A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


to‘g‘risidagi” farmoni. / Xalq so‘zi, 1995y . 3- iyun



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə8/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

to‘g‘risidagi” farmoni. / Xalq so‘zi, 1995y . 3- iyun.
ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo‘l bo‘ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko‘maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo‘l insoniyat uchun global ahamiyatga ega bo‘lganligini baholash qiyin. Ammo, o‘zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo‘qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo‘li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini ko‘rish mumkin.
«Buyuk Ipak yo‘li»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, janubiy - sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bog‘lab turadigan global Transosiyo transport liniyasini shakllantirish hisoblanadi. U o‘z ichiga Yaponiya, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Kavkaz davlatlari, G‘arbiy Osiyo (Pokiston, Eron) davlatlari va albatta Ovropa davlatlarini qamrab oladi. E’tiborga olish kerakki TRASEKA loyiha doirasida «Delfin» izlanishi o‘tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvon - saroylarni tashkil qilishning texnik - iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu «Buyuk ipak yo‘li»ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki O‘zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo‘nalishlarida yoqilg‘i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo‘lishiga olib keldi. Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo‘li da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan.
Birinchi qismga o‘ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O‘rta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo‘nalishda Butunjahon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib, turg‘un rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko‘maklashishi hisoblanadi.
Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yo‘li» ob’yektlarini o‘z ichiga olgan va turistik mahsuloti bilan aniq tajribaga ega bo‘lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga ko‘ra bu yerda xalqaro tashkilot «Buyuk Ipak yo‘li» nomli turistik mahsulotning sotilishini rag‘batlantirishi mumkin.
Uchinchi qism esa, qadimgi aloqanlaring oxirgi nuqtalarini o‘z o‘ichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yo‘li»ni targ‘ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki mazkur yo‘l bo‘ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.
«Buyuk Ipak yo‘li» turistik mahsulot mavqeining ko‘tarilishi uchun albatta fundamental asos bo‘lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Chunki xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va milliy tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mehmonxona komplekslari munosabatlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo‘li» loyiha bo‘yicha yig‘ilishi 1996-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo‘li»da turizm bo‘yicha ikkinchi anjuman ham ahamiyatli bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra bu yerda «Buyuk Ipak yo‘li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy ob’yektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma muammolar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997-yil aprel oyida Tehronda «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘yicha ikkinchi xalqaro yiq‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yo‘li» mintaqalarini xalqaro targ‘ibot qilish, bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish.
1994-yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti «Buyuk Ipak yo‘li» loyihani barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londanda WTM va Madridda FJTUR faol targ’ibot qila boshladi. Butunjahon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib dunyoning asosiy turistik yo‘nalishlari bo‘lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi o‘rinni egallaydi va o‘rtacha yillik 8 % o‘sish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln.ga, Gonkongga esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o‘rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yo‘li» loyihaga ishtirokchilarning oldida turistik mahsulotni shakllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya - O‘zbekiston - Xitoy, Fransiya - O‘zbekiston - Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O‘zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini shaklllantirishga va o‘zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik ob’yektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun ma’lum bir valyutaning davlat budjetiga tushishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab transport (tranzit) yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta qiziqish tug‘diradi. Masalan, 2008-yilda O‘zbekistonga 915 ming tashrif qiluvchilar keldi, bulardan 5,6 % turistik maqsadlar bilan, 74,4 % xususiy viza bo‘yicha, qolgan 20 % boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. Ko‘pchilik tashrif qiluvchilarni davlatning tarixi, madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan.
O‘zbekiston hayotida bo‘lib o‘tayotgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki Yevropa va boshqa davlatlarida keng targ‘ib qilinib, «Buyuk Ipak yo‘li»ni va taklif qilinayotgan mahsulotni yangi ahamiyatga ko‘tardi.
Xulosa
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o‘tish davri bilan bog‘liq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lib bular haqida keyingi bo‘limlarda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Nazorat savollari

  1. Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari

  2. Turizmning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nimalardan iborat?

  3. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi qanday?

  4. O‘zbekistonning qaysi mintaqalaridan «Buyuk Ipak yo‘li»ning asosiy qismi kesib o‘tgan?

  5. Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirishdan asosiy maqsad nima?

  6. O‘zbekistonda turizmning qaysi turlarini kengroq rivojlantirish mumkin?

  7. Tarixiy va madaniy turizm nima?

  8. Milliy turizmni rivojlantirish dasturi qachon qabul qilingan?

  9. «O‘zbekturizm» MKsining vazifalari nimalardan iborat?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 iyundagi 1162 raqamli ”Buyuk Ipak yo‘li” ini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora -tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoni. / Xalq so‘zi, 1995. 3 - iyun.

  2. Биржаков ММ. Ввeдeниe в Туризм: Учeбник. - М.:

«Издательский дом ^рда», 2006. - 512 с.

  1. Боголюбов В.С. Экономика туризма: Y4e6Hoe пособде. - М.: Акадeмия, 2005. - 192 с

  2. Fayzieva Sh.R. O‘zbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. Nomzodlik dissertasiyasi. - T.: O‘zMU, 2006 y

  3. www .interunion.ru - туристскда ассоциации

  4. www.e-tours.ru - дeловыe туры, выставки, конфeрeнции

Il-bob. TURIZMNING RIVOJLANISHIDA ASOSIY OMILLAR

  1. Turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli

  2. Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari

  3. Turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish muammolari

  4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni tashkil qilish

  1. Turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli

Hozirgi kunda, dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanishida turistik korxonalarning ijtimiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Dunyodagi to‘rtta ustuvor sohalardan biriga aylangan turizm sohasiga ham imkon qadar aholining keng qatlamini faol hissa qo‘chishlarini, ya’ni ularni turli xil turistik xizmatlarni tashkil qilishda keng miqyosda ishtirok etishlarini va buning natijasida mamlakatlarning ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan manfaatdorliklarini oshirishlarini ta’minlashda xususiy turistik korxona va tashkilotlarning o‘rni benihoya kattadir.
Hozirgi kunda, respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu korxonalardan 96,1 % shaxsiy mulkchilik ko‘rinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar hissasiga jami mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, O‘zbekiston Respublikasida xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi turizmni rivojlantirishda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan xususiy turistik korxonalarni shartli ravishda ikki xilga ajratish mumkin: bevosita turistlarni qabul qilish, ularning sayohatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadigan firmalar hamda turizmni rivojlantirishga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari. Birinchi toifaga kichik turistik firmalar, shaxsiy mehmonxonalar, kempinglar, transport korxonalari, restoranlar kabilar kirsa, ikkinchi toifaga an’anaviy-milliy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan mahalliy kichik va xususiy korxonalar, hunarmandchilik korxonalari va shu kabilarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning ma’lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga o‘z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yo‘l ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur bo‘lgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an’anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi sezilarli darajada emas. Buning asosiy sabablari quyida o‘z ifodasini topgan:2
Birinchidan, respublikada turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim kompaniyalarning monopollashganlik xarakteriga ega ekanligi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ushbu kompaniyalar tarkibidagi ob’yektlarning xususiylashtirilish jarayoni ancha sust amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, yangi tashkil qilinayotgan kichik turistik firmalarning ayrimlari ham yirik turistik kompaniyalarda mavjud imkoniyatlarning ko‘pchiligiga ega emas;
Ikkinchidan, turizm sohasida yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida yangidan-yangi kichik turistik firmalarning tashkil etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishi ancha dolzarb muammoga aylanmoqda;
Uchinchidan, respublika viloyatlari va tumanlarining ko‘pchiligida mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan amaldorlarning turizmni iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini to‘g‘ri baholay olmasligi natijasida va ularning ishga eskicha tafakkurda yondashishlari turistik firmalarning tashkil etilishi, shuningdek, turizm bozoriga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan kichik va xususiy biznes bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarning ochilishiga beparvolik bilan qaralmoqda;
To‘rtinchidan, yangi tashkil etilgan turistik firmalar tor faoliyat doirasi bilan cheklanib qolmoqda. Bundan tashqari ular “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi uchun an’anaviy hisoblangan ayrim xizmat turlaridan tashqariga o‘tishmayapti. Buning natijasida, bu firmalarning xorijiy turistlar tomonidan qiziqish bilan e’tirof etilishiga yetarlicha imkon yaratilmayapti.
Agarda turistik firmalar noan’anaviy xizmat turlari, masalan, mamlakatimizning go‘zal va serjilo tabiatiga o‘zaro ajoyib sayohatlarni uyushtirish, turistlar uchun mahalliy qishloqlar va ovullarda xalq milliy urf-odatlari bilan tanishtirish ekskursiyalarini tashkil etish, shuningdek, turistlar uchun milliy ruhdagi konsert va tomoshalarni uyushtirish kabi xizmat turlarini tashkil etishsa ular o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari mumkin.
Beshinchidan, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini, milliy ruhdagi kiyim-kechaklarni, milliy taomlarni va boshqa shu kabilarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, xususiy turistik firmalar turizm xizmatlar bozorini jadal sur’atlarda va sifatli rivojlanishi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga mos turizm infratuzilmasi endi rivojlanayotganligi bois xususiy turistik firmalarning deyarli barchasi kichik tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadi. Xorijiy mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, O‘zbekistonda hukm surayotgan osoyishtalik, yurtimizning osori atiqalari, qadimiy madaniy yodgorliklari va go‘zal tabiati mamlakatga har yili 2-2.5 mlngacha bo‘lgan turistlarni tashrif buyurishi uchun imkon yaratadi. Buning uchun bunday katta hajmdagi turistlar oqimini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan xususiy mulk shaklidagi otellar, kempinglar, mehmonxonalar, turistik bazalar tizimi va boshqa shu kabilarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi (1- jadvalga qarang).

1-jadval
Turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar tizimi.

Tashrif buyuruvchi- larning xarajatlari

Xizmatlarni etkazib beruvchilar

Joylashish

Joylashish Mehmonxonalar, motellar, kempinglar, karvonsaroylar, shaxsiy uylar, kvartiralar va boshqalar

Ovqatlanish va ichimliklar

Barlar, restoranlar, kafelar, oshxonalar, ko‘chma umumiy ovqatlanish punktlari, shaxsiy uylar.

Transport

Avtobuslar va engil mashinalar

Madaniy va sport faoliyati

Sport-invertarlarini ijara olish, sport inshootlarini ijara olish Madaniy hordiq chiqarish-kechki klublar, dam olish va madaniyat hiyobonlari, ko‘rgazma va shoularni tashkil etish. Kontsert dasturlari va badiiy










faoliyat

Xaridlar

Suvenirlar, sovha va suvenirlar magazinidagi chakana savdo. Iste’mol tovarlar, yo‘l asboblari, kiyim -kechak, chemodan va sumkalar, parfyumeriya kabilarning chakana savdosi.

Ishbilarmonlik
xizmatlari

Ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar, ofislar uchun asbob-uskunalarning ijarasi, ishga yollash

Turistik xizmatlar

Ekskursovodlar, gid tarjimonlar, valyutani ayirboshlash, sayohatlarni sug‘urtalash, pasport va vizalar uchun fotografiyalar..

Манба; Боголюбов В.С. Экономика туризма: Уч. Пос.-М.: Академия.
2007






  1. Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari

Hozirgi kunda turizm sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sari sezilarli qadamlar tashlangan. Biroq, bu sohada kadrlar malakasining yetishmasligi va O‘zbekistonda turizmning ko‘plab yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida yetarlicha tajribaning yetishmasligi oqibatida xususiy tadbirkorlik biznesining rivojlanishi sust amalga oshmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda bir kunda tashrif buyuradigan turistlarning o‘rtacha yigirmadan bir qismi qimmat narxdagi mehmonxonalar xizmatidan, ko‘pchiligi esa, uch yulduzli otellardan foydalanish istagini bildirishadi. Toshkent shahri bunday xizmatlar tizimini turistlarga taklif etishi mumkin, biroq poytaxtdan uzoqda joylashgan ko‘plab hududlarda, ayniqsa, Termiz, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Andijonda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat mehmonxonalari hali ham asosiy turistik oqimlarni o‘zlariga jalb eta olmayaptilar. Chunki, bunday mehmonxonalar xorijiy turistlarni qabul qilishga to‘laligicha tayyor emas. Mahalliy darajada shaxsiy kapitalni rag‘batlantirish, ya’ni umumiy turistik xizmat ko‘rsatish tizimiga birlashgan shaxsiy uy va xonadonlarni ochish bunday muammoni ijobiy hal etilish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun xususiy tadbirkorlarga turistik trassada joylashgan har qanday shaharda o‘n - yigirma kishiga mo‘ljallangan shaxsiy uylarni qurishga ruxsat berish kerak. Shunday qilingandagina yuqorida aytib o‘tilgan muammo o‘z yechimini topadi.
O‘zbekiston turizm sanoatini 2003-2010 yillardagi rivojlanishining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak (2-jadvalga qarang), bu sohada kichik va xususiy turistik sub’yektlarining sezilarli
ta’siri bo‘layotganligining guvohi bo‘lamiz. 2003-yilda mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan jami turistlarning miqdori 731 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda 752 ming kishini va 2008-yilga kelib esa 915 ming kishini tashkil etdi. Shunga mos ravishda, chet ellik turistlarning ham salmog‘i yildan-yilga oshib bordi. Masalan, 2003-yilda 271 ming kishi, 2004-yilda 274 ming kishi tashrif buyurgan bo‘sa 2007-yilda bu ko‘rsatkich 375 ming kishini tashkil etdi. Shu o‘rinda e’tiboringizni 2010- yilda jami turistlar miqdori 2003 yilga qaraganda salkam 570 ming kishiga ortgan bir vaqtda xorijiy turistlar miqdori esa 2003-yildagiga qaraganda atigi 135 ming kishiga ortganligiga qaratmoqchimiz. Ko‘rinib turganidek, mamlakatimizda mahalliy turistlarni sayohati chet ellik turistlar sayohatiga qaraganda ko‘proq uyushtirilgan.3

2-jadval
O‘zbekiston turizmining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

Yillar

Turistlar, ming kishi

Turxizmatlar (%)

Jami

Shundan, chet ellik turistlar

Eksport mln. Dollar

2003

731

271

21,0

2004

752

274

25,5

2005

786

306

25,8

2006

816

329

27,5

2007

856

350

28,2

2008

915

375

29,8

2009

980

380

31,1

2010

1300

425

32

Manba; “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ma’lumoti. 2011.



Endi e’tiboringizni mahalliy va chet ellik sayyohlarga ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar yoki turistik xizmatlar eksportini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga qaratmoqchimiz. Ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, turistik xizmatlar eksporti ham turistlar oqimining ko‘payishi bilan birga 3 yil mobaynida oshib borgan. 2003-yilda bunday eksport 21,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda 32 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.


Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, turizm respublikamiz iqtisodiyoti uchun g‘oyatda zarur bo‘lgan valyuta tushumini ta’minlaydi (3-jadvalga qarang). Jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2003-2011-yillarda xizmat ko‘rsatishdan tushgan foyda tushumi har yili oshib borgan.
3-jadval

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishdan tushgan foyda tushumi

Yillar

Jami xizmat, mln. so‘m

Foyda mln. so‘m

O‘rtacha bir turistga to‘g‘ri keladigan valyuta ($ hisobida)

2003

4441

526

74,5

2004

4814

622

77,1

2005

4990

661

93,2

2006

5343

703

95,3

2007

6486

746

97,8

2008

7385

803

98,0

2009

8342

856

102

2010

8561

902

107

Manba; “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ma’lumoti. 2011.



2003-yilda foyda tushumi 526 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda bu ko‘rsatkich 661 mln so‘m va 2010-yilda esa 902 mln so‘m bo‘lgan. Bunga mos ravishda o‘rtacha bir turistga to‘g‘ri keladigan valyuta miqdori ham yildan-yilga oshib borgan. 2003-yilda o‘rtacha bitta turistga to‘g‘ri keladigan valyuta miqdori 74,5 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2005 - yil 93,2 AQSh dollari va 2010-yilda 107 ming AQSh dollarini tashkil etdi.4 Umuman olganda, ikkinci va uchinchi jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar mamlakatimiz turizmini rivojlanishida xususiy sektorga, ya’ni asosan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga nihoyatda muhim e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.



  1. Turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish muammolari

O‘zbekiston turizmi sanoatida hali ham ovqatlanish bilan bog‘liq masalalar muammoligicha qolmoqda. Masalan, Yevropaliklar standart usullarda tayyorlangan oddiy va xushta‘m taomlarni ma’qul ko‘radilar. Buning uchun esa, xorijiy mamlakatlardagi mehmonxona komplekslarida foydalaniladigan maxsus asbob-uskunalar va tegishli taom
texnologiyalarini o‘rnatish zarur. Mamlakatimizdagi mahalliy
mehmonxonalar 20-25 ga yaqin taomlarni taklif qilishi mumkin. Biroq, harbiy andozalar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan turistik komplekslar 200 ga yaqin taomlarni taklif qilish imkoniyatiga ega. Bu muammoni hal etilishining birdan-bir yo‘li shaxsiy restoranlar va kafelar sonini oshirish va ulardagi xizmat ko‘rsatish sifatini jahon andozalariga mos ravishda tashkil etishdir. O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan turistlar bilan muloqot qilinganda, ularning 25 % i ovqatlanish xizmatlaridan qanoatlanganliklarini bildirishdi, 41 % i esa taomlar sifatiga baho berishni o‘zlariga ma’qul topishmadi. Bunday muammoni hal etish uchun xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish ob’yektlarini sertifikatlash va nazorat qilish juda katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, turistlar mahalliy taomning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida reklama prospektlari orqali xabar topishlari kerak. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, so‘rovda ishtirok etgan xorijiy turistlarning 73 % ovqatlanish punktlarining xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaganliklaridan shikoyat qildilar.
Ma’lumki, turistlarga qisqa vaqt ichida belgilangan joyga yetib borish zarur hisoblanadi. “O‘zbekturizm” Milky Kompaniyasining avtobus parki shuningdek, bir qator kichik shaxsiy kompaniyalar tegishli transport vositalariga ega. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramasdan, 2003-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan 731 ming turistning atigi 33,4%, 2004-yilda esa 752 ming turistdan 32,6 %, 2010-yilda esa 1300 ming turistdan 38,1 % i “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xizmatlaridan foydalangan.
Turistlarning aksariyati esa, cheklangan imkoniyatlar bilan shahar va shaharlararo transportlardan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Ko‘rinib turganidek, bu borada ham xususiy turistik korxonalarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Respublikada avtomobillarni turistlarga ijaraga berish xizmati ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Axir O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Neksiya, Matiz va Lasetti mashinalari har qanday avtoturizm ishqibozlarining barcha talablariga javob beradi. Buning uchun joylarda maxsus ixtisoslashgan shaxsiy markazlarni tashkil etish zarur. Bu markazlar bevosita turistlarga barcha diqqatga sazovor joylar ko‘rsatilgan yo‘l kartalari bilan avtomobillarni taqdim etishlari, shuningdek, biron bir muammo yuz berganda turistlar bilan o‘z vaqtida bog‘lana olish maqsadida uyali aloqa xizmatlarini taklif etishlari kerak.

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni

tashkil qilish
Turizm sohasi bozor tizimidagi boshqa har qanday iqtisodiyot tarmog‘i kabi alohida segment hisoblanadi. Shuning uchun ham turizm faoliyatini talab va taklif omillarining o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’umki, talab va taklif omillari bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarini har jihatdan rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch hisoblanishadi. Har qanday mamlakatdagi turistik xizmatlar bozorida xususiy turistik firmalar mavjud talab va ehtiyojlarni atroflicha hisobga olmay turib, o‘z xizmatlari taklifini kutilganidek amalga oshirisha olmaydi. Ko‘rinib turganidek, xususiy turistik firmalar bozordagi talab va taklif omillarini to‘liq hisobga olgan holda harakat qilganda, ularning respublika turizm iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz xususiy turistik firmalarning turizm iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdan oldin talab va taklif omillari xususida ayrim fikr va mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz.
Talab omillari o‘zida asosan xalqaro (hududiy) va ichki (milliy) turistik bozorlarni namoyon etadi. Bunday bozorlarda chet ellik sayyohlar bilan birgalikda mahalliy aholi ham turistik diqqatga sazovor joylar, ob’yektlar va turistik xizmatlardan keng miqyosda foydalanishadi. Taklif omillari bo‘lsa o‘z ichiga chet ellik sayyohlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan turistik diqqatga sazovorliklar va turli xil faoliyat turlari (milliy hunarmandchilik, musiqa va mahalliy xalq urf-odatlari-yu marosimlari), mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, shuningdek boshqa turistik ob’yektlar va xizmatlarni oladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, turizm sohasidagi ekspert mutaxassislarning ta’kidlashlaricha diqqatga sazovorliklar deganda tematik xiyobonlar, hayvonot bog‘lari, botanika bog‘lar va akvariumlar kabi tabiiy, madaniy va maxsus ob’yektlar, shuningdek ushbu ob’yektlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat turlari tushuniladi. Xalqaro turizm tashkiloti (XTT) tasnifiga muvofiq ravishda tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalariga turli xil shakldagi mehmonxonalar, motellar, mehmonxona tipidagi uylar, shaxsiy xonadonlar va boshqa turdagi turistlar to‘xtaydigan ob’yektlar tegishli bo‘ladi.
Umuman olganda barcha turistik xizmatlar va ob’yektlardan samarali foydalanish uchun zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan turizm infratuzilmasini shakllantirish talab etiladi. Bunday infratuzilma o‘z ichiga transport (havo transporti, avtomobil yo‘llari transporti, temir yo‘l transporti, suv transporti va boshqalar) xizmatini, suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya va telekommunikatsiya kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Hozirgi kunga kelib, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarida sanitar-ekologik omilga ham infratuzilma rivojini ta’minlovchi omil sifatida baho berishmoqda. Chunki, zamonaviy turizmni atrof-muhitning muhofazalanishi va ekologik tozaliksiz tasavvur etish qiyin. Ana shunday jihatlarga ega infratuzilmaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi, ya’ni turistlarga imkon qadar sifatli xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishi har jihatdan xususiy firmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi. Ekspert mutaxassislarning baholashlaricha barcha talab va taklif omillari turistik mahsulotni shakllantiradi. 4-jadvaldan ko‘rinib turganidek, xalqaro turizm talabi, ya’ni O‘zbekiston bo‘yicha sayohat qiluvchi chet ellik sayyohlarning talabi umumiy turistik mahsulotning beshdan bir qismini tashkil etsa, ichki talab, ya’ni mamlakatimiz bo‘yicha sayohat qiluvchi mahalliy turistlar uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Turistik mahsulotning qolgan qismi turli xil diqqatga sazovor vositalar va turizm ob’yektlari joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Ko‘rinib turganidek, mamlakatimiz turizmi chet ellik sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga qaraganda mahalliy iqtisodiyotining ichki ehtiyojlarini qondirishga nisbatan ko‘proq yo‘naltirilgan.
Taklif omillari xususida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, turistik mahsulotning uchdan bir qismini mamlakatimizga chet ellik va mahalliy turistlarni jalb etadigan diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi. Mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, viloyatlardagi turli xil milliy madaniyat sarchashmalari, tabiiy boyliklarimiz va boshqa shu kabilar turistlarni mamlakatimizga qiziqtiruvchi asosiy motivatsiya omil sifatida e’tirof etiladi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, transport xizmati hamda turizm infratuzilmasining boshqa turistik ob’yektlari va elementlari O‘zbek turistik mahsulotidagi barcha taklif omillarning ikkidan bir qismini tashkil etadi.
4-jadval

O‘zbekiston turizmi yoki milliy turistik mahsulotning bozor tizimi (ekspertlar bahosi)





O‘zbekiston

Taklif omillari

O‘zbekiston

Talab
omillari

bo‘yicha
taq-
simlanishi,
%




bo‘yicha taqsimlanis hi, %

Xalqaro bozorlar


Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin