40
havo bilan purkash natijasida eng yuqori qavatlardan biriga joylashgan eritish
pechida boradi. Shixta qorishmasi 1% gacha yaxshilab quritilgach, tarkibida mis
boyitmasi, kvars, ohaktosh, konverter toshqoli bo‘lgan birikma pechga yuklab
turiladi. Shixta qorishmasining to‘xtovsiz yuklatilishi natijasida uzluksiz
eritmaning 65% misli shteyn hamda 30–35% kremniyli toshqol aralashmasi
birgalikda pastki qavatda joylashgan pechga yopiq nov orqali quyilib turadi.
Solishtirma unumdorlik eritish pechida sutkasiga 10 t/m
2
ni tashkil etsa-da, lekin
bu ko‘rsatkichni texnologik havoning tarkibidagi kislorodni ko‘paytirish yo‘li bilan
ikki barobarga orttirish mumkin.
Keyingi agregat 25 kv. metr maydonni tashkil etgan elektr pech uchta elektrod
bilan ta’minlangan bo‘lib, suyuq toshqol vannasining chuqurligi 600 mm ni tashkil
etadi. Toshqol tarkibidagi misni kambag‘allashtirish uchun ba’zan koks qo‘shib
turiladi. Bu yerdan olingan shteyn to‘g‘ri suyuq holida
yana yopiq nov orqali
pastki qavatda joylashgan konverter pechiga quyiladi.
41
Ikkinchi mahsulot esa tarkibida Cu – 0,5% bo‘lgan va SiO
2
– 30–35%dan iborat
bo‘lgan toshqol alohida uskuna
yordamida qumoqlashtirilib, so‘ng
maxsus
tashlanma joyga chiqarib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: