A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


Asosiy erish mahsulotlarining ajralish jarayonlari



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Asosiy erish mahsulotlarining ajralish jarayonlari 
Qisman erigan birikmalar qiyalikdan vannaga tushishi bilan asosiy erish
mahsulotlarning fizik-kimyoviy aylanishi natijasida shteyn va toshqol hosil bo‘la 
boshlaydi.
Konverter toshqoli suyuq holda 1100–1250
0
C harorat ostida to‘g‘ri pech 
vannasiga quyiladi, undan 2–5 % bo‘lgan mis va kerakli metallar, asosan, shteynga 
o‘tadi.
Ashyolarning vannada qizib, so‘ngra erishi eritmaning barcha nuqtalarida 
haroratning bir xil bo‘lishi, toshqolning hosil bo‘lishi, ekzotermik reaksiyalarning 
borishi erish texnologiyasining yakuniy bosqichidir. Ushbu jarayonning qulay 
me’yorda borishida issiqlik, asosan, quyidagicha sarf bo‘ladi: 
Q
1
– qiyalikdan tushayotgan ashyoning qizishi uchun 15–20%; 
Q
2
– erish jarayonining tugatilishi va qayta yuklangan toshqolning paydo 
bo‘lishi uchun 40–45%; 
Q
3
– Q
4
– konverter toshqolini qayta eritish va endotermik reaksiya uchun 
(masalan, magnetitni qaytarish uchun) 35–40%; 
Q
5
– issiqlikning devorlari va ostki qismi – tubi orqali yo‘qolishi – 1%; 
Q
6
– erigan toshqolning kremnezemini o‘zlashtirish uchun ekzotermik 
reaksiyalarning borishi ham qisman issiqlik sarf qiladi. 
Pech ichida eritma harorati deyarli bir xil bo‘ladi. Shteyn zarralari yuqori 
haroratda butun vanna bo‘ylab, shteyn zarralariga qaraganda kamroq harakatda 
bo‘lgan toshqol eritmasi orqali suzib o‘tishi natijasida toshqol haroratini issiqlik 
o‘tkazuvchanligi tufayli o‘ziga qabul qilib oladi. Vannadagi issiqlik, massa 
almashinuv jarayonlari, endo va ekzotermik reaksiyalar tufayli rivojlanib, bu 


53 
issiqlik oqimi manbai bo‘lib xizmat qiladi va vannaning butun chuqurligi bo‘yicha 
bir xil ta’sir qiladi. Shuning uchun ham vannadagi harorat pechdagi barcha ja-
rayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, toshqol harorati o‘z o‘rnida eritmadagi 
shteyn va toshqolning tez hamda sifatli ajralishiga bog‘liq, ya’ni haroratning 
qanchalik yuqori bo‘lishi erigan toshqol qovushqoqligining kamayishiga, bu esa 
hosil bo‘lgan shteyn cho‘kish tezligining ortishiga olib keladi.
Vannadagi harorat maromi omillari, asosan, pechga yuklanayotgan 
xomashyo tarkibiga bog‘liq. Shuning uchun ham pechdagi barcha jarayonlarning 
to‘la-to‘kis bir me’yorda borishi uchun albatta nazariy o‘rganib, moddalar ratsional 
tarkibini, shteyn va toshqol miqdorini, so‘ng issiqlik (miqdori) tezligini hisoblab, 
ulushini keltirib chiqarish kerak bo‘ladi. Shixta aralashmasi tarkibining noto‘g‘ri 
qabul qilinishi issiqlik haroratining buzilishiga, yoqilg‘ining ko‘p sarflanishi, 
toshqol tarkibida metalning ortib ketishi yoki qisman toshqol miqdorining umumiy 
ortib ketishiga olib keladi. Bu esa metalning yo‘qolishiga, uning ashyodan 
shteynga ajralish foizining kamayishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin