141
Nikel rudalardan tashqari kobalt olishda xomashyo sifatida mis-kobalt va
kobalt-margimush rudalari ishlatiladi. Bu rudalar flotatsiya orqali boyitilib, qayta
ishlanadi. Boyitmada 0,5–10% Co bo‘lib, u eritiladi yoki pechlarda sulfatli
kuydiriladi. Kuyindi esa suv bilan tanlab eritib, qayta ishlanadi.
Kobalt-margimush boyitmalari (10–20% Co) bevosita avtoklavda tanlab
eritiladi. Kobaltli eritmalar standart texnologiyalar bilan qayta ishlanadi.
O‘zbekistonda maxsus kobalt zaxiralari hali aniqlangani yo‘q. Respublika-
mizning bu metalga ehtiyoji juda ham katta. Shuning uchun bor imkoniyatlardan
foydalanib, kobalt konlarini izlab topish borasida ilmiy izlanishlar olib borish
kerak. Masalan, Olmaliq rux zavodining chiqindilarida oz miqdorda kobalt bor.
Ularni qayta ishlab, metalni erkin holatda ajratib olish olimlarimiz oldida turgan
muammolardan biridir.
Metalning jahon bozoridagi narxi– bir tonnasi o‘n minglab dollarni tashkil
etadi.
Dostları ilə paylaş: