31
usullaridan biridir. Boshqa atsillashh reaksiyalari ham oqsil sintezi
jarayonida aminoguruhlarni himoya qilish uchun muhim ahamiyatga
egadirlar. Peptid bog’i - mustahkam bog’ bo’lganligi uchun uni hosil
bo’lishi uchun energiya sarflash kerak. Ikki aminokislotani suvli
eritmalarini xona haroratida aralashtirish natijasida faqat tuz hosil
bo’ladi. Energetik nuqtai naziridan peptid bog’i hosil bo’lishi zarur
energiya karboksil guruhni faollab amalga oshiriladi. Bu quyidagida
o’z aksini topadi. Peptid bog’ini gidrolizini erkin energiyasi
-
12 kJ/mol (-3 dan 4 kkal/molgacha). Atsilxlorid uchun esa
= -
29.3 kJ/mol (-7kkal/mol). Shunday qilib, aminokislotani karboksil
guruhini atsilxloridga aylantirib (
yordamida), so’ngra
ikkinchi aminokislotani aminoguruhi bilan reaksiyani amalga oshirish
lozim. Bu peptid sintezining eng sodda ko’rinishidir. Biologik
sistemada peptid sintezini qanday amalga oshishi katta qiziqish
uyg’otadi. Kimyoviy usul bilan ham, organizmda ham peptid bog’i
hosil bo’lishi uchun bir xil energiya kerak bo’ladi. Biologik nuqtai
nazaridan angidrid yuqori energiyali tuzilma, ya’ni, potensial
energiyani saqlash manbai. Istalgan angidrid
29.3 kJ/mol,(7
kkal/mol) energiyaga ega bo’ladi. Misol tariqasida sirka angidrid,
atsetilfosfat, atsetilimidazollarni keltirish mumkin.
ham o’z
tarkibida trifosfat yon zanjirida angidrid tuzilmaga ega bo’lib,
biologik sistemalarda karboksil guruhni aktivlash uchun energiya
beradi.
Dostları ilə paylaş: