buyurtmalari bo ‘yicha belgilangan moddalari doirasida hisobga olinadi.
Boshqa ishlab chiqarish ustama xarajatlari ular pay do bo‘lgan joyda
hisobga olinadi va taqsimlash stavkasining belgilangan bazasiga
muvofiq alohida buyurtmalar tannarxiga kiritiladi.
Ushbu kalkulyatsiyalash usulida xarajatlami hisobga olish obyekti
va kalkulyatsiyalash obyekti bo‘lib alohida ishlab chiqarish buyurtmasi
hisoblanadi. Bunda, buyurtma deganda mijozning unga muayyan
miqdordagi buyumlami maxsus yaratish yoki tayyorlash uchun
murojaatnomasi tushuniladi. Odatda, buyurtmaning turi buyurtmachi
(xaridor) bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi. M azkur shartnomada
mahsulotning buyurtmachi tomonidan to‘lanadigan qiymati, hisob-
kitoblami amalga oshirish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni topshirish
tartibi, buyurtmani bajarish muddati, sotishdan keyingi kafolatli xizmat
ko‘rsatish muddati va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtma
tugaguncha tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda, tannarxni kalkulyatsiyalashning buyurtma usulida ishlab
chiqarishda foydalanilgan materiallarga, ishlab chiqarish ishchilari
uchun mehnat haqiga xarajatlar va ular bo ‘yicha ijtimoiy ajratmalar,
shuningdek, ishlab chiqarish (umumzavod) ustama xarajatlari har bir
yakka tartibdagi buyurtmaga yoki mahsulotning ishlab chiqarish
Dostları ilə paylaş: