya prinsiplariga yaxshi amal kilinsa usha davlat axolisining ijtimoiy turmush darajasi yuqoriligini kuzatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari yaxshi amal qiladigan har kanday davlatda axolining turmush darajasi yuqori bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Mana shunday juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan utish induksiya shaklida sodir bo‘ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish).
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi haqida xulosa chikariladi. Induksiya asosida chikarilgan xulosalar ilmiy bilishda urnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida uz aksini topadi, predmet va xodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish xisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortik muloxazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir kismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr xosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy harakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni xosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turgun aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini qayd etadilar. Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: tulik va tuliksiz induksiyalar farq qilinadi.