A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə5/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Davlat ijtimoiy standartlari.
Ijtimoiy standartlar - konstitutsiya bilan kafolatlangan fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirilishini va bu huquqlarni berish tartibini ta'minlaydigan davlat tomonidan belgilangan normalar va qoidalar.
Bozor munosabatlari jamiyatida davlat ijtimoiy siyosatning va ijtimoiy ishning asosiy sub'ekti sifatida ijtimoiy himoyaning asosiy funksiyasini o'z zimmasiga oladi. Asosiy ijtimoiy kafolatlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan va ijtimoiy siyosatda o'z tasdig'ini topgan. O’zbekiston Respublikasi asosiy Qonunining 39-moddasi: "Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas»3.
Hozirgi bosqichda davlatni ijtimoiy himoya qilish tizimida ikkita asosiy funksiya mavjud: ijtimoiy to'lovlar va yolg'iz keksalar, nogironlar va boshqa shu kabi toifalarga, davlatning jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj a'zolariga bo'lgan g'amxo'rligi va ijtimoiy xayriya tamoyili. Shu bilan birga, ijtimoiy kafolatlar tizimi orqali aholining barcha toifalarini ijtimoiy himoya qilish kerak.
Ijtimoiy kafolatlar - bu fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunda nazarda tutilgan davlat majburiyatlari, uzoq muddatli harakat mexanizmi. Minimal ijtimoiy standartlar davlat ijtimoiy kafolatlarining asosiga aylanishi kerak.
Minimal ijtimoiy standartlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi, ijtimoiy himoyaning minimal darajasini belgilaydigan, undan pastga tushish mumkin bo'lmagan normalar va standartlar, ya'ni ular aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlarining hayotning afzalliklari va xizmatlariga bo'lgan eng muhim ehtiyojlarini aks ettiradi. Davlat minimal standartlari tizimi quyidagi yo'nalishlarda bir-biri bilan mushtarak bo'lgan davlat minimal ijtimoiy standartlaridan iborat:
1) ish haqi;
2) pensiya ta'minoti;
3) ta'lim;
4) sog'liqni saqlash;
5) madaniyat;
6) ijtimoiy xizmatlar;
7) uy-joy kommunal xizmatlari.
Uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat va mahalliy hokimiyat organlari uy-joy qurilishini rag'batlantirishi va uy-joy huquqidan foydalanish uchun sharoit yaratishi kerak.
Sog'liqni saqlash sohasida tibbiy yordam va tibbiy xizmatga bo'lgan ehtiyojni qondirishning minimal ruxsat etilgan darajasini baholash uchun shifokorlar, kasalxonalardagi yotoqxonalar va poliklinikalar mavjudligining ko'rsatkichlari qo'llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq sug'urta tibbiyotiga o'tish va aholiga pullik xizmatlarni kengaytirish sharoitida mamlakat fuqarolariga tegishli byudjet, sug'urta badallari hamda boshqa turdagi mablag'lar hisobidan davlat va shahar sog'liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.
Ta'lim sohasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta'lim muassasalarida maktabgacha, umumiy va o'rta kasb-hunar ta'limi umumiy va bepul bo'lishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, asosiy umumiy ta'lim majburiydir.
Madaniyat sohasida - ommaviy kutubxonalar, kinoteatrlar, madaniyat uylari va boshqalarni rivojlantirish.
Mehnat va tevarak muhitni muhofazaga olish ish sharoitlarini va ish muhitini yaxshilashni nazarda tutadi, ya'ni ishchilarning jismoniy va kasbiy qobiliyatlariga, xavfsizlik sharoitlariga va sog'lom ish muhitiga eng mos keladigan sharoitlarni yaratishga yordam beradi.
Davlat minimal ijtimoiy standartlari, birinchi navbatda, aholining asosiy moddiy manfaatlar va ijtimoiy xizmatlarga bo'lgan eng muhim ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadida belgilanadi; ikkinchidan, mamlakat hududida yagona ijtimoiy makon va uning sub'ektlari hududida turmush darajasining nisbiy darajasini ta'minlash.
Davlat ijtimoiy kafolatlarining maqsadi ularni ish bilan ta'minlash va ish haqi, shu jumladan xodim, tadbirkor va o'z-o'zini ish bilan band aholining huquqlarini himoya qilishni ta'minlash bilan ta'minlashdir. Nogiron aholi uchun davlatning minimal kafolatlari butun mamlakat bo'ylab minimal iste'mol standartlarining mavjud bo’lishini ta'minlash bo'yicha yagona siyosatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bunday siyosat uchta asosiy shakldan foydalaniladi:
1) Naqd to'lovlar - pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqalar;
2) soliq imtiyozlari;
3) Bepul yoki imtiyozli ijtimoiy xizmatlar
Bolalari bo‘lgan fuqarolar uchun davlat imtiyozlari.
Ko'pgina mamlakatlarda, shu jumladan , O‘zbekistonда ham bolalari bo‘lgan fuqarolar uchun davlat imtiyozlari mavjud. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:
- tug'ruq uchun nafaqa (suyunchi puli);
-homoladorlik ta’tili uchun (dekret) to’lov;
- bola ikki yoshga to’lgunga qadar to’lanadigan nafaqa.
- uch yoki undan ortiq farzandi bo’lgan moddiy qo’llab-quvvatlashga ehtiyojmand bo’lgan oilalarga beriladigan nafaqa;
Bolalarning to’la sog’lom rivojlanishi uchun, birinchi urinda yosh bolali ayollarning huquqlarini xam ta’minlab berilishi kerak. Jumladan, mexnat Qonunchiligiga ko’ra, homilador ayollarni, bolasi uch yoshga etmagan ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaktidan tashqari ishlashga, dam olish kunlarida ishlatishga va xizmat safarlariga yuborishga yul kuyilmaydi.
Homilador ayollarni yengilrok, ishga ko’chirish, bu imtiyoz homilador ayolni va kutilayotgan go’dakning salomatligini muhofazaga olishga yo’naltirilgan.
Shuningdek, onasiz qolgan bolalarni tarbiyalovchi shaxslarga imtiyozlar va kafolatlar berilishi, ularning sog’lom bo’lib o’sishi, tarbiyalanishi va yaxshi sharoitda yashashning kafolatidir.
Ayollarga yuqorida aytib o’tilgan huquq va erkinliklarning har qanday buzilishlaridan himoya qilishda jinoyat kodeksining huquqiy roli katta.
Jumladan, JK 148-moddasi “Ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g’ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo’shatish”4, shuningdek JK 136-moddasi ”Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo’lish uchun o’g’rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to’skinlik qilish”5 kabi holatlar uchun jazo belgilanishi.
O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda esa ayollar mehnat sharoitidagi alohida imtiyoz va kafolatlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Sog’likni saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning V-bo’limi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish” deb nomlanib, unda onalikni rag’batlantirish, onalar va bolalar sog’ligini saqlash kafolatlari: homilador ayollarga va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga sog’ligini mustahkamlashga qaratilgan yordamni amalga oshirishni ta’minlash; voyaga yetmaganlar sog’ligini mustahkamlash hamda saqlash haqidagi g’amxo’rlik; bolani moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlashda shaxslarga davlat ko’magi; bolaning sog’ligida muammo bo’lganda onalarga beriladigan imtiyozlar (61-modda); usmirlarning mexnat va ishlab chikarish ta’limini hamda mexnat sharoitlarini nazorat qilish (62-modda); usmirlarni majburiy ravishda tibbiy kurikdan o’tkazish (63-modda); kabi masalalar uz ifodasini topgan.
Bola huquqlariga oid maxsus Qonunchilik to‘g‘risida gapirilganda quyidagi hujjatlarni aloxida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir:
O’zbekiston Respublikasining 1991 yildagi O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida6; 2008 yildagi “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun7larni alohida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, "Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston ko’shilgan "Bola huquqlari konvensiyasi"ni milliy Qonunchilikka to’liq implementatsiyasidir. Ushbu normativ-huquqiy hujjatda sog’likni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va har tomonlama rivojlantirish yo’nalishlarida bola huquqlarining kafolatlari mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu Qonunda ijtimoiy zaif bolalar va aloxida extiyojlarga muhtoj bolalarning huquqlari aloxida e’tibor qaratilgan.
Bola huquqlarini tizimli ta’minlab berilishi xam Qonunchilik darajasida, xam institutsional darajada amalga oshirilmokda. Tizimli yondashuv xam davlat organlari va muasasalari, ham nodavlat tashkilotlar va jamgarmalar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kompleksini o’z ichiga olgan milliy dasturlarni qabul qilish va amalga oshirishdan iboratdir. Bola huquqlarini ta’minlab berish bo‘yicha nodavlat tashkilotlarning o’sishi va faollashuvi kuzatilmokda. Ayni paytda yurtimizda ko’plab bola huquqlarini to’laqonli ta’minlash hamda har tomonlama muhofaza qilishning turli yo’nalishlariga ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularga quyidagilarni misol sifatida aytish mumkin: Yosh avlod vakillari tashabbuslarini, ularning siyosiy va boshqaruvchilik faolligini har tomonlama qo’llab-quvvatlovchi O‘zbekiston yoshlari harakati bo’lmish - “Yoshlar ittifoqi”; Yetim bolalar, ota-onalari qaramog’idan qolgan bolalar, nogiron-bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini qo’llab-quvvatlashga ixtisoslashgan jamgarma - "Sen yolgiz emassan"; Voyaga yetmaganlarning bevosita ishtiroki bilan ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashga ko’maklashuvchi jamgarma (Bolalar parlamenta) - O‘zbekiston Bolalar jamgarmasi; Sog’lomlashtirishga doir dasturlarni amaliyotga joriy etish hamda sog’lom hayot tarzini targ’ibot qiluvchi jamgarma - "Sog’lom avlod uchun"; Iste’dodli bolalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan turli loyixalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha jamg’arma - "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamgarmasi".
O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog’ligini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunida balog’atga yetmaganlarning malakaviy tibbiy ko’rikka bo’lgan huquqlarini hayotga tadbiq etishning muayyan mexanizmi mustahkamlab qo’yilgan. Davlat sog’liqni saqlash tizimi xizmatlaridan foydalanish va bolalar sog’ligini tiklash uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Respublika reproduktiv salomatlik Markazi hamda O’smirlar reproduktiv salomatligi markazi, xususan, ularning viloyatlardagi bo’limlari ishlab turibdi. Yurtimizdagi voyaga yetmagan shaxslarni tibbiy dispanserizatsiyalash muntazam ravishda har yili amalga oshirilmoqda. Shuning hisobiga 90 yillardan buyon bolalar o’limining kamayishi qayd etilmoqda.

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin