A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
bioorganik kimyo

(%)

Uglerod 50-55 
Kislorod 21-24 
Vodorod 6.5-7.3 
Azot 15-18 
Oltingugurt 0-2.5 


34 
Kul 0-0.5 
 
Oqsillarning elementar tarkibida eng muhimi azotni miqdoridir. 
Ko’pchilik oqsillarda uning o’rtacha miqdori 16% ni tashkil etadi. 
Shunga muvofiq, oqsil tarkibidagi azot miqdori asosida ozuqadagi 
oqsil miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun mahsulot tarkibidagi 
azot miqdorini 
hisoblash omili 6.25 
ga ko’paytirish lozim. Hisoblash 
omili esa 
asosida topilgan bo’lib, o’zgarmas qiymatga ega. 
Ayrim oqsillar tarkibida fosfor, yod, rux, marganets va boshqa 
elementlar uchraydi.
Oqsillar yoki proteinlar biologik faol birikmalarning eng muhim 
sinfi bo’lib, tirik jonzodning turli shakllari hujayrasida asosiy 
ahamiyatga ega birikmalardir. Oqsillarsiz hayotni, hayot faoliyatini 
tassavur etib bo’lmaydi. Tirik tabiatdagi oqsillarni umumiy sonini 
aniqlash murakkab vazifadir. Ammo organizmlarni turli-tumanliligini 
hisobga olgan holda, milliardlab oqsillar borligini tan olmoq kerak. 
Birgina 
Escherichia coli
hujayrasida 3000 dan ortiq turli oqsillar 
bor.Oqsillarni molekulyar massasi 5-10 mingdan milliongacha boradi. 
Molekulyar massasi 5000 gacha bo’lgan polipeptidlar peptidlar 
deyiladi. Undan yuqorisi esa oqsil molekulalari deb yuritiladi. 
Peptidlarga ko’plab tabiiy birikmalar, ularning sintetik analoglari 
hamda oqsillarni parchalanish mahsulotlari kiradi. Oqsillar o’z
nomini qadimdan inson tomonidan ozuqa sifatida foydalanilgan 
tuxum oqsilidan olganlar. 
G.Pliniy
ni yozishicha Qadimgi Rimda 
tuxum oqsili davolash vositasi sifatida qo’llanilgan. Ammo oqsil 
moddalari haqiqiy tarixi oqsillarni kimyoviy birikmalar kabi xossalari 
(qizdirilganda 
denaturlanishi, 
kislota 
va 
ishqorlar 
ta’sirida 
parchalanishi) to’g’risida ma’lum otlar paydo bo’lishi bilan 
boshlanadi. Hayvonot oqsillari sifatida birinchi bo’lib, qon oqsillari 
tavsiflab o’tilgan. O’simlik oqsili 
Ya.Bekkari
tomonidan bug’doy 
unidan olingan suvda erimaydigan kleykovina edi. Oqsillar 
(albumineise) 
termini birinchi marta farang fiziologi 
F.Kene 
tomonidan 1747 yilda taklif etilgan. Shu davrdan boshlab oqsillar 
olinishiga oid tadqiqotlar uzluksiz amalga oshira boshlangan.1759 


35 
yilda 
A.Kessel-Mayer
, so’ngra 
I.Ruel
turli o’simliklardan kleykovina 
olib, uni xossalarini tavsiflab o’tdilar. 1762 yilda 
A.Xaller 
kazeinni 
hosil bo’lishini tekshirdi. Farang kimyogari 
A.Furkrua
oqsillarni 
individual modda sifatida ko’rib, o’simlik va hayvonot manbalaridan 
olingan oqsillarni tabiati bir ekanligini amalda ko’rsatib berdi. Qonni 
uch asosiy tarkibiy qismini u albumin, jelatin va fibrin deb atadi. 1780 
yilda 
F.Vasserberg
 
ko’z gavharini oqsil tabiatli moddalar qatoriga 
kiritdi. 
- asr boshlarida oqsillarni kimyoviy xossalarini 
o’rganishga oid dastlabki izlanishlar amalga oshirildi.1803 yilda 
J.Dalton
tarkibida azot atomiga ega albumin va jelatinni dastlabki 
formulalarini yozdi.1810 yilda 
J.Gay-Lussak
qon fibrini va kazeinni 
kimyoviy tekshirib, ularni elementar tarkibi o’xshashligini aniqladi. 
Oqsillarni kimyoviy tarkibini o’rganishda ularni gidrolizlab 
aminokislotalar olinishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1820 yilda
farang olimi 
A.Braconnot
jelatinani sulfat kislota bilan gidrolizlab 
glitsin hosil qildi. Birinchi aminokislota asparagin 1806 yilda 
L.Vauquelin
tomonidan 
Asraragus
dan olingan eritmadan ajratib 
olindi. Shu vaqtni o’zida 
J.Prust
pishloqni parchalab leysin 
aminokislotasini ajratib oldi. 
Oqsillarni tuzilishiga oid birinchi nazariya golland kimyogari
 
G.Mulder
ga tegishlidir. U radikallar nazariyasiga asoslanib, 1836 
yilda barcha oqsillar tarkibiga kiruvchi eng kichik tuzilma birligi 
protein 
tushunchasini kiritib, 
protein nazariyasini 
taklif etdi. Protein 
birligi (
dastlab, 
tarkibga ega edi. Keyinchalik 
tekshirishlar natijasida protein tarkibi
ga tengligini 
aniqlandi. Ba’zi oqsillar oltingugurt va fosforga ega ekanligi ko’rsatib 
o’tildi. 1838 yilda 
G.Mulder
tomonidan taklif etilgan oqsillar 
formulasi quyidagi ko’rinishga ega edi: 
Qon zardobi oqsili -
 
Tuxum oqsili - 
Fibrin - 
 
Kazein - 
 
O’simlik kleykovinasi - 
 
Kristallin - 


36 
“Protein nazariyasi”
ni tekshirishda o’sha zamonning buyuk 
kimyogarlari 
J.Dumas
va 
U.Liebig
lar ishtirok etishdi. 
U.Liebig
protein 
nazariyasini qo’llab-qo’vvatlab protein formulasini aniqlashtirdi:
.
 J.Dumas
esa o’z variantini taklif etdi: 

Ammo 
G.Mulder
o’zi tuzgan formulani to’g’riligini himoya qildi. Uni 
Y.Berselius
qo’llab-quvvatladi va o’zining kimyo darsligida (1840) 
protein nazariyasini oqsillar tuzilishining yagona nazariyasi sifatida 
keltirdi. Lekin 
U.Liebig
ni laboratoriyasi xodimi 
N.E.Lyaskovskiy
G.Mulder
tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar noto’g’ri 
ekanligini aniqladi va protein nazarisini noto’g’riligini asoslab berdi. 
Lekin shunga qaramay bu nazariya oqsillarni kimyoviy o’rganishni 
jadallashtirdi. Oqsillar tuzilishi haqidagi tassavurlarni tarkib topishida 
oqsil moddalarni proteolitik fermentlar bilan parchalash izlanishlari 
katta ahamiyatga ega bo’ldi. Buni birinchilar qatorida 
G.Meysner 
amalga oshirdi. 1850 yilda 
K.Leman
oqsillarni pepsin bilan 
parchalanish mahsulotlarini peptonlar deb atashni taklif etdi. Bu 
jarayonni o’rganib, XIX-asrni 70-yillarida 
E.Hooppe-Seyler
va 
Sh.Vyurs
peptonlar oqsillarni fermentlar bilan gidrolizi natijasida hosil 
bo’ladi 
degan 
xulosaga 
keldilar. 
A.Danilevskiy
oqsillar 
aminokislotalardan tuzilgan va polimer tabiatga ega deb, asosiy
tuzilma birlik sifatida esa noto’g’ri ravishda biuret guruhini 
(
) taklif etdi.
T.Curtius
peptidlarni dastlabki sintezini 
1892 yilda amalga oshirdi. Oqsillar bir-biri bilan peptid bog’lari 
(
orqali bog’langan aminokislotalardan iborat degan 
peptid nazariya 
E.Fishcer
va 
V.Gofmeyster
tomonidan taklif etilib, 
keyinchalik to’liq tasdiqlandi. 
Oqsillarni tuzilishi to’g’risida so’z yuritilganda, albatta ularni
tuzilishining to’rt pog’onasi haqida fikr yuritiladi. Oqsillarning 
birlamchi, 
ikkilamchi 
va 
uchlamchi 
tuzilishi to’g’risidagi 
tushunchalarni 1952 yilda 
K.Linderstrom Lang
va 
L.Рauling
tomonidan 
fanga 
kiritilgandir. 
Birlamchi 
tuzilish 
polipeptid 
zanjirining aminokislotalar ketma-ketligi bilan belgilanadi. Birlamchi 
tuzilish oqsilni fazoviy tuzilishini belgilaydi. Birlamchi tuzilish 


37 
aminokislotalat orasida peptid bog’i hosil bo’lishi natijasida 
shakllanadi.
Oqsillar fazoviy tuzilishi bo’yicha globulyar va fibrillyar 
oqsillarga bo’linadilar. 
Globulyar oqsillar
-bir yoki bir necha 
polipeptid zanjirdan iborat bo’lib, ular o’zaro kovalent yoki 
nokovalent bog’lar hisobiga 
globula
deb ataluvchi yumaloq shaklga 
ega bo’lgan ixcham zarrachani hosil qiladilar. Ular odatda suvda 
yaxshi eriydilar. Fermentlar, antitelalar, ko’pchilik gormonlar, hamda 
transport oqsillar, mioglobin, gemoglobin(kislorod tashuvchilar), qon 
zardobi albumini(yog’ kislotalar tashuvchisi) - bularni barchasi
globulyar oqsillardir. 
Fibrillyar oqsillar
- chiziqli yoki spirallangan 
polipeptid zanjirdan iborat bo’lib, ular parallel joylashib nokovalent, 
ba’zida kovalent bog’lar hisobiga mavjud bo’ladilar. Polipeptid 
zanjirlar tola-
fibrillalarga
birlashgandir. Fibrillyar oqsillar suvda 
erimaydi. Soch, tirnoq, pat(keratinlar), paylar(elastin), ipak, 
o’rgimchak to’ri(fibrin)- fibrillyar oqsillarga misol bo’la oladi. 
Globullyar va fibrillyar oqsillar nafaqat tuzilishi, balki xossalari 
(eruvchanlik va boshqalar) bilan ham farq qiladilar. Oqsillarning 
fazoviy tuzilishi denaturlangan oqsilniki kabi tartibsiz va nativ 
oqsildagi kabi tartibli bo’lishi mumkin. So’nggi holatda quyidagi 
tuzilish darajalarini ko’rish mumkin: 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin