32
8. Oqsillar izoelektrik nuqtada qanday xossaga egadirlar?
9. Aminokislotalarni alkillash reaksiyalari qanday amalga oshiriladi?
10.Nima sababdan atsil va angidrid hosilalar aminokislotalarni
faollashda qo’llanadilar?
2.2.Oqsillarni kimyoviy tuzilishini tasavvuri
Reja:
1.Oqsilni xomashyodan ajratib olish.
2.Oqsilning elementlar tarkibi.
3.Oqsilni birlamchi, 2- chi,3-chi, 4-chi strukturasi.
Tayanch iboralar:
oqsil, peptid, protein, protein nazariyasi,
biuret
guruhi, fermentativ faollik, oqsil-ferment, gormon oqsil,
toksin-oqsil,
antibiotik-oqsil, transport oqsil, tuzilma oqsil, zahira oqsil, boshqaruv
oqsil, almashinmaydigan aminokislotalar, elementar tarkib, azot
bombasi, gel-xromatografiya.
Muammoli vaziyat:
Qu
yida berilgan chizma asosida oqsillarni
eng muhim biologik vazifalarini tasvirlang. Shu bilan bir
qatorda shu biologik vazifani bajaradigan oqsillarni ham yozib
chiqing. Xuddi shu vazifani peptidlar uchun ham bajaring.
Oqsillar
Oqsillar
o’simliklar,
hayvon
to’qimasidan,
mikroorganizmlardan maxsus usullar orqali ajratib olinadi. Buning
uchun dastlab biologik material maydalanib gomogen holatga
keltiriladi.
Ko’pchilik
holatlarda
gomogenizatorda,
maxsus
33
tegirmonlarda maydalandi. So’ngra
ultratovush, vaqti-vaqti bilan
muzlatish va eritish,”azot bombasi” kabi usullardan foydalaniladi.
Masalan,
mikroorganizmlardan oqsil ajratib olishda hujayra
suspenziyasiga yuqori
bosim ostida azot berilib, tezda bosim
pasaytiriladi. Bunda hujayra oson parchalanib, oqsil eritmaga o’tadi.
Agar mahsulot juda ko’p marta muzlatib - eritiladigan bo’lsa, muz
kristallari hujayra devorini parchalaydi. Odatda oqsillar tabiatiga ko’ra
tuzlar va har xil organik moddalarning eritmalari yordamida ajratib
olinadilar. Oqsillarni
eruvchanligi eritma
iga bog’liq. Keyingi
vaqtda ularni ajratish uchun bufer eritmalardan ham foydalanilmoqda.
Oqsillarni ekstraktsiyalab olgandan so’ng fraksiyalab bir-biridan
ajratiladi. Tuzlar yordamida cho’ktirish ularni fraksiyalashda eng oson
usul hisoblanadi. Turli konsentratsiyali eritmalar hosil qilib oqsillarni
bir-biridan ajratish mumkin. Ayrim oqsillarni cho’ktirishda og’ir
metallar (
) tuzidan foydalaniladi.
Oqsillarni
organik erituvchilar yordamida fraksiyalash usuli ham ularning
eruvchanligiga
asoslanadi.
Hozir
oqsillarni
fraksiyalashda
ultratsentrifugalash, elektroforez xromatografiya va immunobiologik
fraksiyalash usullari keng qo’llanilmoqda. Yuqoridagi usullar bilan
ajratib olingan oqsillar tarkibida doimo qo’shimcha moddalar bo’ladi.
Ular tarkibida tuz ionlar ko’p uchraydi.
Oqsillarni ulardan tozalash
uchun dializ, elektrodializ, kristallantirish, qayta kristallantirish va
gelfiltrlash kabi usullardan foydalaniladi.
Oqsillar yuqori molekulyar polimer molekulalar bo’lib, o’ziga
xos elementar tarkibga egadirlar.
Ularni tarkibi asosan uglerod,
kislorod va azotdan iborat. Shuningdek, ko’pchilik oqsillar tarkibida
oltingugurt
uchraydi.
Oqsillarni
asosiy
elementar
tarkibi
quyidagicha
Dostları ilə paylaş: