9-mavzu: tafakkurning mantiqiy shakllari : tushuncha, hukm. Xulosa chiqarish reja


Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiya



Yüklə 374 Kb.
səhifə15/18
tarix19.04.2023
ölçüsü374 Kb.
#100607
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
9-mavzu tafakkurning mantiqiy shakllari tushuncha, hukm. Xulo

Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiya ob’ektiv asosini insonlarning kup yillik hayotiy faoliyati, avloddan avlodga utib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi. Masalan, yoz juda issik kelganda, kishda kattik sovuk bo‘lishi mumkinligi, kaldirgochlarning uchib ketayotgani xavoning soviy boshlaganini bildirishi va shu kabi xulosalar insonlarning obi-xavoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasidan iborat.
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslangani, soglom akl yuritishga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu usulini ommabop in­duksiya deb atashadi.
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan xollarga zid bo‘lgan xolning yukligiga ishonch xosil qilishdir. Ya’ni, bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo‘lgan xolning yukligi ham aniklanadi. Bu, odatda ommabop induksiya asosida kat’iy xulosaga kelishdan oldin «Shoshmay turchi, kani, yana bir tekshirib ko‘raylik!», degan fikrga suyanib ish qilishga undaydi, «Yetti ulchab, bir kesish»ga chakiradi. Ana shuning uchun ham ommabop induksiyani xalk donishmandligining namoyon bo‘lishi turlaridan biri, deb aytish mumkin.
Shuni aytish kerakki, ommabop induksiyaning xulosasi bi­lish sub’ekti uchun kulay faktlarni sanab kursatishga asoslanganligi bois, extimoliy, taxminiy fikr bulishdan yuqoriga uta olmaydi. U kushimcha tekshirishlar utkazishni, mavjud xolatlar va xollarda predmet tabiatining uzgarishini aniqlashtirishni taqozo etadi. Chunki kulay xollarni, fakt­larni sanab kursatish dastlabi induktiv umumlashmalar xosil qilishning zaruriy sharti bo‘lsa-da, uz xolicha yetarli emas.
Shunday qilib, ommabop induksiya bo‘yicha olinadigan xulo­sa extimoliy harakterga ega bo‘ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun kator metodologik talablarga rioya etish zarur, ana shundagina u to‘g‘ri muhokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi.

Yüklə 374 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin