A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə38/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Tayanch so’z va iboralar:


"Ta`minot" va "ta`minot mexanizmi", Bola huquqlarini ta`minlash, Bola huquqlari bo’yicha qo’mita, Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi va Qizil Yarim oy federatsiyasi, Bolalar huquqlari bo’yicha komissiyalar.
Vena deklaratsiyasiga asosan, BMTning Bosh Assambleyasi 1993-yilda Insonning barcha huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha Oliy komissar lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Ana shu rezolyutsiyaga muvofiq, Oliy komissar BMT Bosh kotibi tomonidan tayinlanadi va uning o‘rinbosari hisoblanadi. Oliy komissar bevosita Bosh kotibga bo‘ysunadi, o‘z faoliyati haqida Bosh Assambliya oldida hisobot berib boradi.
BMTning organlari xususida xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda BMT doirasida, inson huquqlari bo‘yicha murakkab institutsional tizim shakllangan. lnson huquqlari bo'yicha Oliy komissar. Inson huquqlari bo‘yicha 1993-yilgi umumjahon konferensiyasi Bosh Assambleyaga BMTning In­son huquqlari bo‘yicha Oliy komissari lavozimini ta’sis etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni birinchi navbatdagi vazifa sifatida tavsiya etdi. Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar lavozimining ta’sis etilishi in­son huquqlari va asosiy erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilishning mavjud mexanizmlarini ancha mustahkamlabgina qolmasdan, balki BMT Nizomida qayd etilgan muhim maqsadlarining biriga - BMTning in­son huquqlari hurmat qilinishini rag‘batlantirishda va ularni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik qilishga erishishga qaratilgan faoliyatini maqbullashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
1993 yili Inson huquqlari bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasida uzoq vaqt davom etgan munozaralardan keyin Vena hujjatining II bo'limida Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar mansabi ta’sis etildi. Qayd etish lozimki, ushbu lavozimning ta’sis etilishi ko‘pchilik davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Aytib o‘tish lozimki, hali 1947-yilda - Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqish paytida fransuz Rene Kassen birinchi marotaba inson huquqlarini hukumat oldida himoya qilish uchun mas’uliyatli bo'lgan Bosh Attorney1 lavozimini tashkil etishni taklif qilgan edi, ammo ushbu taklif qo'llab-quvvatlanmadi.
1993-yil 20-dekabrda Bosh Assambleya “Barcha inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha Oliy komissar” to‘g‘risidagi 48/141-sonli rezolyutsiyani qabul qildi, unga ko‘ra, Oliy komissar BMT Bosh kotibi tomonidan to‘rt yil muddatga tayinlanadi va u Bosh Assambliya tomonidan geografik asosda davriy o‘rin almashishni hisobga olib, uzaytiriladi va tasdiqlanadi. Rezolyutsiyaning 2-bandiga asosan, Oliy komissar lavozimiga nomzod yuqori axloqiy obro‘ga va inson huquqlari sohasida bilimlarga ega bo'lgan shaxs bo'iishi kerak bo'lib, uning o'rni BMT Bosh kotibining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Bosh Assarableya 1994-yilda qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq bunday lavozim ta’sis etildi va dastlabki Oliy komissarlik lavozimi Ekvadorlk Xose Ayyala Lassoga nasib etdi. Bosh Assambleya bayonot berib aytdiki, Oliy komissar BMTning mansabdor shaxsi bo'lib, BMTning inson huquqlari sohasidagi faoliyati uchun asosiy mas’uliyat yukini Bosh kotibning rahbarligi va rahnamoligi ostida tortadi. Oliy komissar o‘z vazifasini bajarar ekan, Bosh Assambliya, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash hamda Inson huquqlari bo‘yicha komissiya (hozirda Kengash)ning umumiy vakolatlari, vazifalari doirasida va qarorlari asosida ish olib boradi. Oliy komissar keng vakolatlarga ega bo'lib, bu vakolatlar unga amalda inson huquqlari sohasidagi har qanday muammoni ko‘rib chiqish va inson huquqlarini buzish hollarining oldini olishga qaratilgan dunyo miqyosidagi faoliyatda faol ishtirok etish imkonini beradi. Ayni vaqtda, unga insonning barcha huquqlarini to‘la-to‘kis amalga oshirish yo'lidagi hozirgi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va shu yo‘nalishdagi yangidan-yangi vazifalarni hal etish ishida, qolaversa, butun jahonda inson huquqlarini buzish hollari davom etishiga yo'l qo‘ymaslik ishida yetakchi rol o‘ynash imkoniyati berilgan. 1997-yilning oxirlarida BMT Bosh Assambleyasi Irlandiyalik Meri Robinsonni ikkinchi Oliy komissar sifatida tasdiqlagan bo'lsa, 2008-yili tasdiqlangan Janubiy Afrika Respublikasilik Navanetxem Pillay beshinchi Oliy komissar hisoblanadi.
2012-yilgacha Oliy komissar sifatida quyidagilar faoliyat yuritishgan:

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin