Ilmiy induksiya extimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir kanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir katorda, u belgining sababiy aloqasi haqida ham ma’lumot mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan xosil qilingan fikrda uz aksini topadi. Ommabop induksiyadan farqli ularok, ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib kolmasdan, balki u haqida tularok ma’lumotga ega bulish, uning mavjud bo‘lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo‘lgan aloqalari, xususan, sababiy bog‘lanishlari urganiladi. Ana shuning uchun ham, ya’ni xodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga karatilgani uchun ham tuliksiz induksiyaning bu turini ilmiy induksiya deb atashadi.
Ma’lumki, ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi urganilayotgan ob’ektni harakterlaydigan qonunlarni ochish orqali uning (ob’ektning) tabiatini, mohiyatini tushuntirishidan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, xodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bulish sababini aniqlashni taqozo etadi.
Shuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik xodisalar o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlarning boshqa turlari (masalan, strukturaviy, funksional, genetik bog‘lanishlar) kabi xodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni o‘rganish xodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan kurish, yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Ilmiy induksiya metodlari. O‘xshashlik metodi. Unda urganilayotgan xodisaning sababi haqidagi xulosa shu xodisaning bir kancha kuzatilayotgan xollarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida xosil qilinadi. Masalan, kimyoviy tarkibi, zichligi, og‘irligi, kattaligi turlicha bo‘lgan mayatniklar uzunligi bir xil sterjenlarga-ilgaklarga ilintirilib, harakatga kelti-rilganda, bir xil tebranish davriga ega bo‘lgan. Bunda xodisaning vujudga kelishi kuzatilayotgan barcha xollarida undan avval kelayotgan xolatlarning faqat bittasigina takrorlanadi. Ana shunga tayanib, mazkur takrorlanuvchi xolat kuzatilayotgan xodisaning vujudga kelishining sababi bo‘lsa kerak, de-gan tarzda extimoliy xulosa chikariladi.