A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
Nazorat savollari 
1. Rux boyitmasini kuydirish jarayonining kimyoviy reaksiyalari? 
2. Rux boyitmasini kuydirish jarayonining maqsadi? 
3. QQ pechlarida kuydirish texnologiyasi?
 
4. Sulfidlarda oltingugurt miqdori? 
 
3.3.
 
Sulfidli rux boyitmasini «Qaynar qatlam» pechida kuydirish amaliyoti
Rux zavodlarda, tarkibi har xil bo‘lgan, bir necha boyitmalar qayta 
ishlanadi. SHixta tayyorlash davrida boyitmalar shunday nisbatlikda olinadiki, ular 
rux, yo‘ldosh foydali element va zarar komponentlar bo‘yicha aniq tarkibga ega 
bo‘lishi zarur. 


151 
Qayta ishlashga kelgan rux byitmasining taxminiy tarkibi, %: 45-60 Zn; 
29-35 S; 6-12 Fe; 1,5-5,0 Al
2
O
3
; 0,2-4,4 Pb; 0,1-3,0 Cu; 0,4-3,0; SiO
2
; 0,5-1,5 
CaO; 0,2-1,0 MgO; 0,25-0,8 Cd; 0,01-0,4 As; 0,01-0,3 Sb, 20-160 g/t Ag va 0,5-
10 g/t Au. 
Shixta pechga quruq yoki bo‘tana shaklida yuklanadi. Tashqaridan 
keltirilgan va tarkibi yaqin bo‘lgan boyitmalar quruq shaklda qo‘llaniladi. Agarda 
rux zavodi boyitish fabrikasi yonida bo‘lsa, yoki boyitmalarning tarkibi katta farq 
qilsa, bo‘tana shaklda yuklash maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
Quruq shixta olish uchun boyitmalar bir xil tarkibdagi shixta olish 
maqsadida aralashtiriladi va quritish barabanida qoldiq namlik 6-8 % gacha 
quritiladi. 
O‘zbekiston rangli metallurgiyasida rux boyitmalarini kuydirishda silindrik 
shakldagi «QQ» pechlari keng tarqalgan. Ularning tubini maydoni 34 m
2

forkameralar maydoni 1,5 m
2
, balandligi – 10 m, kuydirilgan moddani ajralib 
chiqish balandligi 1,0-1,2 m. Soplardagi teshiklar kesimi maydoni, podning 
maydoniga nisbatdan 0,8-1,0 % tashkil qiladi. 
Kukunsimon sulfidli rux boyitamlarini “QQ” echida kuydirishda boyitma 
muallaq holda bo‘lishi uchun, pechga beriladigan gazning tezligi 10-12 m/sek 
tashkil etadi. Gazning tezligini oshirish, ortiqcha chang ajralib chiqishiga olib 
keladi. Agarda gazning tezligi pastroq bo‘lsa, shixta moddalari mallaq holatda 
ajralib chiqib, soplolarga cho‘kib qoladi. 
«QQ» pechini normal ishlashi uchun uning hajmida issiqlik balansini 
ushlab turish kerak. Issiqlikni taqsimlanishi, %: texnologik gazlar bilan 60 %; 
chang va devor orqali sarflanishi 20 %. Issiqlikni qolgani mahsus moslama 
yordamida pechdan chiqarilishi kerak, aks holda issiqlik to‘planib moddani o‘ta 
qizishiga olib kelishi mumkin. Ortiqcha issiqlik mahsus trubkali kesson orqali 
pechdan tashqariga chiqariladi (3.3-rasm). 
Texnologik gazlar kotel – utilizator orqali o‘tkaziladi. Bu dastgohda 
issiqlikning 55 % bug‘ olishga ishlatiladi. Qolgan issiqlik isrof bo‘ladi Kotel-


152 
utilizator yuqori ko‘rsatgichli bug‘ ishlab chiqaradi (400-565
o
S, 4,5 - 6,0 mPa va 
1,1-1,4 t/t boyitmaga). 
Pechga beradigan havoni hajmi nazariya hisobotlardan kelib chiqadi va 
1500-1600 m
3
/t boyitmaga to‘g‘ri qiladi. Havoning ortiqcha berilishi 20-30 % (= 
1,2 / 1,3). 
Kuydirish pechini normal ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak: 
1) shixtaning mineralogik tarkibini va o‘lchamlarini doimiyligi va qatlamga 
bir xil tezlikda yuklanishi; 
2) havoni pech tubi maydoni bo‘yicha bir xil taqsimlanishi; 
3) pech hajmiga beriladigan havoning doimiy bosimi; 
4) pechning ishchi hajmida va boshqa dastgoxlarda o‘zgarmas bosim 
bo‘lishi. 
Sanoat ishlab chiqarish sharoitida qaynar qatlam havoning 15-16 kPa 
bosimida paydo bo‘ladi. Bulardan 4-5 kPa li pech tubining gidravlik qarshiligini 
bartaraf qilishga sarflanadi. Demak «QQ» pechining gidravlik qarshiligi taxminan 
10 kPa ni tashkil qiladi.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin