Pestisid
atamasi bilan qishloq xo’jaligida ishlatiladigan foydali
o’simliklarning kimyoviy himoya vositalari nomlanadi. Ular qatoriga
gerbisid
(xashaki
o’simliklarga
qarshi
vositalar),
fungisid(zamburug’larga
qarshi),
insektisid
(zararkunanda
hasharotlarga
qarshi),
akarisid(kanalarga
qarshi),
zoosid(kemiruvchilarga qarshi), bakteritsid va antivirus preparatlari
kiradi.
Bugungi pestitsidlarga quyidagi talablar qo’yiladi: tanlov
ta’sirga ega bo’lishi, ta’sir etish konsentrasiyasini juda past bo’lishi,
ta’sir etgandan so’ng atrof-muhit ta’sirida oson parchalanishi kabilar.
Miloddan avvalgi davrlarda o’simlik kasallaklariga qarshi kurashish
to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Ammo
asrning o’simlik
kasalliklarini atsil sababi noaniq edi. Fitopatogen zamburug’lar,
bakteriya va viruslar ochilib, besh mingdan ortiq zararli
hasharotlarning sinflanishidan so’ng ularga qarshi ilmiy asosda
222
kurashish imkoniyati paydo bo’ldi. Tarixga nazar tashlasak
asrdan boshlab fungitsid sifatida osh tuzi, mis tuzlari hamda
oltingugurt ishlatilishi to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
asrning
oxirida dezinfektsiya uchun formaldegid,
asrdan boshlab esa
simob tuzlari ishlatilishi ma’lum. 1930 yillarda fungisid sifatida
simoborganik
birikmalar
ishlatiladi.
Keyinchalik
sulfidlar,
benzimidazol, pirimidin hosilalari.
Insektisid sifatida
asrning o’rtalaridan boshlab tabiiy
himoya vositalari ishlatiladi: nikotin, piretrinlar va rotinoidlar.
Keyinchalik fenotiazin, nitrokarbazol hosilalari amaliyotga kiritilgan.
Shularga o’xshash gerbitsidlar sifatida ham boshida noorganik
moddlar ishlatilgan: temir sulfat, sulfat kilota, ammoniy sulfat,
mishyak oksid, ishqoriy metallarning arsenit, xlorat, boratlari. 1932
yili Germaniyada kashf etilgan 4,6-dinitro-2-metilfenol birinchi
organik gerbisid hisoblanadi. Gerbitsidlar ta’sir etish mexanizmiga
ko’ra ikki turga bo’linadi: fitogormonlar(o’sish jarayonini boshqarish)
va toksikantlar(fotosintez ingibitorlari). Birinchi tur gerbitsidlar
sifatida auksin va gibberillinlar tan olingan. Ular barcha o’simliklar
uchun umumiydir. Su’niy fitogormonlar sifatida
asrning
o’rtalaridan boshlab ariloksialkilkarbon kislotalar ishlatiladi. Ularni
ta’sirida xashaki o’simliklarda gormonal disbalans hosil qilinib
o’simlikning o’limiga keltiradi. Gerbitsidlarning muhim vakillaridan
auksin qatoridagi modda 2,4-dixlorfenoksisirka kislotasini keltirish
mumkin.
-O-CH
2
COOH
-O-CH
2
COOH
Cl
Cl
N
H
-CH
2
COOH
-CH
2
COOH
auksinlar fenoksisirka 2,4-dixlorfenoksisirka
kislota kislota
O’simliklarda keng tarqalgan auksin β-indolin-3-asetat kislotadir
(IAK). Bu birikma ko’pincha geteroauksin
deb ham ataladi.
223
Geteroauksin o’simliklarning barcha qismlarida uchraydi. U
o’simliklar poyasi va ildizining o’suvchi sismida hosil bo’lib,
keyinchalik boshqa joylariga tarqaladi. Geteroauksin boshqa
auksinlarga nisbatan yaxshi o’rganilgan bo’lib, ko’pincha o’simliklar
tarkibida uchraydigan asosan auksin hisoblanadi.
Auksinlar o’simliklarda bir qator muhim fiziologik jarayonlarga
ta’sir qiladi. Ular ildiz metabolizmining faoliyatini tezlashtirishda,
yonbosh kurtaklarning o’sishini to’xtatishda, boshoqdosh o’simliklar
kolsoptilining uzayishi va egilishi jarayonida, mevalarni to’kilib
ketishdan saqlashda va shunga o’xshash boshqa xilma-xil jarayonlarda
ishtirok etadi.Auksinlarning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’siri nuklein
kislotalar, oqsillar va fermentlar, murakkab uglevodlar hosil bo’lishi
bilan bog’liq. Ammo bunday bog’lanish xarakteri va sintezlanayotgan
fermentlarning tabiati aniqlangan emas.
Auksinlar fermentlar faolligining boshqarilishida ishtirok etishi
mumkin, deb taxmin qilinadi. Auksinlarning fermentlar faolligiga
ko’rsatadigan ta’siri bevosita ularning uchlamchi va to’rtlamchi
strukturasini o’zgartirish tufayli, yo bo’lmasa, hujayralardagi
lipoproteid birikmalarga hamda poliferment sistemalarga ta’sir etish
yo’li bilan amalga oshiriladi. O’simliklar tarkibida auksinlar erkin va
bog’langan holda uchraydi. Lekin faqat erkin holdagi auksinlar
ularning o’sishiga ta’sir etadi. O’simliklar tarkibidagi erkin
geteroauksin peroksidaza, fenoloksidaza yoki auksinoksidaza fermenti
tahsirida oksidlanish yo’li bilan parchalanadi. Auksinoksidaza yoki
IAK-oksidaza fermentini
D.Bonner
no’xat o’simligidan ajratib olgan
.
Geteroauksin ferment ta’sirida oksidlanadi va indolil-karbonat,
indolilaldegid, metilenoksiindol, oksiaminatsetat kabi birikmalar hosil
bo’ladi. Ikkinchi tur gerbisidlar toksikantlar o’simlikni zaharlab, uning
hayotiy faoliyatni to’xtatishga mo’ljallanadi.
Geteroaуksin,
naftilsirka kislota va boshqa o’stiruvchi moddalar nospetsifik
ta’sir ko’rdatish xususiyatiga ega, ya’ni ular past konsentrasiyada 10
-
12
- 10
-4
M da o’stiruvchi sifatida, yuqori konsentrasiyada 10
-1
- 10
-2
M da o’sishni to’xtatuvchi sifatida namoyon bo’ladi.
|