131
2 BOB. NIKEL VA KOBALT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
2.1.
Nikel olish texnologiyasi va xom ashyo zaxiralari. Sulfidli nikel
rudalarni qayta ishlash usullari
Nikel oq rangli metall, atom massasi 58,69, erish harorati 1455
0
C, zichligi 8,8
g/sm
3
. Nikel boshqa metallardan pishiqlik va yuqori plastik xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Nikel po‘latning xususiyatlarini yaxshilaydigan elementlarga kiradi.
Uning yaxshi xususiyatlaridan biri kimyoviy inertligidir. Sulfat,
uksus va bir
qancha boshqa kislotalar unga ta’sir qilmaydi. Oddiy haroratlarda nikel
oksidlanmaydi. Oksidlanish 500
0
C dan yuqori haroratlarda boshlanadi.
Nikel oksidi quyidagicha ajraladi:
Ni
2
O
3
= 2NiO + 0,5O
2
(2.1)
Nikel oltingugurtga nisbatan yuqori tortishish kuchiga ega.
Uning past sulfidi
Ni
3
S
2
erish harorati 788
0
C bo‘lib, turg‘un birikmalar guruhiga kiradi. Nikelning
ikkinchi oltingugurt bilan birikmasi NiS yuqori haroratlarda ajraladi:
3NiS = Ni
3
S
2
+ 0,5S
2
(2.2)
Dunyo amaliyotida 70 % nikel sulfidli mis-nikel rudalaridan olinadi.
Oksidlangan
nikel rudalari AQSH, Yaponiya, Kuba
va boshqa davlatlarda qayta
ishlanadi. Bir yilda taxminan 1mln. tonnaga yaqin nikel ishlab chiqariladi.
O‘zbekistonda mustaqil nikel zaxiralari hali topilgani yo‘q. Oz miqdorda nikel
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining
rudalarida va boshqa xomashyo, yarim
mahsulotlarda qisman nikel birikmalari bor, lekin alohida ajratib olinmaydi. Zarur
bo‘lgan nikel horijiy davlatlardan import qilinadi.
Dostları ilə paylaş: