91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi



Yüklə 376,51 Kb.
səhifə10/13
tarix09.04.2023
ölçüsü376,51 Kb.
#95270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
91 mavzu biologiya

1. Urchish migratsiyasi. Urchish yoki nerest migratsiyasi, ayniqsa, o'tkinchi baliqlarda xilma-xil va murakkab bo'ladi. Urchish migratsiyasi dengizdan daryoga kirish — anadrorn migratsiyasi va aksincha, daryodan dengizga kirish — katadrom migratsiyasiga bo'linadi. Masalan: keta va o'rkach baliqlar Tinch okeandan Uzoq Sharq daryolariga kirib, necha ming kilometr yuqoriga ko'tariladi. Ular daryoga kirgandan so'ng oziqlanmaydi, gavdasidagi oqsil va yog' hisobiga yashaydi. Jinsiy mahsulotlarini tashlab bo'lgandan keyin kuchsizlanib, holdan toyadi va muskullari bo'shashib halok bo'ladi. Lososlar umrida faqat bir marta urchiydi. Osyotrlarni Kaspiy dengizidan Volga, Kama daryolariga borishi ham urchish migratsiyasiga misol bo'ladi.
2. Oziqlanish migratsiyasi. Ko'pgina baliqlar, masalan: sardina, shprot, kefal, seldlar oziq qidirib gala-gala bo'lib, uzoq masofalarga suzib boradi,ya’ni Shimoliy Muz okeani dengizlarida sayr qilishadi. Treskalar ovqat qidirib Barents dengizlariga kirib boradi. Treskalar ikra tashlab bo‘lgandan keyin ozib ketadi va Norvegiyaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan Murman qirg‘oqlari bo‘ylab sharqqa tomon harakat qiladi, so‘ngra yana urchish joyiga qaytadi. Kaspiy va Orol dengizlarida yashovchi osyotrlar, zog‘ora baliqlar daryolarga borib tuxum qo‘yib, yana dengizga — oziqlanish joylariga qaytishi ham oziqlanish migratsiyasiga kiradi.
3. Qishlash migratsiyasi. Ko‘pgina chala (yarim) o‘tkinchi baliqlar odatda daryolar quyiladigan chuchuk suvli joyiardan uzoqqa ketmaydi, ya’ni daryo suvi bilan yuqoriga ko‘tarilmaydi, balki daryolarning quyiladigan joylariga kelib qishlaydi. Bunday baliqlarga zog'ora baliq, oqcha baliq, vobla, sla (sudak), ship, laqqa va Kaspiy dengizdagi ayrim o'tkinchi baliqlar (Volga, Ural, Kura va boshqa katta daryolar deltalariga kirib, kech kuzda suv tagidagi chuqur joylarda to‘planib qishlaydi) kiradi.
Baliqlarning kelib chiqishi. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O‘lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojl ana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan.

Yüklə 376,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin