Hujayra hujayra qobig‘i va uning ichidagi tirik qism (bor liq) dan iborat. Tirik qism sitoplazma va mag‘izdan tashkil top gan.
Hujayra qobig‘i tiniq va mustahkam bo‘ladi. Kletchatka unga mustahkamlik beradi. Hujayra qobig‘I uning ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o‘rab turadi. U tashqi ta’sir dan himoya qiladi va shaklini saq lab turadi hamda tashqi muhit bilan bog‘lab turadi.
Sitoplazma – hujayraning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. U rang siz, tiniq, suyuq yoki shilim shiq holda bo‘lib, doimo ha ra kat lanib turadigan elastik modda. Sitoplazma ning tarkibi juda murakkab tuzilgan.
Mag‘iz – hujayraning deyarli o‘rtasida (sitoplazma ichida) joylashgan eng mu him tar kibiy qismdir. U hujay ra lar bo‘linishida katta rol o‘ynaydi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar, bak teriyalar va ayrim zam burug‘larning mag‘zi shakl lanmagan, uning moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo‘ladi. Mag‘iz ning shakli va hajmi hu jayraning yirik-mayda ligiga, yoshiga, holatiga va to‘qimaning turiga hamda yashash sha roitiga qarab har xil bo‘ladi. U tarkibiga ko‘ra sitoplazmaga yaqin turadi.
1831-yilda ingliz olimi Robert Broun mag‘iz hujayraning muhim tarkibiy qismi ekanligini aniqlagan.
Plastidalar– hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri. Zamburug‘lar, bakteriyalar, shilimshiqlar hamda ko‘k-yashil suvo‘tlarda plastidalar bo‘lmaydi. Ular faqat o‘simliklarga xos. Plastidalar uch xil bo‘ladi: leykoplastlar (rangsiz), xromoplastlar (zarg‘aldoq, qizg‘ish), xloroplastlar (yashil)..
Vakuol – sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘shliq. U turli shaklda bo‘ladi. Hujayra shirasi tarkibida 70–95% suv va unda erigan ko‘pgina mineral va oqsil, moy,shakar kabi organik moddalar bo‘ladi. Bu shira tarkibig