91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə30/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
91-100

Gidrostatika asoslari.

Gidrostatika (gidro... va statika) —gidroaeromexanikanshg suyuqlik muvozanatini va unga botirilgan jismga sokin suyuqlikning taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy masalalaridan biri suyuqdikda bosimning taqsimlanishi (tarqalishi)dir. Bosimning taqsimlanishini bilgan holda G. qonunlari asosida suyuqlikka botirilgan jismlarga, mas, suv osti kemasiga, toʻgʻon devoriga sokin suyuqlik tomon i dan koʻrsatiladigan taʼsir kuchlarini hisoblash mumkin. Xususan, jismlarning suyuqlik sirtida va ichida suzish shartlarini, shuningdek suzayotgan jismlarning ustuvorlik shartlarini aniqlash lozim. Bu hol kemasozlikda muhimdir. Gidravlik press, gidravlik akkumulyator, suyuqlik manometri, sifon va b. mashinalar hamda asboblarning ishlashi G. qonunlariga, xususan Paskal qonuniga asoslanadi. G.ning asosiy qonunlaridan biri — Arximed konuni boʻlib, u suyuqdik va gazga botirilgan jismga taʼsir qiluvchi itarish kuchlari kattaligini belgilab beradi

  1. Oltingugurt uch oksidi absorbtsiyasi va klassik tizim qarama qarshi jarayonlari.

Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil bo‘ladi. Oltingugurtni har doim ham odamlar o‘zi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa'rida oltingugurt miqdori anchagina ko‘p ekanini eslab o‘tgandik. o‘sha chuqur yer qatlamlarida to‘planib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, ya'ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bo‘lsa, vulqon faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa'ridan ham atmosferaga ko‘tarila boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining o‘tkir hidini darhol payqash mumkin.
Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa ko‘plab birikmalari mavjudki, ular ham hidining xushbo‘yligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli barcha birikmalari qandaydir sassiq, qo‘lansa hidga ega bo‘ladi, yoki, umuman hidsiz bo‘ladi. Ko‘pchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi ham undagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘lansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda merkaptanlar deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qo‘llagan eng zaharli gazlardan biri xantal gazi deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan. Tarix darsliklarida ushbu gazni "iprit" tarzida qayd etiladi. Uning kimyoviy formulasi esa C4H8Cl2S shaklida keltiriladi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o‘ta bo‘g‘uvchi salbiy ta'sir ko‘rsatib, ko‘rish organlarini ham zararlagan. Uning suyuq holda teriga kelib tushishidan esa, uzoq vaqt qichishib azob beradigan va o‘ta sekin bitadigan yara-shishlar hosil bo‘lgan.


Yüklə 80,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin