A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə4/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Tayanch so’z va iboralar:
Davlat, davlat siyosati, Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari, Bola manfaatlarini yaxshiroq ta’minlash, Bola huquqlarining kafolatlari.
1.Davlat siyosati tushunchasi.
Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.
Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalashot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi. Siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid siyosat, demokratik va avtoritar siyosat koʻrinishlarini boshqaruvda kuzatish mumkin.
Qadimda siyosatga jamiyat va shahardavlat (polis)ni boshqarish toʻgʻrisidagi fan (Platon va Aristotel) sifatida karalgan boʻlsa, hozirgi vaqtda siyosat deganda davlatni boshqarishning vazifa va maksadlari hamda bu maksadlarni amalga oshirish uchun mavjud yoki zarur boʻladigan ijtimoiy-siyosiy intlar, jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy siyosat odamlarning sayovchi, deputat va vazir va sh.k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi.
Siyosat oʻz taʼsir etish ob’yektiga koʻra 2 ga: ichki va tashqi siyosatga boʻlinadi. Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya, madaniyat, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi. Shu tarzda iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, milliy siyosat, demografik siyosat, agrar siyosat, texnikaviy siyosat, ekologik siyosat, madaniy siyosat, kadrlar siyosati, harbiy siyosat va boshqa yoʻnalishlarda namoyon boʻladi. Siyosat subʼyektlari orqali ham ifodalanadi. Masalan, davlat siyosati, partiyalar va jamoat birlashmalari va harakatlari siyosati va h.k.
Siyosatni tushunishga turli xil yondoshuvlar bor. Ular teologik, tabiiy, sotsial, ratsional-tanqidiy yoʻnalishlarda siyosatning tabiatini tushunish va tushuntirish bilan bogʻliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida siyosatni ijtimoiy-sinfiy nuqtai nazardan tushunish, uning ustuvor yoʻnalishini belgilashsa muayyan ijtimoiy qatlam (proletariat) manfaatidan kelib chiqqan holda baholash odat boʻlgan. Bunday yondoshuv siyosatning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keldi va inson siyosatning passiv obʼyektiga aylantirildi. Natijada inson siyosat bilan emas, balki siyosat inson bilan shugʻullana boshladi. Oxir oqibatda siyosat sinfiy manfaatlar asosida haddan tashqari mafko’ralashib ketdi. Siyosat demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliy-maʼnaviy xususiyatlarni hisobga olmaydigan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid boʻlgan maʼno kasb etdi. Siyosat "boshqarish sanʼati"ga emas, aksincha, zoʻrlik, taʼqib etish vositasiga aylandi. Davlat boshqaruvida manfaatlar uygʻunligi buzildi. Siyosiy hayotda "davlat — jamiyat — inson" munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun boʻlib qoldi.
Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosati yangicha maʼno va mazmun kasb eta boshladi. Bu siyosat, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis siyosiy institutlar faoliyati orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga rioya qilinishi, “ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”2. Bu hol bugungi Oʻzbekiston olib borayotgan siyosatning asosiy mohiyatini, uning insonparvar siyosat ekanligini belgilaydi.
Jumladan, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada e’tirof etilganidek, “ishtirokchi davlatlar ushbu Konvensiyada o’z ta’sir doirasida bo’lgan har bir bola uchun ko’zda tutilgan barcha huquqlarni hech qanday kamsitishlarsiz, irki, tanarangi, jinsi, tilidini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi. Mulki ahvoli, bolaning sog’ligi va tug’lishi. Uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlaridan qat’i nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar” (2 -modda).
Ishtirokchi davlatlar ularning yurisdiksiyasi va ma’suliyati doirasida bo’lgan bolalarga nisbatan va ularga nisbatan o’z vakolatlarini amalga oshira oladigan holda Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni barcha bolalar, jumladan o’z davlatining fuqarolari hamda chet elliklar, kochoklar, boshpana izlayotganlar va fuqaroligi bo’lmagan bolalar uchun xam ta’minlab berishi shart.
Konvensiyaning eng asosiy tamoyillaridan biri –kamsitishga yo’l qo’ymaslik, biroq Konvensiyada kamsitishning tarifi berilmagan, lekin Konvensiya qoidalaridan kelib chiqqan holda va boshqa tegishli xalqaro normalarga tayangan holda taxmin qilish mumkinki, kamsitishga yo’l qo’ymaslik – bolaning irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy axvoli, sog’ligi yoki tug’ilishi yoki boshqa holatlardan qat’I nazar bolaga zarar etkazmasligini,imtiyozlar berilmasligini, jazo qo’llanilmasligini yoki muayyan huquqlardan mahrum bo’lmasligini bildiradi. Bu tamoyil qizlar va o’g’il bolalar, boy va qashshoqlar, shahar va qishloqda yashovchilar, ozchilikni tashkil etadigan millatga mansub bo’lganlar yoki maxalliy axoli vakillari Konvensiyada e’tirof etilgan asosiy huquqlardan bir xil tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerakligini nazarda tutadi.
Bola manfaatlarini yaxshiroq ta’minlash
O‘zbekiston davlat siyosati bola huquqlarini himoya qilinishing eng asosiy tamoyilini, ya’ni bola manfaatlarini yaxshiroq, ta’minlash tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda inson manfaatlari himoya qilinadigan fuqarolik jamiyati shakllanmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlari to‘la quvvat bilan shakllanmoqda. Bularning hammasining tagida bir narsa - komil inson, mustaqillik g‘oyalariga sadoqatli, bu muqaddas an’analarni davom ettiradigan, har tomonlama barkamol yangi avlodni vujudga keltirish maqsadi yotadi.
Aytish mumkinki, o‘tish davridek eng qiyin va murakkab bir vaziyatda faqat O‘zbekistondagina ana shunday keng miqyosli, davlatning o‘zi homiylik qiladigan siyosat vujudga keldi. Prezident iyuorasi bilan aytganda «sog‘lom avlodni tarbiyalash barchaning, butun jamiyatning, shu yurtda yashaydigan har bir insonning asosiy ishi, insoniy burchidir». Bu jamiyat kelajagiga, mustaqillik istiqboliga bog‘liq bo‘lgan juda katta ijtimoiy, maonaviy va siyosiy hodisa. Biz bugun bolalar muammosiga xuddi ana shu nuqtai-nazardan yondoshmog‘imiz lozim. Bolalar kafiyati orqali jamiyat maonaviy-ijtimoiy qiyofasini, davlat qudratini, mamlakat shaonini anglamog‘imiz lozim.
Bolalarga g‘amxo‘rlik bu shunchaki voqelik emas. yilning “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilinishi navbatdagi tadbirbozlik, balandparvoz shiorbozlik ham emas. Bu jiddiy, millat taqdiriga daxldor juda katta ijtimoiy, ma’naviy-ahloqiy, siyosiy hodisa. Darhaqiqat “Onalar va bolalar yili” orqali biz, birinchidan, bugungi kunda yashab turib, olis istiqbolni ko‘ra olishimiz kerak. Bolalarga munosabat orqali biz mamlakat va millat kelajagini, milliy istiqlol taqdirini hal etamiz.
Ikkinchidan, bolalarga muruvvat ko‘rsatish orqali o‘zimizning shaxs va inson sifatidagi fazilatlarimizni boyitamiz. Bolalar oldidagi majburiyatimizni chuqurroq anglaymiz. Millat va jamiyatga dahdorlik, uning oldidagi masouliyat hissini aniqroq tushunamiz.
Uchinchidan, bolaga munosabat maonaviy-mahrifiy hodisa. Bugun biz bolalarga munosabatimiz orqali onaning jamiyatdagi o‘rni, hayotdagi qadr-qimmati, oiladagi mo‘otabar o‘rnidan tashqari uni mehr-muruvvat, yaxshilik va ezgulik timsoli sifatida ham tushunamiz.
Tafakkurimizdagi ana shunday o‘zgarishlar eng avvalo fuqaro ongida yangilanishlarning yuz berayotganidan insonning o‘zini anglash va o‘zini qadriyat darajasida tushunayotganidan dalolat beradi.
Bola muammosi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq hodisa. Shuning uchun ham bosh islohotchilik vazifasini zimmasiga olgan davlat bu masalaga jiddiy qarayodi. O‘zining islohotchilik faoliyatining muhim bo‘g‘ini deb biladi. Sog‘lom avlodni etishtirish, farzandlarimiz durkun va baqquvvat bo‘lib o‘sishi uchun xizmat qiladigan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Sog‘liqni saqlash, ekologiya, jamoat tashkilotlari faoliyatini jonlantirish, jamiyatni erkinlashtirish borasidagi qonunlar tizimi vujudga keldi. Bularning barchasi bola sog‘ligi orqali sog‘lom va bunyodkor jamiyatni vujudga keltirish, davlat kuch-qudratini mustahkamlash imkonini beradi.
Bolalarga qadriyatli munosabat O‘zbekistonda oila doirasidan chiqib umummilliy, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘ldi. Jamiyatda qaror topayotgan sog‘lom ruhiyat, ijtimoiy kayfiyat mazmunini kasb etmoqda. Ana shu ma’noda aytishimiz mumkinki, bola davlat va xalq manfaatini, ozod Vatan, erkin shaxs va milliy g’oyani o‘zida mujassam etgan qadriyatga aylandi.
Prezident I.Karimov «XXI asrda qaysi davlat qudratli, qaysi xalq kuchli bo‘ladi?» degan savolni o‘rtacha tashlaydi va u savolga o‘zi javob beradi: «Aholisi intellektual nuqtai-nazardan barkamol, yoshlari bilimli, or-nomusli, Vatanparvar bo‘lib unib-o‘sayotgan davlat», - deydi. Ana shu ulkan maqsad mamlakatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillikdagi taqdirini o‘zida mujassam etadi. SHuning uchun ham Prezident yurt otasi va davlat rahbari sifatida «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra aqlli, dono, bilimli va albatta, baxtdi bo‘lishi shart», - deydi. Ana shu sof insonparvar va millat taqdiriga bog‘liq bo‘lgan g‘oyalar oldimizga bir qator muhim vazifalarni qo‘yadi.
Birinchidan, bolalarga maonaviy-ruhiy jihatdan madad berish umumjamiyat va umumdavlat miqyosidagi ulkan hodisa, har birimiz buning uchun masoul ekanliginimizni anlamog‘imiz shart.
Ikkinchidan, bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning kundalik ehtiyojlarini to‘la qondirib borish uchun masoullik hissini kuchaytirishni taqozo etadi.
Uchinchidan, maonaviy-mahrifiy imkoniyatlardan keng foydalanish, bolalarimizning dunyoqarashi va ongiga ijobiy taosir ko‘rsatadigan adabiyotlardan foydalanish, ularni ko‘paytirish.
To‘rtinchidan, bolalar sog‘ligiga tegishli bo‘lgan muammolarni hal etishda faol ishtirok etish.
Beshinchidan, farzandlarimizning zamonaviy bilimlarni tez va chuqur egallashi, jahon ta’lim tizimidagi eng ilg‘or tajribalardan keng foydalanishi uchun kerakli muhitni shakllantirish.
Albatta, bu muammolarni hal etish oson ish emas. biroq, bolalarga davlatning o‘zi homiylik qilayotgan, g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan bir paytda davlat siyosatini hayotda joriy etishda faollik ko‘rsatmog‘imiz zarur. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Ijtimoiy va mehnat vazirliklari, Matbuot davlat ko‘mitasi, Televidenie va radioeshittirish milliy kompaniyasi, Fanlar Akademiyasi amaldagi qonunlar va hukumat qarorlarini to‘la-to‘kis bajarish uchun bugun imkoniyatlarini ishga solmoqlari kerak.
Jamoat va nodavlat tashkilotlari, jumaladan, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro jamg‘armasi, Xotin - qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar bu sohadagi faoliyatini jonlashtirishi, uning samaradorligini oshirish lozim.

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin