33
tegirmonlarda maydalandi. So’ngra ultratovush, vaqti-vaqti bilan
muzlatish va eritish,”azot bombasi” kabi usullardan foydalaniladi.
Masalan,
mikroorganizmlardan oqsil ajratib olishda hujayra
suspenziyasiga yuqori bosim ostida azot berilib, tezda bosim
pasaytiriladi. Bunda hujayra oson parchalanib, oqsil eritmaga o’tadi.
Agar mahsulot juda ko’p marta muzlatib - eritiladigan bo’lsa, muz
kristallari hujayra devorini parchalaydi. Odatda oqsillar tabiatiga ko’ra
tuzlar va har xil organik moddalarning eritmalari yordamida ajratib
olinadilar. Oqsillarni eruvchanligi eritma
iga bog’liq. Keyingi
vaqtda ularni ajratish uchun bufer eritmalardan ham foydalanilmoqda.
Oqsillarni ekstraktsiyalab olgandan so’ng fraksiyalab bir-biridan
ajratiladi. Tuzlar yordamida cho’ktirish ularni fraksiyalashda eng oson
usul hisoblanadi. Turli konsentratsiyali eritmalar hosil qilib oqsillarni
bir-biridan ajratish mumkin. Ayrim oqsillarni cho’ktirishda og’ir
metallar (
) tuzidan foydalaniladi. Oqsillarni
organik erituvchilar yordamida fraksiyalash usuli ham ularning
eruvchanligiga
asoslanadi.
Hozir
oqsillarni
fraksiyalashda
ultratsentrifugalash, elektroforez xromatografiya va immunobiologik
fraksiyalash usullari keng qo’llanilmoqda. Yuqoridagi usullar bilan
ajratib olingan oqsillar tarkibida doimo qo’shimcha moddalar bo’ladi.
Ular tarkibida tuz ionlar ko’p uchraydi. Oqsillarni ulardan tozalash
uchun dializ, elektrodializ, kristallantirish, qayta kristallantirish va
gelfiltrlash kabi usullardan foydalaniladi.
Oqsillar yuqori molekulyar polimer molekulalar bo’lib, o’ziga
xos elementar tarkibga egadirlar. Ularni tarkibi asosan uglerod,
kislorod va azotdan iborat. Shuningdek, ko’pchilik oqsillar tarkibida
oltingugurt
uchraydi.
Oqsillarni
asosiy
elementar
tarkibi
quyidagicha
Dostları ilə paylaş: