140
Suyuq temir kobalt qotishmasi yoki boyitilgan kobalt shteyni konverterda
purkalanadi. Bu tadbirning asosiy maqsadi – temirni toshqol fazasiga o‘tkazishdir.
Qolgan metall anod shaklida qoliplarga quyiladi va
elektr kimyoviy eritishga
yuboriladi. Kobalt bilan birga eritmaga qisman temir, mis va nikel ham o‘tadi.
Kobaltni eritmadan ajratib olish
Temir oksid holatiga o‘tkaziladi va ohak yoki soda yordamida cho‘ktiriladi.
Bu cho‘kma o‘z tarkibiga margimush, surma va vismutni yig‘adi. Misni kobalt
yoki nikel kukuni bilan birga sement cho‘kmasiga o‘tkazadi.
Marganes eritmasi
xlor yoki xlor gipoxlorit yordamida ajratib olinadi. Oksidlanish davrida MnO
2
·
H
2
O shaklida paydo bo‘ladi va cho‘kmaga tushadi.
Tozalangan eritmada faqat nikel va kobalt qolgan xlor yoki natriy
gipoxloriti yordamida cho‘ktiriladi:
2So
2+
+Sl
2
+6H
2
O =2Co(OH)
3
+ 2Cl
–
+6H
+
(2.28)
Nikelning cho‘kmaga o‘tmasligining oldi
quyidagi almashuv reaksiya-
cining ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi:
Ni(OH)
3
+Co = Ni +Co(OH)
3
(2.29)
Kobalt gidrooksidi soda bilan aralashtirib, kuydiriladi,
keyin suv bilan
yuviladi. So‘ng qayta kuydirilib, CoO birikmasi olinadi.
Bu birikmada 70–72 % kobalt, 0,2–0,3 % nikel bo‘ladi.
Kobalt oksid holatdan elektr pechlarda qaytariladi. Tiklovchi modda
hisobida grafit ishlatiladi. Kobalt uglerod va oltingugurtdan tozalangach,
qoliplarga quyiladi.
Kobaltning o‘ta toza shakli elektrolitik
tozalash yoki organik modda-
larning ekstraksiyasi orqali qayta ishlab olinadi.
141
Nikel rudalardan tashqari kobalt olishda xomashyo sifatida mis-kobalt va
kobalt-margimush rudalari ishlatiladi. Bu rudalar flotatsiya orqali boyitilib, qayta
ishlanadi. Boyitmada 0,5–10% Co bo‘lib, u eritiladi yoki pechlarda sulfatli
kuydiriladi. Kuyindi esa suv bilan tanlab eritib, qayta ishlanadi.
Kobalt-margimush boyitmalari (10–20% Co) bevosita avtoklavda tanlab
eritiladi. Kobaltli eritmalar standart texnologiyalar bilan qayta ishlanadi.
O‘zbekistonda maxsus kobalt zaxiralari hali aniqlangani yo‘q. Respublika-
mizning bu metalga ehtiyoji juda ham katta. Shuning
uchun bor imkoniyatlardan
foydalanib, kobalt konlarini izlab topish borasida ilmiy izlanishlar olib borish
kerak. Masalan, Olmaliq rux zavodining chiqindilarida oz miqdorda kobalt bor.
Ularni qayta ishlab, metalni erkin holatda ajratib olish
olimlarimiz oldida turgan
muammolardan biridir.
Metalning jahon bozoridagi narxi– bir tonnasi o‘n minglab dollarni tashkil
etadi.
Dostları ilə paylaş: