Qirqquloq (qirqquloqtoifa) bo’limi Yer yuzida qirqquloqlarning 10 000 Orta osiyoda 30, o’zbekistonda 10 turkumga mansub 13 dan ortiq turi bor. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko’p yillik o’tlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalarda ularning daraxtsimon turlari uchraydi. Yer betiga qirqquloqlarning bir to’p qirqilganuzun barglari o’sib chiqadi. Yosh barglarning uchi o’ralgan bo’lib barg o’sgan sari ochilib yozila boradi. Qirqquloqlar o’sishi jihatidan qirqbo’g’imlarga o’xshasada ,lekin, barglarining yirikligi va spora beruvchi boshoqlarini bo’lmasligi bilan farq qiladi. Qirqquloqlarning sporalari bargning orqa tamonida yoki chetida joylashgan qo’ng’ir rangli bo’rtma (soruslarda) yetiladi. Qirqquloqlarning ko’payishi xuddu qirqbo’g’imlarnikiga o’xshash jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning gallanishi hisobiga amalga oshadi. Qirqquloqlarda vegetative ko’payish ildizpoyasi orqali amalgam oshadi.