+99895 0023005 kirish biologiya tiriklik


Arxegoniy urg’ochilik organi



Yüklə 27,49 Mb.
səhifə35/39
tarix16.10.2023
ölçüsü27,49 Mb.
#156282
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Botanika2

Arxegoniy urg’ochilik organi

Ko’p xivchinli spermotozoid

1 ta tuxum hujayra

Zigota



Zuhrasoch qirqqulog’I

Suv qirqqulog’i

Zuhrasoch qirqqulog’i- ildizpoyali ko’p yillik o’t. bargi (poyasi) keng nashtarsimon.uzunligi 10-40 sm 2-3 karra patsimon bo’lingan. Barg bo’laklari ham qisqa bandi, barglarning ostki tamonida soruslar joylashgan undagi sporangiylarda sporalar yetiladi. Sporalari iyun-avgustda yetiladi.

Qirqquloqlarning O’zbekistondagi ikkinchi turi. Suvqirqqulog’I ildizsiz 1 yillik o’simlik,ingichka kalta poyasidagi bo’g’imlarda 3 tadan barg joylashgan. Ikkita barg butun bo’lib suv yuzasida uchinchi barq esa ipsimon qirqilgan bo’lib suv ostida joylashgan suv ostida joylashgan barglarida soruslar joylashgan. Ularda ikki xil sporalar yetiladi.sporalari avgust-sentiyabrda yetiladi.





Suv qirqqulog’i zuhrasoch qirqqulog’idan farqi suv qirqqulog’ining sporangiysida xar xil sporalar yetiladi


Qirqquloqlarda
Gametofit — Jinsiy bo'g'in:
1. Sporadan rivojlanadi
2. 2 jinsli gametofit
3.Yashil yupqa yuraksimon
4. Autotrof
5. Rizoidga ega
6. Arxegoniy (Tuxum hujayra)
7. Anteridiy ( Spermatozoid)
8. Zigota hosil qiladi
Sporafit — Jinssiz bo'g'in:
1. Ildizpoyali ko'p yillik yoki bir yillik
2. Poya bargli o'simlik
3. Sorus
4. Sporangiy
5. Spora

Ochiq urug’li o’simliklar (Qarag’aytoifalar) bo’limi.






Ochiq urug’li o’simliklarning yer yuzida 700 (660) ga yaqin turi o’sadi. Ochiq urug’li o’simliklar daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug’idam ko’payadi. Ochiq urug’li osimliklarning urug’I gulli o’simliklarnikiga o’xshash meva ichida yopiq holda emas,balki qubbalarning tangachalarida ochiq holda pishib yetiladi. Shuning uchun ochiq urug’li nomi berilgan. Ochiq urug’li o’simliklarga archa,qarag’ay,qoraqarag’ay,sour va sevodendron misol bo’ladi.




Archa

Qarag’ay




Archalar bo’yi 20m keladigan doimo yashil daraxtdir. Tog’larning 3500-4500 m balandlik yonbag’irlarida sovuq va shamol ta’sirida archaning yerbag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham bor, archaning barglari juda mayda ,yashil tangli tangachasimon yoki ignasimon. Zarafshon archasi ikki uyli o’siml;ik.

Qarag’aydoshlar oilasiga mansub bo’lib yer yuzasida 100 ga yaqin turi bor. Ular asosan shimoliy yarimsharlarda o’sadi.yevropa ,osiya va Amerikada katta katta qarag’ayzor maydonlari mavjud. O’zbekistonda qarag’aylar tabiiy holda o’smaydi.ularning 10 ga yaqin turi O’zbekistonda xushmanzara va yog’ochbop o’simlik sifatida o’striladi. Eng ko’p uchraydigan turi oddiy qarag’ay hisoblanadi. Qarag’aylar bir uyli yorug’sevar doimo yashi daraxt,ochiq joyda o’sganlari juda salobatli hisoblanadi. Barglari novdada 2 tadan joylashgan, uzunligi 5-7 sm och yashil rangli. Odiyy qarag’ay urug’idan yaxshi o’sadi.




Changchili qubba

Urug’chili qubba

Changchili qubba

Urug’chili qubba




Bahor paytida ayrim archalarning yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo’ladi,qubbalarda juda ko’p miqdorda chang donalari hosil bo’ladi. Bu qubbalar changchili qubbalar deb ataladi.

Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0.5-1 sm keladigan sharsimon hosil bo;ladi. Bu qubbalar urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbalarning tangachalarida urug;kurtak joylashadi. urug’kurtakdagi arxegoniy ichida tuxum hujayra yetishadi.

Bahor oylarida yosh novdalarning pastki qismida changchili qubbalar hosil bo’ladi.qubbalrning o’rtasidan o’tadigan o’qda spiral shaklda tangachalar, tangachalarning ostki qismida chandonlar joylashgan. Changdonda chang donalari yetiladi va shamol yordamida urug’chi qubbalariga uchib tushadi.

Urug’kurtakli qubbalar bittadan yoli ikkitadan uzun novdalarning uchida hosil bo’ladi.Qubbaning o’rtasidan o’tgan o’qqa uruh’chi tangachalai birikadi. Bu tangachalarning ustida 2 tadan urug’kurtak joylashadi.




Changchi qubbalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug’chi qubbalariga kelib tushadi va uni changlantradi. Urug’kurtakga tushgan chang donasini vegetative hujayrasi chang nayini hosil qiladi. Generative hujayradan hosil bo;lgan spermiylardan biri arxegoniy ichiga tushib tuxum hujayranu urug’lantradi. Uruglangan tuxum hujayradan murtak,urug’kurtakdan urug’ rivojlanadi. Urug’lanishdan so’ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar teda o’sadi, yo’g’onlashadi va o’zlaridan ajralib chiqgan smola yordamida bir biri bilan qo’shilib ,qubbani o’rab turuvchi etdor yumshoq po’stga aylanadi. Archaning mevasi ikkinchi yoki uchinchi yili pishib yetiladi.

Changdonda yetilgan chang shamol tasirida urug’chi qubbalariga kelib tushadi va urug’lantradi. Mevasi ikkinchi yili pishib yetiladi va shamol ta’sirida to’kiladi.
Qarag’aydan oily navli qog’oz va texnik spirt olishda foydalaniladi.




Qarag’ay o’simligining ummumiy ko’rinishi.









Archa va uning ummumiy ko’rinishi.











O’rta Osiyoda archaning 7 ta turi o’sadi, bularning 3 tasi O’zbekistonda (Zarafshon archasi, Turkiston archasi, sour archasi.). bundan tashqari shahar ko’chalarida manzarali daraxt sifatida virgon archasi o’sadi. Vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o’simliklardan archadoshlar oilasiga mansub o’simlik sharq souri ekib o’striladi. U tana va barglarining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi , lekiun pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan farq qiladi.





Yüklə 27,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin