91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi



Yüklə 39,16 Kb.
səhifə12/13
tarix19.12.2023
ölçüsü39,16 Kb.
#185343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis-fayllar.org

2. Litoral baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining qirg'oqlariga yaqin joyda, ya’ni sohil yaqinida va suv tubi bilan ma’lum darajada bog'langan holda yashaydi. Bu yerda ular oziqtopadi, yashaydi, ko'payadi. Suv tubidagi har xil toshlar, marjon orollaridagi yoriq kovaklari, suv o‘tlari, qum va balchiqlar bu baliqlar uchun boshpana hisoblanadi. Litoral guruhiga kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu baliqlarning tuzilishi va ko‘rinishi ham har xil, ya’ni ba’zilarining gavdasi yapaloq bo'lib, suv tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga skatlar, kambalalar, dengiz shayton baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz kuchukchalari kiradi. Ikki xil nafas oluvchilar ham shu guruhga kiradi va ular suvdan tashqarida bir necha oylab uxlab yotadi.
3. Abissal baliqlar guruhi. Abissal guruhiga kiruvchi baliqlarning turlari unchalik ko‘p emas. Ular, asosan dengiz va okeanlarning tubida katta chuqurliklarida yashaydi. Bunday katta chuqurliklarning asosiy xossalari — bosimning juda yuqori bo'lishi, yorug‘likning mutlaqo yo'qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past (+4-0°C ) bo'lishi, suvning sho‘rligi va tirik o‘simlik organizmlarining bo‘lmasligidir. Bunday katta chuqurliklarda tirik suv o‘tlarining bo'lmaganligi sababli abissal baliqlar go'shtxo'r, ya’ni yirtqich yoki osimtikxo‘rbo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi baliqlarning muskul va skelet sistemasi yaxshi taraqqiy etmagan, og‘zi katta bo'ladi .
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan tashqari, baliqlar suvdagi tuz miqdoriga bo‘lgan munosabatiga qarab ham 3 ta guruhga bo'linadi.
I. Dengiz baliqlariga juda ko‘p turlar kiradi va ular butun umrini sho‘r suvlarda dengiz va okeanlarda o'tkazadi. Bunday baliqlar chuchuk suvga ko'chirilsa tezda halok bo'ladi. Dengiz baliqlariga, asosan kambalalar, seldlar, treskalar, skatlar, akulalar va boshqa ko'plab baliqlar kiradi.
II. Chuchuk suv baliqlari bir umr chuchuk suvda yashaydi. Ular bir oz sho'rlangan dengiz suvlarida ham uchramaydi. Bu guruhga ko'pchilik karpsimonlar kiradi.
III. O‘tkinchi yoki ko‘chmanchi baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar rivojlanish jarayoniga qarab ham dengizda va ham daryoda yashaydi. Bunday baliqlarning o'sishi va jinsiy voyaga yetishi dengizlarda kechsa, urchishi va ikra tashlashi daryolarda kechadi. Bunday baliqlarga losos, uzoq sharq ketasi, bukri baliq, syomga, osyotr, beluga va seld baliqlarining ba’zi turlari kiradi. Baliqlarning migratsiyasi. Migratsiya deb hayvonlarning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishiga aytiladi. Baliqlarning migratsiyasi — passiv va aktiv bo'ladi. Passiv migratsiyada baliqlar suv oqimidan foydalanadi. Bu usui bilan kam harakatchan pelagik baliqlar hamda ko'pchilik baliqlar lichinkalari (seld, ilon baliq, losos) migratsiya qiladi. Aktiv migratsiyada - esa baliqlar tanlab olgan yo'nalishiga qarab harakat qiladi. Ba’zan kuchli oqim va hatto sharsharalarga qarshi suzadi (losos).Ko'pchilik baliqlar dengiz va okeanlardan daryoga o'tadi. Ular tuxum qo'ygach yana orqaga, ya’ni doimiy yashaydigan joyiga — dengiz va okeanlarga qaytib keladi (osyotrlar, lososlar, nalim, seldlar, treskalar).Yevropa va Shimoliy Afrika daryolarida yashaydigan ilonbaliqlar esa tuxum qo'yish uchun daryolardan dengizlarga o'tadi. Ular Afrika daryolaridan Atlantika okeaniga o'tadi. Ilonbaliqlar shu maqsadda 7000-8000 km yo'lni suzib o'tib, Shimoliy Amerika yaqinidagi Sargasso dengiziga kelib 1000 m chuqurlikka uvildiriqlarini tashlaydi va o'zlari halok bo'ladi. Otalangan tuxumlardan chiqqan chavoqlari okean va dengizlar osha 2 yil suzib, ota-onasi yashagan daryolarga qaytadi va 20 yilga yaqin o'sib, jinsiy voyaga yetadi.
Aktiv migritsiya 3 xil bo'ladi, ya’ni urchish, ovqatlanish va qishlash migratsiyalari.

Yüklə 39,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin