142
Dunyo miqyosida ishlab chiqarilgan rux quyidagi sohalarda ishlatiladi,%:
- oq tunika olish 36;
- latun va bronza olish 26;
- quymakorlik 26;
- rux prokati 3;
- kimyo mollari 6,5.
Ruxni asosiy o‘zlashtiruvchi davlatlar AQSH, YAponiya, Olmoniya,
Rossiya. O‘zbekiston o‘zining mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi. 1
tonna ruxning narxi dunyo bozorida (2011 yilning ko‘rsatgichlari bo‘yicha) 2200 -
2300 AQSH dollarida sotiladi.
Rux xom ashyosining tavsifi
Tabiatda rux asosan sulfid birikmasi
holatida uchraydi, shunindek ruxning
oksidlangan birikmalari ham mavjuddir.
Ishlab chiqarishda keng miqdorda kompleks rux – qo‘rg‘oshin sulfidli
polimetallik rudalar qo‘llaniladi. Bu rudalarda asosiy
metallardan tashqari mis,
kadmiy, nodir va kamyob metallar mavjud. Hozirgi paytda qayta ishlaga jalb
etiladigan rudalarning tarkibida ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo‘rg‘oshin rudalarda
1,0 – 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb mavjud. Bu rudalar
qayta ishlashdan oldin
boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotasiyadir. Oldin rudadan kollektiv
rux-qo‘rg‘oshin
boyitmasi olinadi, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin
boyitmalariga ajratiladi.
Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit – ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan
rudalarda rux karbonat ZnCO
3
(smitsonit) va gidrosinkiy ZnSO
3
* 2 ZnS (ON) va
silikat (valletit Zn
2
SiO
4
) turlarda uchraydi.
Boyitish natijasida ruxni boyitmaga o‘tish darajasi 70-85% tashkil qiladi.
Rux boyitmasini taxminiy tarkibi quyidagicha, %: Zn 40-60; Pb 0,2-3,5; Cu 0,15 -
2,3; Fe 2,5-13; S 30-35; Cd 0,1-0,5; As 0,03-0,3; Sb 0,01-0,07; In 0,001-0,07.
Boyitmaninggranulometrik tarkibi 30-35% (-75 mkm) dan 70-90% (-75mkm)
gacha o‘zgaradi.
143
Boyitmaning asosiy texnologik ko‘rsatgichlar quyidagilardir:
- zichlik - 3,4-4,3 g/sm
3
;
- to‘kilmoq massasi - 1,9-2,3 g/sm
3
;
- namlik - 10-16%;
- quritilgandan keyingi namligi - 6-8 %.
Dostları ilə paylaş: