Arxegoniy ♀ (urg’ochilik)
o’sinlarning yer yuzida 20.000 dan ortiq turi bor. Ular asosan sernam tuoroqlarda o’sishga moslashgan. Ko’payishi jinsiy (gamerafit) va jinssiz (sporafit) bo’g’inlarning gallanishi hisobiga amalga oshadi,ammo boshqa yuksak o’simliklardan farq qilib hayotida jinsiy bo’g’in ustunlik qiladi. Yo’sinlar yukasak o’simliklarning eng qadimgi soda tuzilgan vakilibo’lib,olimlarning taxminiga ko’ra suvo’tlaridan kelib chiqgan. Tanasining uzunligi 4-5 mm dan 40 sm gacha boradi. Ayrimlarini tanasi xuddi suvo’tlarnikiga o’xshash bargsimon tallomdan iborat. ko’pchilik yo’sinlar poya-bargli o’simlik ammo ularning ildizi bo’lmaydi. Ildiz vazifasini rezoid bajaradi. Ildizi va o’tkazuvchi sistemasini bo’lmasligi bilan boshqa yukasak o’simliklardan farq qiladi
Yoʻsinlarda gametofit jinsiy bo’gin ustunlik qiladi
Gametofit — Jinsiy boʻgʻin:
1. Sporadan rivojlanadi
2. Yashil ip
3. Kurtak
4. Avtotrof
5. Har bir kurtakdan yangi o'simlik
6. Zigota hosil qiladi
7. Har bir arxegoniyda bitta tuxum hujayra
8. Arxegoniy kolba shaklda
9. Jinsiy a'zolari koʻp hujayrali
10. Anterediy 2 xivchinli
Sporafit — Jinssiz boʼgʻin:
1. Zigotadan rivojlanadi
2. Sporangiyband
3. Sporangiy
4. Spora
Qirgbo’g’imlar (Qirqbo’g’imtoifa) bo’limi. Yer yuzasida qirqbo’g’imlarning30 dan ortiq turi o’sadi. O’zbekistonda esa ularning 1 turkimga mansub 2 ta turi o’sadi. Qirqbo’g’imlar ko’p yillik o’simlik bo’lib,jinsiy,jinssizva vegetative usullarda ko’payadi.
Dala qirqbo’g’imi
Sexshox qirqbo’g’imi
Qirqbo'g'imlarda
Gametofit — Jinsiy boʻgʻin:
1. Sporadan rivojlanadi
2. Ayrim jinsli
4. Erkaklik o'simtasi - yashil chetlari boʻlingan
5. Urg'ochi jinsi erkagidan kattaroq
6. Zigota hosil qiladi
7. Avtotrof
8. Mustaqil oziqlanadi
Sporafit — Zigotadan rivojlanadi
1. Murtak
2. Sporofit
3. Poya bargli o'simlik
4. Autotrof
5. Yashil
6. Poyasi va shoxlari boʼgʼimlarga boʼlingan
7. Boshoq
8. Sporafillarning ostki tomonida 6 - 8 ta sporangiy
9. Spora hosil qiladi
10. Mustaqil oziqlanadi
11. Ildizpoyali
Dala qirqbo’g’imi ildizpoyali ko’p yilliko’t bo’lib, daryo,ariq,kanallarning bo’ylaridagi sernam joylarda,zavurlar yoqasida buloqlar atrofida o’sadi. Uning poyasi shoxlariserqirra va bo’g’imlarga bo’lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo’g’im deb nomlangan. Bo’g’im oralig’I ichi kavak. Uning shoxlari faqat poya bo’g’imlaridan chiqadi va bo’g’imlarda halqa hosil qiladi. Barglari ham poya shoxlardagim bo’g’imlarda halqa shaklida joylashgan.Ko’payishi-erta bahorda dala qirqbo’g’imining ildizidagi kurtaklarda generative novda o’sib chiqadi. Bu novda qo’ng’ir rangli shoxlanmagan bo’lib uvhida spora beruvchi boshoq(sporafil-shakli o’zgargan barg) hosil bo’ladi. Unda sporalar yetiladi va suv ,shamol yordamida tarqaladi. Yozda dala qirqbo’g’imining ildizpoyasidan yozgi novda o’sib chiqadi. U yashil rangli shoxlangan.
Sershox qirqbo’g’imi dala qirqbo’g’imdan bahorgi poyasining yo’qligi hamda spora beruvchi shoxlangan novdalar uchida joylashishi bilan farq qiladi.
Dala qirqbo’g’imimimg bahorgi va yozgi poyasi
Qirqbo’g’imlarning poya va shoxlaridan tayyorlangan damlamalar siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.