97 Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash Aliyev Komronbek Nodirbekovich-tdyu, Jinoyat qonunchiligini qo’llash nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi magistri Annotatsiya



Yüklə 40,53 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü40,53 Kb.
#203454
Aliyev K 97-101



 
97 
Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash 
Aliyev Komronbek Nodirbekovich-TDYU, Jinoyat qonunchiligini qo’llash 
nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi magistri 
Annotatsiya.
Ushbu tezishda yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda tamom 
bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning o’ziga xos xususiyatlari va bu borada 
qonunchiligimizda qanday mumammolar mavjudligi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, 
ushbu muammolarni hal qilish uchun qonunchilikka qanday o’zgartirishlar kiritish 
kerakligi haqida so’z yuritiladi. 
Kalit so’zlar: 
tamom bo‘lmagan jinoyat, liberallashtirish, jinoyatga tayyorgarlik 
ko’rish, jinoyatga suiqasd qilish, o‘ta xavfli retsidivist, umrbod ozodlikdan mahrum 
qilish, individuallashtirish, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, jinoyatning sodir 
etish bosqichlari, differensiyalash. 
Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda nafaqat jazo tayinlashning 
umumiy asoslariga, balki Jinoyat kodeksining 58-moddasi maxsus qoidalariga ham 
rioya qilish lozim. Maxsus qoidalarni hisobga olishning asosiy sababi, ushbu 
noqonuniy tajovuzlarga jazo tayinlashda alohida yondashuvning o‘ziga xosligidadir. 
Shunday qilib, JK 58-moddasi adolat va insonparvarlik prinsiplarini o‘z ichiga olib, 
jinoiy jazo maqsadlarini to‘laqonli amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Jinoyat uchun jazo tayinlash tizimini liberallashtirishning asosiy yo‘nalishi 
sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 58-moddasi (tamom bo‘lmagan 
jinoyat uchun jazo tayinlash)ga kiritilgan muhim o‘zgartirishlarni alohida ta’kidlab 
o‘tish lozim. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 apreldagi 152-sonli 
qonuniga ko‘ra, tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash qoidalari 
liberallashtirilib, tamom bo‘lgan jinoyatlardan farqli ravishda ushbu jinoyatlar uchun 
jazo tayinlashning alohida qoidalari mustahkamlandi.
Jumladan, ushbu qonunga ko‘ra, 
«jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun 
jazoning muddati yoki miqdori Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida 
nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak». O‘z 
navbatida, ushbu qoida jinoyat sodir etgan har qanday shaxsga va jinoyatga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin emas. Ya’ni mazkur qoida: o‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan 
guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan, tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom 
bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek, quyidagilar bilan, ya’ni javobgarlikni 
og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan, o‘n to‘rt yoshga 
to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga 
nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan; yadroviy, 
kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol 


 
98 
yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni 
kontrabanda 
qilish 
bilan 
bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda qo‘llanilmaydi. Tamom bo‘lmagan 
jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi 
mumkin emas. Lekin agar jinoyatga suiqasd qilishdagi tajovuz orqali boshqa ijtimoiy 
munosabatlarga xavfli oqibatlar yetkazilgan bo‘lsa, ushbu tajovuz alohida jinoyat 
sifatida kvalifikatsiya qilinib, JK 54-moddasiga asosan jazo tayinlanishi lozim. 
Masalan, boshqa shaxsning hayotiga tajovuz vaqtida, shaxsga og‘ir tan jarohatlari 
yetkazilsa, ushbu holda sodir etilgan tugallangan jinoyat sifatida JK 104-moddasi bilan 
97-modda ko‘rsatilgan jinoyatga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinib, jazo 
tayinlanishi lozim. U yerda jinoyatlar tarkibi bo‘yicha jazo tayinlanadi (JK 59-moddasi) 
va tamom bo‘lgan jinoyatlar uchun jazo JK 54-moddasining talablari asosida va 
jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish JK 58-moddasi 1-qismi asosida tayinlanadi.
Ushbu qonunning qabul qilinguniga qadar, sudlar tamom bo‘lmagan jinoyat uchun 
jazo tayinlashda, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun jazo 
tayinlashda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining va 
jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini e’tiborga olgan holda, tamom bo‘lgan 
jinoyatlar sanksiya doirasida jazo tayinlash huquqiga ega edilar. Endilikda ushbu 
qoidaning kiritilishi munosabati bilan, eng avvalo, tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun 
jazo tayinlash qoidalari individuallashtirildi. Buning mohiyati, tamom bo‘lmagan 
jinoyatlar uchun jazo tayinlashda alohida o‘ziga xos maxsus holatlarni e’tiborga 
olinishi kerakligi, bu borada tamom bo‘lmagan jinoyatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Tamom bo‘lmagan jinoyatlar jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir 
etishga suiqasd qilishga bo’linadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tamom 
bo‘lmagan noqonuniy tajovuzning turlaridan biri bo‘lib, jinoiy javobgarlikni istisno 
etadi. 
JK 25-moddasi 1-qismiga ko‘ra jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb, shaxsning 
qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun sharoitlar yaratuvchi 
qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar 
to‘xtatilishiga aytiladi. Ammo qonunda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida 
to‘xtatilganligi uchun alohida javobgarlik belgilanmay, JK Maxsus qismining tamom 
bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi norma doirasida javobgarlik 
belgilanib, jinoyat kodeksi 58-moddasi qoidalariga muvofiq jazo tayinlanadi. 
Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish jinoiy faoliyatning ikkinchi bosqichidir. JK 25-
moddasi 2-qismiga muvofiq, qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga 


 
99 
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga 
suiqasd deb topiladi. Jinoyatga suiqasd qilishning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rishga nisbatan og‘irroq, tamom bo‘lgan jinoyatga nisbatan 
yengilroqdir. 
Jinoyatga suiqasd qilishda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatga tajovuz qilish boshlanib, tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat zarar 
yetkazilishi xavfi ostida qoldirilishi yoki ma’lum darajada zarar yetkazilishi mumkin, 
ammo qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqmaydi. Shunga ko‘ra, 
tamom bo‘lgan jinoyatga nisbatan jinoyatga suiqasd qilishning ijtimoiy xavflilik 
darajasi kamroq bo‘ladi. Sud jinoyatga suiqasd qilganlik uchun jazo tayinlashda ana 
shunday holatni hisobga olib, muayyan moddaning sanksiyasida nazarda tutilgan jazo 
turi va muddati doirasida tayinlanadigan jazoga nisbatan kamroq bo‘lgan muddat yoki 
miqdorini tayinlaydi. 
E’tibor beriladigan jihat shundan iboratki, tamom bo’lmagan jinoyatlar faqat 
qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo’lishi mumkin bo’lib, ehtiyotsizlik orqali 
sodir etiladigan jinoyatlarda mavjud bo’lmaydi. 
Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda, sud jazo tayinlashning umumiy 
asoslaridan tashqari, muayyan jinoyatning og‘irligi, jinoiy niyat amalga oshirilishining 
darajasi va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablari kabi holatlarni ham hisobga 
olishi lozim. 
Qonunda ko‘rsatilgan holatlar, sudga jazo tayinlashda alohida yondashuvni 
ta’minlab, sodir etilgan qilmish ijtimoiy xavf darajasini va aybdorning shaxsini to‘g‘ri 
aniqlashga imkoniyat beradi. Ushbu holatlar sud tomonidan nafaqat o‘zaro, balki 
muayyan ish holatlari bilan birgalikda hisoblanishi lozim. Ta’kidlab o‘tish joizki, 
jazoning og‘irligi jinoyatning sodir etilishi bosqichlari bilan mutanosib bo‘lishi kerak. 
Shuning uchun jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish 
uchun bir me’yorda jazo chorasi tayinlanishi mumkin emas deb hisoblaymiz.
Hech qanday sharoitda, tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tegishli modda 
sanksiyasidagi eng ko‘p doirasidan yuqori bo‘lmasligi lozim. Xususan, sudlar qonun 
eng ko‘p bo‘lgan muddatni yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun va jinoyat sodir 
etishga suiqasd qilish uchun jazo miqdorining cheklanishini va u (muddat, miqdor) JK 
Maxsus qismidagi to‘g‘ri keladigan moddasining sanksiyasida nazarda tutilgan 
og‘irroq jazo turi miqdori va muddatining 3/4 qismidan ko‘p bo‘lmasligi kerakligining 
belgilanishini e’tiborga olishlari muhim.
Endilikda xorijiy mamlakatlarda tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo 
tayinlashning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqsak. Belarussiyada tamom 


 
100 
bo’lmagan jinoyat uchun sudlar tomonidan yengilroq jazo tayinlash qoidasi mavjud 
emas. Faqatgina tugallanmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdor tomonidan sodir 
etilgan harakatlarning tabiati va ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoiy niyatni amalga 
oshirish darajasi va jinoyat oxiriga yetkazilmagan holatlar hisobga olinadi. 
Ukrainada esa jinoyatga suiqasd qilganlik uchun jazo muddati yoki miqdori ushbu 
Kodeksning maxsus qismidagi moddaning sanksiyasida nazarda tutilgan maksimal 
jazoning uchdan ikki qismidan yoki eng og'ir jazo turining miqdoridan oshmasligi 
kerak. 
Rossiya va Qozog’iston qonunchiligida tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo 
tayinlash bir xil tartibga solingan. Qozog’iston va Rossiyada jinoyatga tayyorgarlik 
ko'rganlik uchun jazo muddati yoki miqdori tugallangan jinoyat uchun ushbu Kodeks 
Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan asosiy jazo turining eng ko'p 
muddati yoki miqdorining yarmidan ko'p bo'lishi mumkin emas. Jinoyatga suiqasd 
qilganlik uchun esa jazo muddati yoki miqdori tugallangan jinoyat uchun ushbu Kodeks 
Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan asosiy turdagi jazoning eng 
yuqori muddati yoki miqdorining chorak qismidan oshmasligi kerak. Bizning 
qonunchilikda esa jinoyatga tayyorgarlik ko’rganlik va jinoyatga suiqasda qilganlik 
uchun 
jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli 
moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak, 
ya’ni bizda ushbu ikki holat bir-biridan ajratilinmagan. To’g’ri sud maksimal to’rtdan 
uch qismi qo’llay oladi, ya’ni tayyorgarlik ko’rganlik uchun to’rtdan bir qismini 
qo’llashi ham mumkin. Biroq bu masala sudning ixtiyorida bo’lib, unga majburiyat 
yuklamaydi. Shu bilan bir qatorda, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish jinoyatga suiqasd 
qilishdan ko’ra ijtimoiy xavfliligi kamroq hisoblanadi. Shu sababli jazo tayinlashda 
bunday differensiyalash bo’lishi kerak deb hisoblaymiz.
Bizning fikrimizga ko’ra, jinoyatga suiqasd qilish jinoyatga tayyorgarlik 
ko’rishdan xavfliroq hisoblangani uchun jinoyat kodeksi 58-moddasiga o’zgartirish 
kiritish kerak deb hisoblaymiz, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jazoning 
muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda 
tutilgan eng ko‘p jazoning yarmidan oshmasligi, jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik 
uchun esa jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli 
moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. 
Shunda ushbu qoida Rossiya va Qozog’iston qonunchiligi bilan bir xil bo’ladi va jazo 
tayinlashda qilmishni ijtimoiy xavflilik jihatidan differensiyalashga olib keladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsa, jinoyat kodeksiga tamom bo’lmagan jinoyatlar 
uchun jazo tayinlashning maxsus qoidasi kiritilinishi to’g’ri bo’lgan deb hisoblaymiz 


 
101 
va uni endilikda takomillashtirilib, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyatga suiqasd 
qilganlik uchun turlicha jazo tayinlanishini majburiy norma sifatida kiritilinishi kerak 
deb hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1.1994-yil 22-sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat kodeksi”ning 25-moddasi; 
2.1994-yil 22-sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat kodeksi”ning 58-moddasi; 
3. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 aprel kuni qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 58-moddasiga qo‘shimcha kiritish 
to‘g‘risida”gi 152-sonli qonuni; 
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006 yildagi “Sudlar 
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori. 

Yüklə 40,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin