46
Oqsillarning fermentativ faolligi kimyoviy reaksiyalarni tezligi orqali
biologik jarayonlarni qa’tiy, ma’lum izchillikda borishini va
boshqarilishini ta’minlaydi. Oqsil-fermentlarga
va
polimeraza,
azalar,
adenilatsiklaza,
ribonukleaza
hamda
tripsinlarni misol keltirsa bo’ladi.Tirik organizmlar, xususan, odam va
sut emizuvchi hayvon organizmida moddalar almashinuvining
boshqarilishida
gormonlar
muhim vazifani bajaradilar. Oqsil
gormonlarga insulin, o’sish gormoni, lipotropin, prolaktin,
gonadotropin, tireotropin kiradi. Ma’lum gormonlarning asosiy qismi
peptidlar
hisoblanadi.
Bularga
oksitotsin,
vazopressin,
adrenokortikotrop
gormoni,
glyukagon,
gastrin,
sekretin,
xoletsistokinin, bradikinin, angiotenzin, glutation va oftalm kislotalar
kiradi. Gipotalamusning rilizing omillari (liberinlar) ham
gormonlarga yaqindir. Miya peptidlari - enkefalin, endorfin, xotira va
uyqu peptid-lari ham katta ahamiyatga egadirlar. Oqsil-peptid
moddalar ichida
antibiotik
vazifani bajaradiganlari ko’pchilikni tashkil
etadi. Bular qatoriga kolitsin, aktinoksantin, neokarsinoksantinlar
kiradi.
Antibiotik-peptidlar
katta guruhni tashkil etadilar: gramisidin
tirosidin, batsitrasin, polimiksin, valinomisin, aktinomisin
, nizin, exinomisin, penisillin, blastolizin. Zaharliligi eng yuqori
bo’lgan
toksinlar
ham mikrob oqsillaridir.Ta’sir etuvchi miqdori
bo’yicha
botulinizm,
tayoqcha,
difteriya
toksinlari
va
enterotoksinlarga teng keladigan yo’q. O’simlik toksinlari ritsin va
abrin ham yaxshi o’rganilgandir.Peptid toksinlarga falloidin, amanitin,
malforminlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: