A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə40/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Xalqaro nohukumat tashkilotlar.
Xalqaro nohukumat tashkilot (XNHT) - bu muayyan maqsadlarga va ularga erishishning o‘rnatilgan shakllariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning assotsiatsiyasi yoki federatsiyasidir.
BMT Bosh Assambleyasining 1968-yil 23-maydagi 1296 (XIV) Rezolyutsiyasiga muvofiq, xalqaro nohukumat tashkiloti (XNHT) - bu hukumatlararo bitimlar asosida ta’sis etilmagan har qanday xalqaro tashkilotdir. BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS)ning 1996-yil 25-iyuldagi 1996/31 rezolyutsiyasiga asosan XNHT - bu xalqaro hukumatlararo shartnoma asosida tashkil topmagan va tijorat maqsadlarida foyda olishni ko‘zlamagan har qanday nohukumat tashkilotdir.
Xalqaro nohukumat tashkilotlari - hukumatlararo bitimlar asosida emas, balki bitta davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ro’yhatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlariga asosan tashkil etiladigan, оz faoliyatida foyda olishni va tijorat maqsadlarini ko’zlamaydigan va ikkitadan kam bo‘lmagan davlatlar hududida faoliyat olib boradigan va o’z faoliyatida BMT Ustavi ruhi va prinsiplariga hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq keluvchi yagona ichki maqsad yo‘lida birlashishni maqsad qilib olgan dunyoning turli mamlakatlarining jamoatchiligi vakillarini birlashtirgan tashkiliy shakldir.
Demak, xalqaro nohukumat (yoki О‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha nodavlat notijorat) tashkilotlarning huquqiy maqomi, milliy darajadagi nohukumat tashkilotlari kabi milliy qonunchilikka asoslanadi.
Jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi va faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida asosiy qonunlardan biri, 1999-yil 14 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga ko‘ra, xalqaro notijorat tashkiloti - o‘z ustaviga va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan ko‘proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo‘lgan xalqaro tashkilot xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi.

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin