1.17-rasm. Qo‘zg‘aluvchan anod eritish pechining umumiy ko‘rinishi.
Unda pechning yon ko‘rinishi, chiqayotgan oqova gaz mo‘risi, o‘ng
tomonda esa tabiiy gaz beruvchi yondirgich ko‘rsatilgan.
Olovli tozalashda quyidagi jarayonlar olib boriladi:
1). xomaki misni pechda eritish (agar pechga suyuq xomaki mis quyilsa, bu
tadbir o‘tkazilmaydi);
2). suyuq xomaki misni havo purkash orqali oksidlantirish. Bu jarayonning
maqsadi – qo‘shimcha metallarni oksidlantirib, toshqol fazasiga o‘tkazishdir.
Jarayon yakunida misning ustki qismidan toshqolni albatta chiqarib tashlash kerak.
Aks holda, qo‘shimcha metallar qaytadan mis tarkibiga o‘tishi mumkin;
115
3). vannasida erigan mis yarimoksidining tiklanish jarayoni;
4). misni anodlar holida qoliplarga quyish.
Suyuq mis eritmasi aro havo o‘tganda quyidagi asosiy reaksiya boradi:
2Cu + 0,5 O
2
= Cu
2
O + 16,74 kDj (1.78)
Hosil bo‘lgan Su
2
O suyuq mis eritmasida eriydi. Mis yarimoksidining erish
qobiliyati haroratga bog‘liq va quyidagi ko‘rsatkichlarda necha foiz erishi
ko‘rsatilgan:
1100
0
C - 0,5 %; 1150
0
C - 8,3 % va 1200
0
C - 12,4 % (1.79)
Haroratning bundan yuqori ko‘tarilishi erish ko‘rsatkichini deyarli
oshirmaydi. Amaliyotda oksidlanish jarayoni 1150–1200
0
C oralig‘ida olib boriladi.
Shuning uchun ham suyuq misning kislorod bilan to‘yintirilishi 8 % bilan cheklanadi,
xolos. Bu raqam suyuq vannada 0,9 % kislorod tarkibiga to‘g‘ri keladi. Agarda misni
qo‘shimcha oksidlantirsak, Su
2
O vanna sirtiga suzib chiqib, befoyda bo‘ladi va mis
bilan toshqolni boyitadi.
Xomaki mis tarkibida 99 % Su, 0,2 % S, 0,5 % Fe va bir qancha selen,
tellur, vismut, surma, margimush, nikel va boshqa metallar bo‘lsa, xomaki misga
xomashyodagi oltin va kumush deyarli to‘liq o‘tadi.
Mis yarim oksidi misda erib, qo‘shimcha moddalar bilan o‘zaro bog‘lanadi.
Masalan, mis yarim sulfidiga bog‘langan oltingugurt bilan quyidagi reaksiya orqali
o‘zaro ta’sir etadi:
2Cu
2
O + Cu
2
S = 6 Cu + SO
2
(1.80)
ΔG = 3560– 6,725 T (1.81)
Pechdagi harorat oralig‘ida bu reaksiya deyarli to‘liq chapdan o‘ng
tomonga qarab boradi.
116
Mis yarimoksidi boshqa metallarga nisbatan kislorodga moyilligi yuqori
bo‘lgani sababli o‘zining kislorodini boshqa metallarga berib, ularni oksidlantiradi.
Cu
2
O + Fe = 2Cu + FeO (1.82)
Cu
2
O + Ni = 2 Cu + NiO (1.83)
3Cu
2
O + 2Sb = 6Cu + Sb
2
O
3
(1.84)
Kimyoviy elementlardan Zn, Pb, Al, Si, Mn, Sn va Fe oson va to‘la toshqol
birikmasiga o‘tadi. Masalan, temirning nazariya bo‘yicha qoldiq miqdori (og‘irlik
bo‘yicha) 0,0011 % ni tashkil etadi. Amaliyotda temirning suyuq misdagi miqdori
0,0009 %. Suyuq mis eritmasiga diametri 25–30 mm bo‘lgan po‘lat quvurli furma
orqali 2–2,5∙10
5
Pa bosimda havo beriladi. Qo‘shimcha elementlarni toshqollash
uchun pechga flus, kvars qumi beriladi. Olovli tozalashda toshqolga qo‘shimcha
moddalar bilan mis ham bo‘lishi mumkin. Toshqoldagi misning miqdori 45 %
gacha o‘tadi. Bu toshqol aylanuvchi xomashyo hisoblanib, qaytadan konverterga
yuklanadi. Jarayonning umumiy davomiyligi qo‘shimcha moddalarning miqdoriga
bog‘liq va 1,5–3,0 soatni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha moddalarni ajratib chiqarish uchun havo purkalanib, mis
kislorod bilan to‘yinadi. Misning qaytarib tiklanishi quyidagi reaksiyalar orqali
o‘tishi mumkin:
Cu
2
O + C = 2Cu + CO (1.85)
Cu
2
O + H
2
= 2Cu + H
2
O (1.86)
Cu
2
O + CO = 2Cu + CO
2
(1.87)
4Cu
2
O + CH
4
= 8Cu + CO
2
+ 2H
2
O (1.88)
Hamma reaksiyalar oson va to‘liq o‘tadi. Masalan, vodorodli tiklanish
248
0
C da boshlanib, pechdagi haroratlarda juda ham tez o‘tadi. Bu reaksiyaning
muvozanat doimiyligi juda ko‘p adabiyotlarda batafsil yoritilgan.
1050
0
C da Kr ning qiymati 1∙10
-4,1
ga teng, boshqacha aytganda, bu juda
ham kichik raqam. Bundan xulosa shuki, vodorodning miqdori, suv bug‘larining
miqdoriga nisbatan 10000 marta kamroqdir va vodorod deyarli to‘liq reaksiyaga
kirishadi.
117
O‘zbekiston sharoitida tiklash, ya’ni qaytaruvchi sifatida tabiiy gazdan
foydalanish afzalroqdir. Jarayon davrida (1.88-reaksiya) ajralib chiqayotgan
vodorod ham tiklanish reaksiyasida qatnashadi. Faqat shuni esda tutish kerakki,
qaytaruvchi tabiiy gaz yuqori haroratda parchalanadi,
CN
4
= C + 2N
2
(1.89)
va uning o‘zlashtirish darajasi aytarli yuqori emas.
Jarayon mobaynida konversiyalangan gazdan foydalanish yuqoriroq
ko‘rsatkichlarga olib kelishi mumkin. Konversiyaning asosiy reaksiyasi:
CN
4
+ 0,5O
2
+ 1,88 N
2
= CO + 2N
2
+ 1,88 N
2
(1.90)
Konversiya 900–1000
0
C oralig‘ida o‘tkaziladi. Jarayon uchun kerak
bo‘lgan metanning qisman yonishi natijasida ushbu reaksiya boradi:
CN
4
+ 2O
2
= CO
2
+ 2N
2
O + 768 kDj (1.91)
Qaytarilish jarayonining davomiyligi misdagi kislorod miqdoriga bog‘liq
va 2,5–3 soat mobaynida boradi.
Olovli tozalash ayrim hollarda statsionar yallig‘ qaytaruvchi eritish
pechlarida ham o‘tkaziladi. Faqat bu yallig‘ qaytaruvchi eritish pechlarining
o‘lchamlari kichikroq bo‘lib, yoqilg‘i yondirish uchun forkamerali va yon
tomonlari tuynuklidir. Pech uzluksiz emas, vaqti-vaqti bilan davriy tartibda
ishlaydi. Odatda, bir sutkada bitta tozalash jarayoni o‘tkaziladi. Pechning ishlab
chiqarish unumdorligi uning eritish hajmiga bog‘liqdir va 50 – 400 t ni tashkil
qiladi. Odatda, zamonaviy pechlarning hajmi 100–250 t bo‘ladi. Yoqilg‘ining sarfi
(misning og‘irligiga nisbatan), %: mazut 7,9; ko‘mir 12,3 atrofida bo‘ladi.
Statsionar yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida issiqlik taqsimlanishi
quyidagicha:
118
- pech haroratini o‘z me’yorida ushlab turish uchun 41,9– 46,9 %;
- bug‘ olish uchun qozon-sovutkich agregatiga 36,6 – 40,2 %;
- turli yo‘qotish va boshqa yaroqsiz mahsulotlar uchun 21,5–14,4 %.
Tozalangan misning jarayon mahsulotlari bo‘yicha taqsimlanishi
quyidagicha:
yaroqli mis anodlar tarkibiga 97,0 % o‘tadi;
turli yaroqsiz mahsulotlarga 0,45 %;
skrapga 1,16 %;
toshqolga 1,14 %;
gaz va turli uchirmalarga 0,25 % mis o‘tishi mumkin.
Tozalangan misni 1.18-rasmda ko‘rsatilganidek, aylanuvchi gorizontal
mashinalardagi qoliplarga suyuq holda anodlar quyiladi.
Dostları ilə paylaş: |