37
1.3-rasmda Olmaliq mis eritish zavodida ishlayotgan kislorodli- mash’alli
eritish pechining yon tomondan ko‘rinishi tasvirlangan. O‘tga chidamli,
olovbardosh g‘ishtlar bilan qadalgan, devorlari oralig‘ida suvli quvurlar, ya’ni
kessonlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular pech devorlarining chidamliligini saqlaydi.
O‘rtacha 0,5 % gacha quritilgan kukunsimon xomashyo texnologik kislorod
yordamida pechga purkaladi.
Bu har ikkala eritish agregatiga tasnif hamda izoh berishdan oldin, MDH
mamlakatlarida va boshqa mis ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turgan
davlatlarda eng zamonaviy, yuqori ko‘rsatkichlar bilan ishlayotgan va butun
dunyoda o‘zining texnik-iqtisodiy afzalliklari bilan ajralib turadigan eritish
dastgohlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: