91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi


-mavzu: Baliqlarning ahamiyati, baliq ovlash. O‘zbekiston suv havzalari baliqlari. Baliqlarni sun'iy urchitish, baliqchilik. Baliqlarning kelib chiqishi



Yüklə 39,16 Kb.
səhifə11/13
tarix19.12.2023
ölçüsü39,16 Kb.
#185343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis-fayllar.org

95-mavzu: Baliqlarning ahamiyati, baliq ovlash. O‘zbekiston suv havzalari baliqlari. Baliqlarni sun'iy urchitish, baliqchilik. Baliqlarning kelib chiqishi.
Baliqlarning ahamiyati. Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va ikrasi qadrlanadi. Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq ovlash uchun maxsus kemalar – traulerlardan foydalaniladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmatsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh asosiy ovlanad igan baliqlar hisoblanadi.Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘i va chavoqlari ko‘plab nobud bo‘ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni boshqa suv havzalariga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq Sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan.o‘tgan baliqlardan hisoblanadi.
Baliqlarning ekologiyasi Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o'tadi. Ular suvdan chiqarib olinsa, tezda jabralari qurib, bo‘g‘ilib o‘lib qoladi. Kamdan-kam baliq turlarigina maxsus moslama organlarining bo'lishi bilan suvdan tashqarida bir necha soatgacha tirik tura olishi mumkin.Umuman, hozirgi vaqtda yer sharining, ya’ni planetamizning kattaligi 510mln kv km bo‘lsa, shundan 361 mln kv km yoki 71% i okean va dengiz suvlari bilan qoplangan. Shundan 51% da baliqlar yashaydi. Okeanlarning eng chuqur joylari 11 km ga yetadi. Okeanlarning 3 km dan ortiq chuqur joylari barcha dengiz suvlarining taxminan 51—58% ga to‘g‘ri keladi. Yer sharining 2,5 mln kv km gina, ya’ni 0,5% gina ichki suvliklardan iborat.Baliqlar baland tog‘lardagi suvliklarda, ya’ni dengiz sathidan 6000 ming in balandlikda ham va okeanlarning 10000 m lik chuqurliklarda ham yashaydi. Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari. Baliqlarning ekologik guruhlarini aniqlash uchun avvalo baliqlarning suvdagi tuz miqdoriga bo'lgan munosabatini va suv havzalaridagi yashash joylarini bilish kerak. Suv muhitida yashash sharoitlarining har xil bo'lishiga qaramasdan, baliqlarni uchta ekologik guruhga bo'lish mumkin: pelagik, abissal va litoral.
1. Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar suvning yuzasidan boshlab 150-200 m chuqurlikkacha boradigan suv bag'rida yashaydi. Ularning ko'pchiligi juda ham faol va tez suzadi. Gavdasi uzun duksimon bo'lib, suvda suzib yuruvchi organizmlarni qidirib topib oziqlanadi va suv bag'riga yoki suv qirg'oqlariga yaqin sayoz joylarda ko'payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida yashaganliklari uchun juda tez suzadi. Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar, makrel, lososlar, tunetslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, siglar va uchar baliqlar kiradi.

Yüklə 39,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin