133
Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash
Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlashning asosiy qiyinchiligi –
nikel
metalini temirdan ajratib olish, qaytarish jarayonini qo‘llab,
temirni toshqolga
o‘tkazishdir. Bunda faqat temirning bir qismi ajralib chiqadi,
asosiy hajmi esa
temir-nikel qotishmasiga o‘tadi, nikelni erkin holatda olish qiyindir.
Hozirgi paytda oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash texnologiyasi –
shteynga eritishdir. Bu jarayon temir va nikelning kislorod hamda oltingugurtga
turlicha moyilligi asos qilib olingan.
Nikel sulfidlanib, shteyn fazasiga o‘tkaziladi. Shteyn o‘zi
bilan ikkita sulfid
Ni
3
S
2
va FeS tashkil qiladi. Temirning asosiy qismi toshqol bilan ajratiladi:
3FeS+3NiO = 3FeO+Ni
3
S
2
+0,5S
2
(2.3)
2FeO+SiO
2
= 2FeO·SiO
2
(2.4)
Oksidlangan ruda tarkibida oltingugurt yo‘q, shuning uchun unga qo‘shimcha
kiritish kerak. Buning uchun shixtaga pirit yoki gips qo‘shiladi.
Qizdirilishda gips (CaSO
4
·2H
2
O) o‘zining konstruksion namligini yo‘qotadi va
keyin qaytaruvchi modda bilan reaksiyaga kiradi:
CaSO
4
+4C(CO) = CaS +4CO(CO
2
) (2.5)
Gips o‘z namligini yo‘qotish bilan bir paytda parchalanishi ham mumkin:
CaSO
4
= CaO + SO
3
(2.6)
Agarda gipsning o‘rniga pirit qo‘shilsa, birinchi davrda u ajraladi:
2FeS
2
= 2FeS + S
2
(2.7)
FeS, CaS bilan bir qatorda nikel sulfidlari reaksiyaga kiradi:
NiSiO
3
+CaS = NiS +CaSiO
3
(2.8)
NiSiO
3
+FeS = NiS +Fe SiO
3
(2.9)
134
CaS temirni hamsulfidlaydi:
CaS + FeO = FeS + SaO (2.10)
Gips piritga nisbatan arzonroqdir va temirli toshqol hosil qilmaydi,
shuning
uchun ham uni ishlatish afzalroqdir.
Gips yoki pirit bilan eritilgan nikelli shteyn 60 % temirni o‘z miqdoriga kiritadi.
Temirli shteynni konverterda qayta ishlash davrida temir alohida ajratiladi.
Konvertorlash davrida temir tanlab oksidlanadi va qo‘shimcha berilgan kvars
bilan toshqol fazasiga o‘tadi. Temirdan ajralgan nikelli
shteyn faynshteyn deb
ataladi. Bu nikelni oq shteyn deb nomlash ham mumkin.
Oq shteyn keyingi bosqichda kuydiriladi:
2Ni
3
S
2
+ 7O
2
= 6NiO + 4SO
2
(2.11)
Nikelning oksidi tiklovchi modda bilan aralashtirilib, elektr pechida 1500
0
C da
eritiladi va erkin suyuq nikel olinadi.
Konverter toshqoli nikelga boy
aylanuvchi modda hisoblanib, qaytadan eritish
pechiga yuklanadi.
Dostları ilə paylaş: