45
3. Protein nazariyasini kim taklif etgan?
4. Protein nazariyasini asosiy holatlarini tushuntirib bering?
5. Protein nazariyasi nima sababdan inkor etildi?
6. Oqsillar organizmda qanday vazifalarni bajaradilar?
7. Peptidlar organizmda qanday fazifalarni bajaradilar?
8. Oqsillar qanday elementar tarkibga ega?
9. Azot miqdori orqali oqsil massasi qanday aniqlanadi?
10. Oqsillar qanday usullar bilan ajratib olanadilar?
2.3.Oqsilni asosiy funksiyalari. Fermentlar.
Reja:
1.Oqsilni tirik organizmda bajaradigan asosiy vazifalari.
2. Fermentlar umumiy tavsifi.
3.Fermentlarlarning asosiy turlari.
4.Fermentativ kataliz kinetikasi.
Tayanch iboralar
:
ferment, enzim, ureaza, tripsin, ximotripsin,
pepsin, koferment, kofaktor, oksidoreduktaza, transferaza, gidrolaza,
liaza, izomeraza, ligaza,
kislotali fosfataza, izoferment, fermentativ
kinetika ferment-substrat kompleksi, Mixaelis tenglamasi, katal,
ferment
ingibitori va aktivatori, raqobat va raqobatsiz, allosterik
oqsillar, faol markaz, bog’lovchi va katalitik qismlar.
Muammoli vaziyat:
a) Fermentlarni tasniflashda ajratilgan 6
ferment sinflarini har birini bajaradigan vazifasini tushuntirib
o’ting.
b) Fermentlarni ta’sir etish mexanizmini tushuntirish uchun
qo’llaniladigan “kalit-qulf” tamoyilini adabiyotlardan foydalangan
holda tushuntirib bering.
Oqsil - peptid moddalar organizmda turli-tuman biologik
vazifalarni bajaradilar.
Oqsil-fermentlar
ni eng muhim vazifasi-
biokimyoviy reaksiyalarni katalizlashdir. Biologik katalizatorlar
sifatida fermentlar tirik hujayrada amalga oshadigan va metabolizmni
asosini tashkil etuvchi minglab reaksiyalarda ishtirok etadilar.
46
Oqsillarning fermentativ faolligi kimyoviy reaksiyalarni tezligi orqali
biologik jarayonlarni qa’tiy, ma’lum izchillikda borishini va
boshqarilishini ta’minlaydi.
Oqsil-fermentlarga
va
polimeraza,
azalar,
adenilatsiklaza,
ribonukleaza
hamda
tripsinlarni misol keltirsa bo’ladi.Tirik organizmlar, xususan, odam va
sut emizuvchi hayvon organizmida moddalar almashinuvining
boshqarilishida
gormonlar
muhim vazifani bajaradilar. Oqsil
gormonlarga insulin, o’sish gormoni, lipotropin, prolaktin,
gonadotropin, tireotropin kiradi. Ma’lum
gormonlarning asosiy qismi
peptidlar
hisoblanadi.
Bularga
oksitotsin,
vazopressin,
adrenokortikotrop
gormoni,
glyukagon,
gastrin,
sekretin,
xoletsistokinin, bradikinin, angiotenzin, glutation va oftalm kislotalar
kiradi. Gipotalamusning rilizing omillari (liberinlar) ham
gormonlarga yaqindir. Miya peptidlari - enkefalin, endorfin, xotira va
uyqu peptid-lari ham katta ahamiyatga egadirlar. Oqsil-peptid
moddalar ichida
antibiotik
vazifani bajaradiganlari ko’pchilikni tashkil
etadi.
Bular qatoriga kolitsin, aktinoksantin, neokarsinoksantinlar
kiradi.
Antibiotik-peptidlar
katta guruhni tashkil etadilar: gramisidin
tirosidin, batsitrasin,
polimiksin, valinomisin, aktinomisin
, nizin, exinomisin, penisillin, blastolizin.
Zaharliligi eng yuqori
bo’lgan
toksinlar
ham mikrob oqsillaridir.Ta’sir etuvchi miqdori
bo’yicha
botulinizm,
tayoqcha,
difteriya
toksinlari
va
enterotoksinlarga teng keladigan yo’q. O’simlik toksinlari ritsin va
abrin ham yaxshi o’rganilgandir.Peptid toksinlarga falloidin, amanitin,
malforminlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: