A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə9/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

20

Diqqatga
sazovorliklar va

30







faoliyat turlari.
Joylashtirish
vositalari.

10

Ichki bozorlar

35

Boshqa turistik

15







ob’yektlar va xizmatlar.

10







Transport.




Mahalliy aholi tomonidan turistik

45

Infratuzilmaning boshqa elementlari.

15

diqqatga sazovor




Institutsional

20

joylar, ob’yektlar va xizmatlardan




elementlar.




foydalanish










Jami

100%

Jami

100%

Manba; Abdulqosimov X. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish muammolari va istiqbollari. Magistrlik dissertasiyasi. TDIU 2005/ -53 b



Umuman olganda, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, xususiy turistik firmalar turizm bozoridagi talab va taklifni atroflicha tahlil etish orqali samarali faoliyat ko‘rsatsa, bu holat o‘z navbatida mamlakatimiz turizm infratuzilmasining zamon talablari darajasiga mos ravishda rivojlanishiga va turizm xizmatlari bozorini kengayishiga olib keladi. Biz mamlakatimiz turizm xizmatlari bozorida faoliyat ko‘rsatadigan xususiy firmalar faoliyatiga quyidagi tasnif orqali baho berib o‘tmoqchimiz:



  • transport vositalari sektori;

  • turistlarni joylashtirish va oziq-ovqat bilan ta’minlash sektori;

  • ko‘ngil ochar tadbirlar sektori;

  • turistik operatorlar va turistik agentlar.

Dunyo turizm sanoatida xususiy mulkchilik munosabatlarini tahlil qilinishida ham aynan mana shunday tasniflardan foydalaniladi.
Xulosa
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanlagach, boshqa sohalardagi bo‘lgani kabi turizm sohasida ham dunyo tajribasida erishilgan ijobiy natijalardan andoza sifatida foydalanish orqali rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Biroq, bozor iqtisodiyotiiga endi qadam qo‘yayotgan yosh mamlakatlardan biri bo‘lganligimiz tufayli yuqorida keltirilgan tasnifdagi hamma qismlar bo‘yicha xususiy firmalarning faoliyat ko‘rsatish darajasi yuqori saviyaga olib chiqishimiz lozim. Chunki hukumatimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha shart sharoitlar yaratilib berilmoqda.
Nazorat savollari

  1. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli qanday?

  2. Davlat tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

  3. Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari qanday hisoblanadi?

  4. Turistlarni O‘zbekistonga jalb qilishda qanday muammolarga duch kelinmoqda?

  5. Turistik faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi qanday amalga oshiriladi?

  6. O‘zbekiston turizmida xususiy sektorning mukammal darajada rivojlanishiga qanday omillar ta’sir etmoqda?

  7. Milliy turistik mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif nimalardan iborat?

  8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznes qanday amalga oshiriladi?

  9. Xorijiy mamlakatlarda turistlarga qanday xizmatlar taqdim etiladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

  2. Кабушкин Н.И. Менеджмент туризма. -М.: Новой знание. 2005.­64-68 с.

  3. Гуляев В.Г. Правовое регулирование туристской деятельности. - М.: Финансы и статистика, 2005. -30- 34стр

  4. Боголюбов В.С. Экономика туризма: Учебное пособие. - М.: Академия, 2005. - 19-22 с

  5. Тгауе1 Ошбе Uzbekistan - Tashkent: National Company ШЬекШп/ш 2003.

  6. Abdulqosimov X. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish muammolari уа istiqbollari. Magistrlik dissertasiyasi. TDIU 2005/ -53 b

  7. www.world-tourism.org - Всемирная туристская организация

  8. www.e-tours.ru - деловые туры, выставки, конференции

Ill-bob. TURISTIK MAHSULOTLARNING TURLARI VA UNING
TAQSIMLANISHI

  1. Turistik mahsulot to‘g‘risida tushuncha

  1. 2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari

    1. Turistik mahsulotning baholanishi

    2. Narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar

    3. Turizm sektorida narx farqliligi

  1. Turistik mahsulot to‘g‘risida tushuncha

Biror mehmonxona yoki restoran xo‘jaligi faqat ovqatlaniladigan yoki tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy muloqatlarning mavjud bo‘lgan yeridir. Turizmda xizmatlar biror bir mahsulotni tashkil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko‘ra har xil bo‘ladi. Turistlarning o‘z uyini tark qilganidan boshlab orqaga qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to‘plagan tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mehmonxonaning xonalari, restoranlarning ovqatlari biror turistik mahsulotdir. Faqat turistlarg ko‘ra bular aralash turistik mahsulotning bir parchalari hisoblanadi. Turist ta’tilga chiqar ekan turli xil aralash bir mahsulot, y’ani xizmat paketi sotib oladi.
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning yig‘indisidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o‘rtaga chiqadi.

  1. Biror davlatda mavjud bo‘lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va turistik resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.

  2. Iste’molchilarning joy o‘zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon beruvchi barcha xizmatlar, ya’ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik xizmatlarning yig‘indisi.

Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari, boshqa sanoat korxonalarining ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan farqlidir. Turizm marketingi turli xil vositalar yordamida yuzaga keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu mahsulotning ro‘yobga chiqarilishi uchun, axborot va xabarlashish vositalarini ham qo‘shish kerakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki o‘ziga yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida maqsad ham iste’molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish, ishlab
chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli bir munosabat yaratishdir. Turistik mahsulotning xususiyatlari quyidagilardan
7
iborat.

  1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir. Iste’molchi turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqariladigan joyiga borishga majburdir.

  2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish, tomosha va h.k.) yig‘indisidan hosil bo‘ladi.

  3. Turistik xizmat va mahsulotning o‘z vaqtida sotilishi shartdir.

  4. Turistik mahsulotlarda sub’yektiv baholanish juda yuqoridir.

  5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish xususiyatlarining bo‘lishi kerakdir.

  6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‘lib avtomatlashtirish juda kamdir.

  7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan xizmat yoki servislarning bir tartibda va bir qolibda bo‘lishi mumkin emas.

  1. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari

Biror turistik mahsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudod kabi yaratiladi, yashaydi va yo‘q bo‘ladi. O‘rtadan yo‘q bo‘lishning turli xil sabablari mavjudr: texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing
strategiyasi, talabga mos bo‘lmagan juda yuqori narx va qiymat yo‘qotish. Biorr mahsulot yoki xizmat bozorga chiqarilgandan keyin 4 ta bosqichni kechiradi.

  1. Bozorga kirish bosqichi.

  2. Rivojlanish bosqichi.

  3. Saqlanish bosqichi.

  4. Tushish bosqichi.

Bu bosqichlarning muddati mahsulot yoki xizmat turlariga ko‘ra va korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Mehmonxona xo‘jaligida o‘rtacha umr 10 yil. Restoran yoki bar uchun bir necha yil, diskotekalar uchun esa vaqtinchalik omillardan ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir. Turmahsulotning hayotiy bosqichlari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan; 5

sotishlar


Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin