A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

3.4. –rasm. 
Rux kuyindilarini uzluksiz qarama-qarshi oqimli ikki bosqichli 
tanlab eritish sxemasi 
Tanlab eritish sxemalarini tanlash xom ashyoni sifatiga bog‘liqdir. Ishlab 
chiqarishning katta hajmida, xom ashyo tarkibi o‘zgarmas bo‘lganda uzluksiz 
tanlab eritish maqsadga muvofiqdir. 
Davriy tanlab eritish, tez moslashuvchi bo‘lganligi sababli, zarar moddalari 
yuqori mikdorli bo‘lgan xom ashyoni qayta ishlashga afzalrokdir. 
Davriy tanlab eritish, uzluksizga nisbatdan, kamroq ishlab chiqarish quvvatiga 
ega va qayta ishlashda ko‘proq sarf-xarajatlarni talab qiladi. Bir bosqichli tanlab 
eritish, odatda, davriy sxema bo‘yicha olib boriladi. 
Tarkibida 0,5 % mыshyak bo‘lgan sifati past boyitmalarni qayta ishlashda, bir 
bosqichli sxemani qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
 
Tanlab eritishni davriy sxema olib borishing sharti – kuyindi sovutilgan va 
sinflarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. Pechdan chiqqan kuyindi va changlarni 
aralashmasini harorati 700-750
o
C bo‘lgani uchun, ularni aeroxolodilnik yoki 
konveerlarda sovutiladi. 
Sovutilgan aralashma aeroseparatorda kattaligi bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. 
Yirik fraksiya (<0,3 mm) zoldirli tegirmonda yanchiladi va yangitdan sinflarga 
bo‘linadi. Sinflangan kuydirilgan boyitma tanlab eritishga yuboriladi. 
Odatda sinflanish ikki bosqichda olib boriladi: neytral va nordon. Dastlabki 
(neytral) sinflanishbo‘tananing hammasini ikki fraksiyaga bo‘ladi: qum (+0,30 
mm) va il (-0,3 mm), har bir fraksiya alohida tanlab eritishni talab qiladi. Neytral 
sinflashdan chiqqan eritmani neytral tanlab eritishga yuboriladi. Qum fraksiyasi 
esa ishlatilgan elektrolit bilan tanlab eritiladi (bo‘tananing qoldiq nordonligi 20-60 
g/l H
2
SO
4
). 
Qum fraksiyasi mexanik, yoki pnevmatik aralashtirgichli agitatorda tanlab 
eritiladi. Bunda, ikki valentli temirni uch valentlikka oksidlanishi uchun, marganes 
rudasi, yoki pirolyuzit MnO qo‘shiladi. Tanlab eritishdan so‘ng, qum yana 
sinflarga bo‘linadi. Nordon sinflashdan chiqqan qumlik mahsulot nordon tanlab 


160 
eritishdagi rux kekidan deyarli farq kilmaydi. SHuning uchun bu fraksiya vels 
pechiga yuboriladi. 
Neytral sinflashdan ajralib chiqqan eritma siklon va elektrofiltr changlari 
bilan, neytral tanlab eritishga yuboriladi. Bu tanlab eritish pnevmatik 
aralashtirgichli birin-ketin o‘rnatilgan agitatorlar qatorida o‘tkaziladi. Birinchi 
agitatorda sulfat kislotaning konsentrasiyasi 50-60 g/l tashkil etadi. Tanlab eritish 
davrida kislota neytrallanadi. Buning natijasida zarar moddalar gidrolizga uchrab 
cho‘kmaga o‘tishadi. Gidroliz jarayoni birinchi agitatorga marganes rudasini 
qo‘shib eritmani rN ni o‘zgartirib boshqariladi. Oxirgi agitatorda suyuq fazaning 
rN 5,2-5,4 gacha ko‘tariladi. Gidorolizni to‘liq o‘tilgani oxirgi agitatordan 
chiqayotgan bo‘tanadagi temir (II) miqdorligi orqali baholanadi. Odatda bu miqdor 
30-50 mg/l tashkil qilishi kerak. 
Neytral sikldagi oxirgi agitatordan bo‘tana quyuqlashtirgichga yuboriladi. 
Neytral quyuqlashtirgichdan chiqqan eritma, odatda, yaxshi tindirilgan, eritmada 
qattiq moddani miqdori 1 g/l dan oshmaydi. Eritma zarar moddalardan tozalanib 
ruxni elektrolitik tiklanish jarayoniga yuboriladi. 
Neytral quyuqlashtirgichlarning quyuq mahsulotining suyuq va qattiq 
mahsulotlarning nisbati S:Q = 3:4 ga teng bo‘lib, nordon tanlab eritishning 
pnevmatik agitatorlarga yuboriladi. Nordon tanlab eritishning birinchi agitatoriga 
tarkibida 40 g/l rux va 120-160 g/l H
2
SO
4
bo‘lgan ishlatilgan elektrolit beriladi. 
Ohirgi agitatorda sulfat kislotaning miqdori 0,5-1,0 g/l gacha pasayadi, S:Q ni 
nisbatligi esa 10-12 gacha ko‘tariladi. 
Nordon 
tanlab 
eritishning 
ohirgi 
agitatoridan 
chiqqan 
bo‘tana 
quyuqlashtiriladi. Quyuqlashtirgichda kislota neytrallashib pH ning qiymati 4,0-4,5 
gacha qo‘tariladi, zarar moddalar gidroliz bo‘lib cho‘kmaga o‘tadi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin