136
konverter toshqolini qaytadan eritish uchun yallig‘ pechga yoki boshqa shteyn
uchun ishlaydigan eritish pechiga yuboriladi. Konverter jarayonining asosiy
mahsuloti mis-nikel faynshteyni bo‘lib, u o‘zi bilan tarkibida 1–3 % Fe bo‘lgan
mis-nikel qotishmasini tashkil qiladi va oq mis nikelli shteyn deb nomlanadi.
Purkash davrida kobalt qisman temir bilan birga toshqolga o‘tadi. Nodir
metallar to‘liq oq shteynda to‘planadi.
Mis-nikel shteynlardan erkin metallarni ajratib olishning bir necha usullari
mavjud. Asosiy metallar bilan birga nodir metallar, selen va tellur ham alohida
ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: