112
|
V.M.Volkenshteyn
|
Hayotga shunday ta’rif berganlar:” Yerda mavjud bo’lgan tirik organizmlar,biopolimerlar,oqsilva nuklein kislatalardan tuzilgan.Ular o’z-o’zini idora etadigan,yarata oladigan ochiq sistemadir ”-degan.
|
113
|
Abu Ali ibn Sino
|
Tog’lar uning fikricha,suv ta’siri yoki yerning ko’tarilishi natijasida paydo bo’lgan.IbnSino o’z asarlarida o’simliklar,hayvonlar va odam o’zaro o’xshash,chunki ularning barchasi oziqlanadi,ko’payadi,o’sadi deb uqtiradi.O’simliklar rivojlanishning quyi bosqichida,hayvonlar o’rta bosqichida,odam esa eng yuqori bosqichida turadi.Olim ko’p ilmiy asarlar yozgan.Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan.olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan.U o’rta asr sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo’lgan dunyoga mashhur “Tib qonunlari”ning muallifidir.Tib qonunari beshta kitobdan iborat.Birinchi kitobida odam tanasi o’rginlarining tuzilishi va funksiyalari,turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari,davolash usullari bayon etiladi.Ikkinchi kitobida o’simlik,ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko’rsatiladi.Uchinchi kitob insonning har bir organida bo’ladigan kasalliklar,ularni aniqlash va davolash usullariga bag’ishlangan.To’rtinchi kitobda jarrohlik,ya’ni suyaklarning chiqishi sinishini davolash haqida so’z yuritiladi.Beshinchi kitobda murakkab dorilar,ularbi tayyorlash to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. “Tib qonunlari”asari 500 yil mobaynida yevropa universitetarida asosiy tabobat qo’llamasi sifatida o’qitilib kelingan.
|
114
|
A. I. Oparin
|
Hayotning paydo bo‘lishini tajribada o‘rganish mumkinligi g‘oyasini birinchi bo‘lib olg‘a surdi. Koatservatlarga o’xshagan birikmalarni shogirtlari bilan tajribada hosil qilishdi va o’rganishdi.
|
115
|
A. I. Oparin va
J. Xoldeyn
|
Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin 1924-yil va
ingliz olimi J. Xoldeyn 1929-yil tomonidan yaratilgan.
|
116
|
A.N.Seversov va I.I.Shmalgauzen
|
Barcha tirik mavjudodlar oddiydan murakkablanish tomonga bir xil rivojlanmagan,ular orasida nega sodda va murakkab tuzilishga ega mavjudodlar mavjud degan muammoni hal qilib berishgan.
Biologik progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib,uni aromorfoz,idoadaptatsiya,umumiy degeneratsiya asosida bo’lishini aniqlaganlar.
|
117
|
A.N.Seversov
|
Flioembriogenez nazariyasini isbotlab bergan.
|
118
|
A.Vegener
|
“Materiklar dreyfi” nazariyasiga asos solgan.Bu nazariyada bir becha million yillar ilgari yer yuzida hech qanday qit’alar bo’lmay,sayyoramiz yagona quruqlik Pangeya va yagona okeandan iborat bo’lgan.Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy erasining trias davrida yagona quruqlik-Pangeya ikki bo’lakka,Lavraziya va Gondvanaga ajragan.Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o’simlik olami ham ikki tomonga bo’lingan degan xulosaga kelgan.
|
119
|
Abu Nasr Forobiy
|
U inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanligi,shu sababli insonlarda ham hayvonlarga o’xshash ba’zi o’xshashliklar saqlanib qolganligi haqida e’tirof etadi.U tabiiy tanlanish,sun’iy tanlanishni aytgan.
|
120
|
Abu Rayhon Beruniy
|
Tabiatni beshta elementdan:bo’shliq,havo,olov,suv va tuproqdan hosil bo’lgan degan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolemeyning “Yer olamning markazi bo’lib,u harakatlanmaydigan sayyoradir”-degan fikriga tanqidiy ko’z bilan qaragan va yer quyosh atrofida harakatlansa ajab emas,u yumaloq shaklda,deb takidlagan.Beruniy polyak olimi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to’g’ri tasavvur qilgan.Beruniy yashash uchun kurak,tabiiy tanlanish haqidagi fikrlarga asoslangan.
Beruniy asalarilar guldan,qurtlar go’shtdan,chayon anjirdan paydo bo’ladi deb faraz qilgan.
|
121
|
Ahmad Ibn Nasr Jayxoniy
|
Hindiston,Markaziy Osiyo,Xitoy o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni to’plagan.U o’simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy xalqlar foydalanadigan o’simlik va hayvonlar,ularning
tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
|
122
|
Aristotel
|
Yunonistonda tabiatshunoslikning birinchi muallimi nomini olgan.Uning fikricha,tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan rivojlanadi degan.U bar cha hayvonlarni 2 ta guruhga”qonlilar” va “qonsizlarga” bo’lgan.Qonlilarni 5 ta katta avlodga bo’lgan. Olimning uqtirishicha, meduza,aktiniya,bulutlar bir tomondan hayvonga,ikkinchi tomondan o’simlikka o’xshash
degan.Shuning uchun ularni “zoofitlar” deb atagan.”Hayvonlarni paydo bo’lishi”asarini yozgan.
|
123
|
Aristotel
|
Hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lishi haqidagi tushunchalar qadimgi Xitoy,Vavilion va Misrda keng tarqalgan degan fazar tarafdori bo’lgan.
|
124
|
B.Irisboyev va
G.Hamidullayev
|
Kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonunlarini o’rganishni.
|
125
|
B.L.Astaurov
|
Sun’iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqdi.
|
126
|
B.Mak Klinton
|
Transpozonlarni o’tgan asrning 40-yillarida aniqladi va1984-yili Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
|
127
|
Boyer va Koen
|
1972-yili DNK olish va klonlash ilk bor kashf etildi.
|
128
|
Ch.Davrin
|
“Tabiatda turlar paydo bo’ladi,yo’qaladi,o’zgaradi,bir tur boshqa turning paydo bo’lishiga asos bo’ladi”-degan fikr bildirgan.
|
129
|
Charliz Darvin
|
U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi.
1859-yili “Turlarning paydo bo‘lishi” nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U “Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi” nomli asarini 1868-yili yozgan, “Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish”asarini 1871-yil yozgan, “O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri”asarini 1876-yil yozgan.
Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot
natijalari, fikr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va
tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi.
|
130
|
D. Oro
|
Vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezladi. Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi. Bunday tajribalar natijasi,ko‘plab tadqiqotlarda tasdiqlandi.
|
131
|
Djon Rey
|
“Tur”atamasini sistematik birlik sifatida fanga birinchi
bo’lib fanga olib kirdi.
|
132
|
Dyuba
|
1891-yili Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)
ning suyak qoldiqlarini topgan.
|
133
|
F.Griffit
|
1928-yili pnevmokokklardagi transformatsiya
hodisasini ixtiro qildilar.
|
134
|
F.Redi
|
1688-yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi.
F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi.Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son- sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida pashshaning lichinkalari chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi.
|
135
|
Flemin va Strasburge
|
1882-1884- yili xromasomoni aniqlashgan.
|
136
|
Frederik Griffit va O.Everi
|
1928-1944-yillarda organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o’tishida nuklein kislatalar muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlashdi.
|
137
|
G.Bempes
|
Stabillashtiruvchi tanlanish ustida tajriba o’tkazgan.U qor bo’ronlaridan so’ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan labaratoriyaga olib kelgan.Ulardan 72 tasi tirik qolgan,60 tasi nobud bo’lgan.Bempes o’lik va tirik chumchuqlarning qanotlarini o’lchab ko’rgan.Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o’rtacha,nobud bo’lganlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo’lgan.Qanotlari o’rtacha uzunlikdagi formalari bo’ron paytida tirik qolganligi,normadan o’zgargan
chumchuqlar esa nobud bo’lganligini kuzatgan.
|
138
|
G.de-Friz
|
“Mutatsiya” atamasini birinchi bo’lib fanga olib kirdi.
1901-1903-yillarda o’zining mutatsion ta’limotini yaratdi.
|
139
|
G.Xardi va
V.Vaynberg
|
1908-yili Xardi-Vaynberg qonunini formulasini ishlab
chiqishdi.
|
140
|
Genslo
|
Darvinni 1831-yili butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga
tavsiya etgan.
|
141
|
I.Abdurahmonov
|
Paxta tolasini belgilaydigan va g’o’zaning gullashini boshqaradigan genlarni AQSH ning Texas qishlog’i va
mexanika universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib olishdi.
|
142
|
J.B.Lamark
|
Turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat
individlar mavjud deb hisoblaydi.
|
143
|
J.Gyordon
|
1977-yili hujayra muhandisligini qo’llash natijasida yuksak hayvonlar klonini yaratish biotexnologiyasi
ishlab chiqildi.
|
144
|
J.H.Hamidov
|
Quyon geniga osish gormoni kiritib,odatdagiga
nisbatan yirik va tez o’suvchi trasngen quyon oldi.
|
145
|
J.Tomson
|
1988-yilda asos hujayralarda yangi organlar yaratish
texnologiyasini kashf etdi.
|
146
|
Jan.Batis.Lamark
|
Organik olam evalutsiyasi haqidagi nazariyani birinchi bo’lib yaratdi.U “Umurtqasizlar” va “Biologiya” atamasini fanga kiritdi.U evalutsiyaga oid quyidagi asarlarni yozdi:”Zoologiyaga kirish” 1801-yil,”Zoologiya falsafasi” 1809-yilda yozdi.Lamark turlar o’zgarmaydi degan fikrga tanqidiy ko’z bilan qaragan va evalutsion ta’limotni targ’ib qilgan.Lamark fikricha,sinf,turkum,avlod,tur kabi sistematik birliklar sun’iy real emas.Tabiatda faqat individlar real deb hisoblagan.U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan.Ulardan 4 ta sinf umurtqalilar, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishli edi.Hayvonlarni ovqatlanish,qon aylanish,nafas olish,nerv sistemasiga qarab 6 bosqichga bo’lgan.Lamark fikricha,sodda hayvonlar o’z-o’zidan anorganik tabiatdan paydo bo’ladi bo’ladi degan.Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga ko’ra 3 guruhga bo’lgan.Birinchi guruhga o’simliklar,ikkinchi guruhga sodda hayvonlar,uchinchi guruhga nerv sistemasi rivojlanganhayvonlarni kiritgan.Olim organik olam evalutsiyasi haqidagi nazariyaga asos slogan bo’lsa-da,lekin evalutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash va
tabiiy tanlanish ekanligini bilmagan .
|
147
|
Jorj Kyuve
|
Olim morfologiya,anatomiya,sistematika,paleontologiya sohalarida tadqiqotlar olib borgan. Kyuve mulohazasiga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, hayvonning bir organi,masalan, ovqat hazm qilish organining o‘zgarishi u bilan aloqador bo‘lgan boshqa organlarning ham o‘zgarishiga olib keladi.
Kyuve o’zi kashf qilgan kolleratsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tadbiq etdi. U K. Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarab olim barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar.
Olim qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o‘rgandi. U korrelatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, qirilib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini qayta tiklash metodini kashf etdi va undan amaliyotda foydalandi. Olim turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligini aniqlagan.Vaqt o‘tishi bilan ular murakkablashganini ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, olim
ularni halokatlar nazariyasi bilan tushuntirishga intildi.
|
148
|
Joshua va Ester Lederberg
|
1952-yilda bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o’z- o’zidan sodir bo’lishini bakteriya ko’loniyalardan nusxa(replika) ko’chirish usulini qo’llash vositasida isbotlab berishdi.Bu olimlar mutant hujayralarni replika
ko’chirish usuli bilan ajratib olishni isbotlab berishdi.
|
149
|
K.D.Belyayev
|
XX asr ikkinchi yarmida sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi.
U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan xatti- harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir guruhi odamga tashlanuvchan, o‘ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga
tashlanishga qo‘rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi guruhi esa xotirjam instinktli ekanligi ma’lum, uchinchi guruhga mansub erkak va urg‘ochi tulkilarni ajratib, alohida urchita boshladi. Nasllar orasidan olim yana odamga tez ko‘nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida sun’iy tanlash o‘tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o‘xshash, ya’ni odamga tez o‘rganadigan, erkalaganda xursand bo‘ladigan tulkilar chiqarildi. Xatti-harakatiga qarab o‘tkazilgan sun’iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik
va fiziologik belgilari ham o‘zgardi. Tajribada tashqi quloq suprasi osilgan,dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda
yilda bir marta – aprelda urchisa, xonakilashtirilganlari esa ikki marotaba dekabr- yanvar va mart-aprel oylarida urchigan.
|
150
|
K.Linney
|
Tabiatda turning real mavjudligini tan olgan holda
lekin,tur o’zgarmas degan.
|
151
|
Karl Ber
|
XVII–XIX asrlarda hayvon va o‘simliklarning shaxsiy taraqqiyotini o‘rganish sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Birinchi marta 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi.Olim jo‘ja taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, uning organlari asta- sekinlik bilan rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinflariga mansub hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi.
|
152
|
Karl Linney
|
10000 dan ortiq hayvon turiga tavsif berdi.Turlarni avlodga,avlodni oilaga,oilani turkumga,turkumni sinflarga birlashtirdi.O’simlik va hayvonlarni ayrimbelgilarga asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoffaq bo’ldi.U barcha o’simliklarni changdonlari soniga va changchi iplari uzun va qisqaligiga ko’ra 24 sinfga birlashtirdi.Hayvonlarni tuzilishiga ko’ra 6 sinfga bo’ldi.Buning oqibatida kelib chiqishi,qon-qarindoshligi yaqin bo’lgan organimlar boshqa-boshqa sinfga,aksincha kelib chiqishi,qon-qarindoshligi harxil organizmlar bir sinfga birlashtirildi.K.Linney o’simlik va hayvon turlari o’zgarmaydi,degan fikr bildirgan.K.LInney ishlaridan so’ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi
|
153
|
Keler va Milshteyn
|
1975-yilda sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hijayrasi bilan cheksiz bo’linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo’shish natijasida tabiatda
uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar.
|
154
|
Klavdiy Galen
|
Tibbiyot asoschilaridan biri.U qo’y,it,ayiq va boshqa
umurtqali hayvonlar tuzilishini o’rgangan.Maymun va odam tana tuzilishi o’xshashligini e’tirof etgan.
|
155
|
Lederberg va Tatum
|
1946-yilda bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir
bo’lishini aniqlashdi.
|
156
|
Lui Paster
|
XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining o‘tkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi.
Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikroorganizmlar
va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo‘ydi.
Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar
o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida suyuqlik steril (toza) holatda qoladi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi. Shunday qilib, hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘la olmasligi tadqiqotlarda uzil-kesil tasdiqlandi. L. Pasterning tajribalari amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Oziqa mahsulotlarini konservatsiyalash, sut mahsulotlarini pasterizatsiyalash, tibbiyot da yaralarni va jarrohlik asboblarini sterilizatsiyalash L. Paster kashfi yotlaridan keyin keng qo‘llanila boshlandi.
|
157
|
Lukretsiy Kar
|
Olam o’z-o’zidan paydo bo’lgan,hayvonlar nam yerlardan kelib chiqqan,dastlab ularning mayib-majruh xillari,keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o’zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo’lgan deb hisoblagan.
|
158
|
N.I.Vavilov
|
Irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonunini
tavsiflab bergan.
|
159
|
N.Jinder va
F.Lederberg
|
1952-yilda transduksiya jarayonini kashf etishdi.
|
160
|
O.Everi, M.Makleod va M.Makkarti
|
1944-yilda griffits tajribasini qaytra amalgam oshirdi.
|
161
|
O.T.Odilova
|
Tuproq va yerosti suvlarida to’planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsinlantiruvchi pseudomas bakteriyasi shtammidan shu funksiyani bajaruvchi genlar guruhini g’o’za tomiri sathida yashovchi
rixosfera bakteriyasiga ko’chirib o’tqazishdi.
|
162
|
R.S.Muhamedov va B.Irisboyev
|
PCR texnologiyasini qo’llab,o’nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhamdisligi tashxisi
biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.
|
163
|
R.S.Muhammedov va
A.Ikromov
|
Gen daktiloskopiya usulini tatbiq etdilar.
|
164
|
S. Arrenius, V. I. Vernadskiy, F. Krik
|
Panspermiya nazariyasiga ko‘ra, hayot mangu mavjuddir va u bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari shved fizik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I.
Vernadskiy, Amerika biofizigi va genetigi F. Krik va boshqalardir. Bu olimlarning fikriga ko‘ra, hayot Yerda
paydo bo‘lmagan, boshqa sayyoralardan Yerga meteoritlar orqali yoki yorug‘lik nurlarining bosimi ta’sirida kelib qolib, qulay sharoitda, oddiy organizmlardanmurakkab organizmlargacha rivojlangan degan fikr tarafdori bo’lishgan.
|
165
|
S. Foks
|
Aminokislotalar aralashmasini qizdirib
proteinoidlar (oqsilsimon moddalar)ni sintezladi.
|
166
|
S. Miller
|
1953-yil tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug‘lariga elektr uchquni ta’sir etib asparagin, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi. Bu sistemada gazlar birlamchi
atmosferani, elektr uchquni esa yashinni imitatsiyalaydi.
|
167
|
S.N.Vinogradskiy
|
1887-yilda Xemosintez hodisasini kashf etdi.
|
168
|
S.Rayt
|
Genlar drayfini o’rganlar.
|
169
|
Sh.S.Azimova
|
Gen va hujayra muhanisligini qo’llab “Sariq kasallik” deb ajratuvchi jigar uchun xavfli bo’lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastaliklarning oldini
olish uchun zarur vaksina yaratish bo’yicha ilmiy lohiyalarni muvaffaqiyatli yakunladilar.
|
170
|
T.Shvan va M.Shleyden
|
XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asrdagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujayra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar,hayvonlar,odamlar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha organizmlar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi.
|
171
|
Teofrast
|
O’simliklarni 400 dan ortiq turini o’rgangan.Ularni tuzilishini,fiziologiyasini,amaliy ahamiyatini tasvirlab bergan.U bir o’simlik turini boshqa o’simlik turiga
aylanishi mumkin degan fikrni quvvatlagan.
|
172
|
Tuort va D.Erel
|
1915-yili faglarning zararlangan bakteriyalar ichida o’z-
o’zidan ko’payib o’ldirib yuborishini isbotlab berishdi.
|
173
|
U.Betson
|
Chala dominantlik qonunini ustida ish olib bordi.
|
174
|
U.Betson va R.Pennet
|
1906-yili xushbo’y hidli no’xot o’simliklarini chatishtirib,chang donasini shakli va gulning ranggikeyingi avlodda mustaqil irsiylanmasligini,duragay ota-ona formalarining belgilari takrorlanmasligini anilashdi.
|
175
|
Valdeyer
|
Xromasoma atamasini fanga taklif etgan.
|
176
|
Y.Xadorn
|
1955-yilda Allofen atamasini fanga kiritdi
|
177
|
Zahiriddin Muhammad Bobur
|
Bobur tomonidan yozilgan”Boburnomada” Markaziy Osiyo,Afg’oniston,Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi,geografiyasi,xalqlarning turmush kechirish tarsi madaniyati bilan birga,o’simlik va hayvonot olami to’g’risida qiziqarli ma’lumot berilgan.Bobur hayvonlarni to’rt guruhga ajratgan:quruqlik hayvonlari,parrandalar,suv yaqinida yashaydigan
hayvonlar va suv hayvonlarga ajratgan.
|