A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə12/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi to- monidan 1948-yilning 10-dekabrida qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi insonning asosiy huquqlari va erkinlik- larini belgilovchi dastlabki muhim tarixiy hujjat hisoblanadi.
BMT Bosh Assambleyasi o‘zining 1996-yildagi yig‘ilishida fu- qarolik va siyosiy huquqlar, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqida Paktlar qabul qilgan. Ularda har bir davlat o‘z fuqarolari bo‘lgan shaxslarga berishi majbur bo‘lgan haq-huquqlar ko‘rsatilgan va kafolatlangan.

INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI VA UNING QABUL QILINISHI


Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi inson huquqlari va uni himoya qilishga doir xalqaro hujjat bo‘lib, BMT tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Bu tarixiy hujjatning ishlab chiqilishi va e’lon qilinishi insoniyatning tarixiy taqdirida, davlatlar- ning ichki va tashqi siyosatida, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Unda ishlab chiqilgan qoida va xulosalar, tamoyillar oʻ‘zining mohiyati va mazmuniga ko‘ra mukammal ishlangan huquqiy meʼyorlarning umumlashgan ifodasi hisoblanadi. Inson huquqlari va uni himoya qilish masalalarini hal qilishda davlatlar mazkur huj jatda e’lon qilingan huquqiy me’yorlarga amal qilishi ularda ishlab chiqilayotgan huquqiy hujjatlarning samarali va adolatli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi mazkur hujjat qabul qilinishidan avval bu sohada muhim ishlar amalga oshirilgan edi. Jumladan, inson huquqlari haqidagi me’yorlar ilk bor Millatlar Ligasi darajasida o‘tkazilgan xalqaro Konferensiyada, BMT Nizomining ishlab chiqilishi paytida bir guruh davlatlar unga inson huquqlari masalalarini ifoda qiluvchi deklaratsiyani kiritishni taklif etgandilar. Biroq bu taklif, yaxshi o‘rganilmaganligi va maxsus tayyorgarlikka ega bo‘linmaganligi sababli muhokamaga qo‘yilmagan. O‘sha davrda BMT Nizomiga faqat umuminsoniy huquqlar va erkinliklarni rivojlantirish, hurmat qilish hamda ular faoliyatini amalga oshirishda hech qanday irqiy, jinsiy, diniy va til bo‘yicha cheklashlar yohud kamsitishlar bo‘lmasligi haqidagi qoidani kiritishga muvaffaq bo‘lingan. San-Fransisko Konferensiyasi tugashi bilan BMTning tayyorlov qo‘mitasi o‘zining birinchi yig‘ilishida Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga BMT Nizomining 68-moddasida o‘rnatilganidek, inson huquqlarini qo‘llash va quvvatlash qo‘mitasi tuzish taklifini kiritadi. Mazkur taklif Kengash ishida muhokama qilinadi va uning qaroriga asosan 1946-yilda BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Qo‘mitasitashkil etiladi.
Insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha hujjatning loyihasi 1946-yilning yanvar oyida Londonda o‘tgan Bosh Assambleya sessiyasida tayyorlangan edi. Keyinchalik Bosh Assambleya ushbu loyihani Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga taqdim etgan va Inson Huquqlari Bo‘yicha Qo‘mita bu loyihadan inson huquqlari haqidagi xalqaro hujjatni ishlab chiqishda foydalanish lozimligini tavsiya qilgan edi. Qo‘mita jug‘rofik tamoyilga asosan sakkiz davlat vakillaridan saylangan. Mazkur Qo‘mita o‘zining ishchi guruhiga inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatning dastlabki loyihasini ishlab chiqishni topshirgan. Loyihani ishlab chiqish tahririyat zimmasiga yuklatilgan.
Xalqaro hujjatning shakli haqida turli xil fikrlar, takliflar bo‘ldi. Tahririyat qo‘mitasi ularni hisobga olib, hujjat loyihasini ikki turda: Deklaratsiya hamda Konvensiya shaklida tayyorlashga qaror qildi. Shundan so‘ng Komissiya Qo‘mitaga Inson Huquqlari Xalqaro Dek- laratsiyasini va inson huquqlari Xalqaro Konvensiyasining moddalar matnini loyiha sifatida taqdim etadi.
Inson huquqi haqidagi xalqaro hujjat keng qamrovli bo‘lgani uchun Komissiya 1947-yilning oxirida deklaratsiya bo‘yicha, pakt bo‘yicha va uni ishlatish bo‘yicha ishchi guruhini tuzgan edi. Komis- siya 1948-yil 24-maydan 15-iyungacha o‘tgan sessiyada vakillarning takliflarini inobatga olgan holda Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqdi. Pakt bo‘yicha va uni ishlatish bo‘yicha loyihalar matni uning baja- rilishi ta’minlanishiga BMTning 1948-yil 10-dekabrda Parijda o‘tgan Bosh Assambleya sessiyasida muhokama etildi va qabul qilindi. BMT- tomonidan tayyorlangan va xalqaro munosabatlar sohasida birinchi hujjat hisoblangan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi shu asosda vujudga keldi.
BMTning Bosh Assambleyasi 1948-yil 10-dekabrda Inson huquq- lari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinganligini e’lon qildi. Bu tarixiy hujjatda davlatlar quyidagi majburiyatlarni bajarishlari zarur- ligi qat’iy ta’kidlandi: «Mazkur Inson huquqlari Umumjahon dek- laratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida e’lon qilar ekan, toki har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutib, maorif va ilm yo‘li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko‘maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishini ta’minlashiga, Tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi huquqlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yoppasiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur».
Tabiiyki insoniyat tafakkuri shu paytgacha inson huquqlari ma- salasiga ko‘p marta murojaat qilib kelgan. Turli davrlarda va turli davlatlarda insonning erkin bo‘lishi, o‘z taqdirining egasi bo‘lishi bir necha marta e’lon qilingan. Insonning huquq va asosiy erkinliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan ko‘plab xalqaro shartnomalar ham imzolangan.
1789-yilda fransuz burjua inqilobi arafasida e’lon qilingan Inson va Fuqarolik Huquqlari Deklaratsiyasi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining o‘tmishdoshidir. U uzoq yillar davomida bur- juaziyaning feodalizmga qarshi ko’rashining ifodachisi bo‘lib keldi. O‘z davrida bu hujjat muhim ahamiyat kasb etgan. Ko‘pchilik mam- lakatlarda qullik va krepostnoylik huquqi mavjud bo‘lgan yillarda Deklaratsiya «kishilar huquqlarda erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar va shunday bo‘lib qoladilar, ijtimoiy farqlar faqat umumiy manfaat- lardagi e’tirozlarga asoslanadi», degan talabni ilgari surgan. Dav- latning maqsadi, – deyilgan edi Deklaratsiyaning 2-moddasida, – insonning tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlashdan iborat. Bu huquqlarga erkinlik, mulkchilik, xavfsizlik, zulmga qarshilik ko‘rsatish huquqi kiradi.
Biroq bu hujjatning o‘sha davr uchun fojiasi shundan iborat ediki, hokimiyatni egallagan burjuaziya amalda darhol e’lon qilingan demokratik tamoyillardan chekingan. Bunday chekinish faqat amalda emas, balki qonunlarda ham o‘z aksini topgan. Deklaratsiya qabul qilingandan so‘ng oradan to‘rt yil o‘tgach, burjuaziyaning Ta’sis yig‘ilishi yig‘ilishlar va assotsiatsiyalar erkinligi, fuqarolarning o‘z mehnat huquqlarini birgalikda himoya qilishga doir harakatlarini ta’qiqlovchi qonun qabul qildi.
1789-yilda qabul qilingan Amerikaning «Huquqlar to‘g‘risidagi qonun»i Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining izdoshi hisoblanadi. Haqiqatan ham bu tarixiy hujjatda inson huquqlari to‘g‘risidagi qoidalar o‘zining aniq ifodasini topgan. Unda shaxsni himoya qilish, uning turar joyga, mulkka ega bo‘lish va boshqa shular singari qonun berib qo‘ygan asosiy huquqlari buzilgudek bo‘lsa, sud majlisida oshkora tartibda qonuniy yo‘l bilan uning huquqlari muhofaza qilinadi. Biroq inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilgan shunga o‘xshash huquqlar dastlabki paytlarda AQSHning barcha fuqarolariga tegishli bo‘lmagan. U 1865-yilda erkinlikka erishgan qullarga ham taalluqli bo‘lmagan. Bu huquqlar faqat 1920-yilda erkaklar bilan teng saylanish huquqini olgan ayollarga qisman tegishli edi. Chamasi ikkinchi jahon urushigacha fuqarolarning inson erki va huquqlarini himoya qilishga taalluqli hujjatlar faqatgina bir mamlakat miqyosida qabul qilinganligi uchun ham inson huquqlari muhofazasimasalalari tor doirada hal etilgan.
1815-yilda qullikni taqiqlash to‘g‘risidagi Deklaratsiya, 1920-yil- da qullikka solish va qul savdosining barcha turlarini taqiqlaydigan Konvensiyaning qabul qilinishi inson huquqlari va uni himoya qilish sohasida qo‘yilgan dastlabki amaliy qadamlar edi.
1904 va 1910-yillarda ayollarni zinoga jalb etishni taqiqlaydigan Konvensiyalar qabul qilinib, uning ishtirokchilariga xotinlarni buzuq- likka yollashga qarshilik ko‘rsatish majburiyati yuklangan edi. 1933- yildagi Konvensiya uning ishtirokchilariga zinoni avj oldirishga qara- tilgan harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish majburiyatini yuklagan. 1937-yildagi Xalqaro Konvensiya esa uning ishtirokchilariga terrorizmning oldini olish va inson hayotiga tajovuz qilgan aybdor shaxslarni jazolash majburiyatini yukladi.
Ikkinchi jahon urushi davrida fashist bosqinchilari quloq eshitib ko‘z ko‘rmagan vahshiyliklarni qilishdi, ularning ko‘pgina xalqlarga nisbatan vahshiylarcha munosabatlari barcha taraqqiyparvar insoni- yatning g‘azabini qo‘zg‘adi.
Tinchliksevar xalqlarning sa’y-harakatlari bilan BMT o‘z oldiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni, ya’ni insoniyatni urush ofatidan asrash va shu bilan jamiyatda inson huquqlarini ta’minlashni maqsad qilib qo‘ydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, BMTning faoliyati inson erki va huquqlarini himoya qilishni rivojlantirishga qaratilgan- dir. BMT o‘z faoliyati davomida inson huquqlari bilan bog‘liq bir qancha xalqaro hujjatlar – deklaratsiya, konvensiya va paktlarni qabul qildi.
BMT Nizomidagi qoidalarda, shuningdek, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida hamda 1975-yilning 1-avgustida Xel- sinkida 33 ta davlat boshliqlari tomonidan imzolangan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik to‘g‘risidagi yig‘ilish hujjatlarida inson huquq- lari va uni himoya qilish masalalari o‘z ifodasini topganligi muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, Xelsinkida qabul qilingan hujjatda ko‘rsatiladiki: «Inson huquqlari sohasida davlatlarning mustaqilligi BMT Nizomi tamoyillari va Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qoidalari asosida amalga oshiriladi. Davlatlarning boshliqlari inson huquqlari sohasida xalqaro deklaratsiya va kelishuvlarda imzolangan xalqaro paktlardagi qoidalarni bajaradi».
BMT Nizomi o‘z oldiga insonning erki va huquqlari ro‘yxatini tuzish vazifasini qo‘ymagan. Nizom matnida inson erki va huquqi
«ijtimoiy taraqqiyot va yashash sharoitini yaxshilashga», ya’ni insonning siyosiy faoliyatinigina emas, balki uning iqtisodiy va shaxsiy hayoti sohalarini ham qamrab olishi ko‘zda tutilgan.

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin