Ю -В О В . IN V E S T IT S IY A L A R H IS O B I
10.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini
tashkil etish
“2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo ‘nalishi bo ‘yicha Harakatlar strategiyasi”da
kapitalni
jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin
mablagMarini joylashtirishning muqobil manbai
sifatida moliya bozorini
rivojlantirishga qaratilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini
o ‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini
ishlab chiqish belgilangan49.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
- mustahkam
moliyaviy
institutlarga
qimmatli
qog‘ozlar
(obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo'yicha
vakolatli
organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi
rolini kuchaytirish, y a’ni mazkur organni
nazorat organi sifatida emas,
balki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida faoliyat samaradorligini
oshirish;
- qimmatli qog‘ozlami dastlabki va qo‘shimcha
emissiya qilishni
davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibini soddalashtirish;
- sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlaming yangi shakllarini
joriy qilish, sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlaming hajmini
kengaytirish;
- alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond
birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO),
ulaming
xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta ’minlash.
49 0 ‘z b e k isto n R e s p u b lik a s i P r e z id e n tin in g 2 0 1 7 y il 7 fe v ra ld a g i P F -4 9 4 7 -so n li F a rm o n ig a 8 -ilo v a.
285
X o‘jalik subyektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o ‘rtasida
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta ’minlash borasida
qaror qabul qilish investitsiyalami boshqarishdagi asosiy vazifa
hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy investitsiyalar
resurlari oqimini
boshqarish investitsiya faoliyatini boshqarishdagi markaziy masala
hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida subyektni uchta
izchil bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig‘ish va to‘plash;
uni tahlil qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.
Investitsiya inglizcha “investment” so ‘zidan olingan bo‘lib,
sarmoya
qo‘yish
degan
m a’noni
anglatadi.
0 ‘zbekiston
Respublikasining “Investitsiya faoliyati to ‘g ‘risida”gi50 Qonunining 3-
moddasiga binoan,
Dostları ilə paylaş: