135
2Ni(NH
3
)
6
CO
3
+H
2
O=NiCO
3
·Ni(OH)
2
+CO
2
+12NH
3
(2.13)
Cho‘kmani kuydirib, nikel oksidi (NiO) olinadi,
gazlarning tarkibida NH
3
va
CO
2
bo‘lganligi sababli, ular tanlab eritishga qaytadan yuboriladi. NiO esa erkin
holatigacha tiklanadi yoki shunday holatda po‘lat eritish zavodlariga qo‘shimcha
xomashyo sifatida jo‘natiladi.
Sulfidli nikel rudalarini qayta ishlash
Garchi gidrometallurgik usullar ham ma’lum bo‘lsada, asosan, sulfidli mis-
nikel rudalari pirometallurgiya usuli bilan qayta ishlanadi.
Shunday ekan, bu usul
haqida batafsil fikr yuritiladi.
Pirometallurgik usul
Agar rudalarda mis va nikelning yig‘indisi 4–5 % dan ko‘p bo‘lsa, bu boy
xomashyo
hisoblanib, ularni bevosita qayta ishlash uchun jarayonga yuboriladi.
Tarkibida nikel va misi kam bo‘lgan rudalar magnit usuli yoki flotatsiya yo‘li
bilan boyitiladi.
Ruda va boyitmalar deyarli bir xil minerallarga ega, shuning uchun ularga
o‘xshash, deyarli bir xil texnologik jarayonlar ishlatilishi mumkin.
Qizdirish davrida, suyuq holatga o‘tishdan oldin, 400–600
0
C larda xalkopirit va
nikelli minerallar quyidagi kimyoviy reaksiyalar orqali parchalanadi:
2SuFeS
2
=Su
2
S+2FeS+0,5S
2
(2.14)
3(NiS∙FeS) = Ni
3
S
2
+3FeS+0,5S
2
(2.15)
Fe
7
S
8
= 7 FeS + 0,5 S
2
(2.16)
Boshlang‘ich jarayonlar natijasida murakkab birikmalarning aralashmasi
oddiy
sulfidlarga aylanadi, ya’ni Ni
3
S
2
va FeS.
Asosiy xomashyo moddalardan va qo‘shimcha beriladigan fluslardan paydo
bo‘ladigan toshqol fazasi yuqori haroratda oddiy sulfidlar bilan o‘zaro birikib,
eriydi va shteyn qatlamini hosil qiladi.
Eritilgan shteyn konverterlarda havo orqali purkab qayta ishlanadi. Jarayonda
temirni toshqol holatiga o‘tkazish uchun qo‘shimcha fluslar yuklanadi.
Olingan
136
konverter toshqolini qaytadan eritish uchun yallig‘ pechga yoki boshqa shteyn
uchun ishlaydigan eritish pechiga yuboriladi. Konverter jarayonining asosiy
mahsuloti mis-nikel faynshteyni bo‘lib, u o‘zi bilan tarkibida 1–3 % Fe bo‘lgan
mis-nikel qotishmasini tashkil qiladi va oq mis nikelli shteyn deb nomlanadi.
Purkash davrida kobalt qisman temir bilan birga toshqolga o‘tadi.
Nodir
metallar to‘liq oq shteynda to‘planadi.
Mis-nikel shteynlardan erkin metallarni ajratib olishning bir necha usullari
mavjud. Asosiy metallar bilan birga nodir metallar,
selen va tellur ham alohida
ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: