44
Bir necha subbirliklar(protomerlar) dan iborat oqsillar oligomerlar
deyiladi. Ko’pchilik oqsil molekulalari bir necha polipeptid
zanjirlaridan iborat bo’ladi. Ular o’zaro nokovalent (vodorod,
tuzsimon yoki gidrofob) bog’langan bo’ladi. Demak, bunday
oqsilning har bir molekulasi bir necha subbirlikdan iborat bo’ladi.
Ular o’zaro bog’lanib oqsilning to’rtlamchi tuzilishini tashkil qiladi.
Misol sifatida gemoglobin molekulasi keltirilishi mumkin. Uning
tarkibida to’rtta polipeptid zanjiri mavjud bo’lib, har biri temir atomi
bilan bog’langan. Uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlar odatda
globullyar oqsillarga tegishlidir. Fibrillyar oqsillarda fazoviy tuzilish
darajalari o’rtasidagi chegara ma’lum darajada shartlidir. Polipeptid
5-rasm. Oksigemoglobinning to’rtlamchi tuzilishi.
zanjirining doimiy tuzilishi nativ shaklda aniqlash mumkin bo’lgan,
standart yoki kanonik konformasiyalarni hosil bo’lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: