Joylashish o‘rniga ko‘ra shahar markazlarida qurilgan; dengiz qirg‘oqlarida joylashgan; aeroport, port, vokzal, terminal yaqinida qurilgan mehmonxonalar farqlanadi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlariga ko‘ra faqat tunash uchun mo‘ljallangan; hordiq chiqarish maqsadida qurilgan; konferensiya, majlislarni o‘tkazishga moslab qurilgan mehmonxona tipidagi xo‘jaliklarga ajratiladi.
Mulkiy shakli jihatdan mehmonxonalar shaxsiy, xususiy, davlat, biror - bir shirkat mehmonxonasi shaklida faoliyat yuritadi.
Hujjatlashtirish shakliga ko‘ra mehmonxonalar ko‘p davlatlarda xalqaro standartlarga va davlatlarning ichki shart-sharoitiga asoslangan holda sinflarga bo‘linmoqda. Bunga ko‘ra mehmonxonalar turistik hujjatli va davlat ichki boshqaruv hujjatli mehmonxonalarga boTinadi.
Turistik hujjatli mehmonxonalar hujjatlashtirilayotgan xalqaro yulduz berish va kriteriyalash amalga oshiriladi. Tunash ehtiyojlarining qondirilishi shakliga ko‘ra tog‘ mehmonxonasi shahar mehmonxonasi, konferensiya mehmonxonalari, dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalar kiradi.
Ishlash davriga ko‘ra mehmonxonalar yil davomida ishlaydigan va mavsumiy xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalarga boTinadi. Ikkinchisining sababi, dam olish davrining har mavsumda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lishi. Masalan, dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalarga faqat yoz oylarida turistlar kelishi mumkin.
Kattaligiga ko‘ra mehmonxona xo‘jaligi dunyo miqyosida 4 guruhga boTinadi:
juda kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tagacha;
kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tadan 99 tagacha;
o‘rta mehmonxonalar: xonalar soni 100 tadan 299 tagacha;
yirik mehmonxonalar: xonalar soni 300 va undan ortiq.
Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari
tasnifi Mehmonxonalarning quyida ko‘rsatilgan jihatlari bo‘yicha ajratilib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: 8 Mehmonxona xo‘jaligining ishlab chiqarishga oid xususiyatlari. Bu xususiyatlarning asosiylaridan biri ishlab chiqarish faoliyatining har xil vaqtlarda amalga oshirilishidir. Masalan, xonani mijoz tark etgandan keyingina tozalanadi; biror ichimlik bilan taomlar har xil vaqtda tayyorlanadi. Yana bir xususiyat shundan iboratki, bunda ishlab chiqarilgan moddiy nematlar kerakli paytda ishlatish uchun omborda saqlab qo‘yilmaydi. Masalan, biror xona saqlab qo‘yilishi mumkin emas, balki har kuni sotilishi majburiydir. Yana bir xususiyat mehmonxonada ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi.
Ishchi kuchi jihatdan farq qiluvchi xususiyatlar. Boshqa sanoat korxonalarida ishchilar mijozlar bilan kamdan-kam muloqatda bo‘lishsa, mehmonxona xo‘jaligida ishchilar o‘z vaqtlarining katta qismini mijozlar bilan o‘tkazadilar.
Buxgalteriya (hisob kitob) jihatdan mehmonxona xo‘jaligining xususiyatlari. Bunga misol qilib mehmonxonada hisob-kitobning nazorat ishlari kunning oxirida, ya’ni soat 24.00 dan keyin amalga oshirilishini ko‘rsatish mumkin. Sababi shuki, mehmonxona xo‘jaligida turistlar hisobining hamma vaqt turishi shart va majburiydir.
Marketing tomonlama olib qarasak, mehmonxona xo‘jaligi xizmati marketingga zid ravishda ko‘rsatiladi, ya’ni bunda turist xizmatni sotib olish uchun ishlab chiqarilgan yerga kelishi kerak bo‘ladi. Hech bir kishi uyida o‘tirgan holda mehmonxona xizmatidan foydalana olmaydi, ya’ni mahsulotlarni sotib olish joyi bo‘lib mehmonxona xizmat qiladi. Boshqa sanoat korxonalarida esa, bundan farqli ravishda, ishlab chiqarilgan mahsulot ulgurji yoki chakana savdo natijasida xaridorlarga yetkazib beriladi. Shunday qilib, mehmonxona xo‘jaligi yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtta asosiy xususiyatlari bo‘yicha boshqa sanoat korxonalaridan farq qilar ekan. Mehmonxona industriyasi korxonalarining umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
mehmonxona korxonalarining qurilishi davomida katta sarmoya talab etiladi;
bino uskunalar kabi uzoq muddat ishlatiladigan vositalar korxona faoliyatining davomli hayotida katta ahamiyatga ega;
turizm bozoridagi talab to‘g‘ri tahlil qilinishi qiyin bo‘lishiga olib keluvchi iqtisodiy va siyosiy omillar sharoitida mehmonxona industriyasida tavakkalchilik xavf-xatari yuksak bo‘ladi;
mehmonxona korxonalarining asosiy xususiyati - xizmat ko‘rsatish;
mehmonxonalarning bandlik darajasi ortgan sari, moliyaviy xarajatlar kamayishi va korxona uchun optimal foydalanish paydo bo‘ladi.
Mehmonxonalarda band bo‘lgan personalga, tashkil qilinish texnologiyasiga, mablag‘lariga, nazorat faoliyatiga alohida e’tibor
berilishi kerak.
Boshqa hech qaysi korxonalarda rahbariyat va personal o‘rtasidagi hamkorlik mehmonxona xo‘jaliklaridagidek bo‘lmaydi.
Mehmonxona xo‘jaliklariga bo‘lgan talab va takliflar
Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik ob’yektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda. Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqdi. Bu esa turizm infratuzilmasida katta yangilanishni taqozo etdi. Turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi. Hozirgi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda. Respublikamizdagi yirik mehmonxonalar asosan Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib bularga “O‘zbekiston”, “Intercontinental”, “Shodlik-Palas”, “Markaziy”, “Sayohat” va yaqinda ishga tushirilgan “Dedeman Silk Rud”, “Grant Mir” va boshqa mehmonxonalarni kiritish mumkin. Mehmonxonaga keluvchi turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, ularga turli xil qulayliklarni yaratib berish hamda ularning O‘zbekistonda o‘tkazgan vaqtlari qiziqarli va maroqli bo‘lishini ko‘zda tutgan holda, ular uchun turli xil madaniy dam olish tadbirlari, sayoxatlarni uyushtirish va ko‘pgina shu kabi maqsadlarda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bunday mehmonxonalardan biri “Markaziy” mehmonxonasi bo‘lib, u bir qancha tashkilotlar bilan shartnomalar tuzgan.
“Markaziy” mehmonxonasi bilan shartnoma tuzgan tashkilotlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy Banki bo‘lib, mehmonxonada uning valyuta almashtirish punkti ochilgan. Bu punkt turistlar mehmonxonadagi turli xil xizmatlar uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirilishlarini ko‘zda tutgan holda, ularga xorijiy valyutani so‘mga aylantirib berish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, turistlarga maishiy xizmatlardan biri bo‘lgan kimyoviy tozalash xizmatini ko‘rsatish maqsadida, bunday tashkilot bilan ham shartnoma tuzgan. Mehmonlarning madaniy hordiq chiqarishlari, tarixiy obidalar, qadimiy yodgorliklarni hamda boshqa turli xil turistik va rekreatsion yo‘nalishlar bo‘ylab sayohatga chiqishlarini ko‘zda tutgan holda bir qator turistik va sayoxat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgan. Bulardan tashqari, “Markaziy” mehmonxonasi bilan turistlarni guruh-guruh holatda joylashtirish bo‘yicha mamlakatimiz vakolatxonalari ochilgan ko‘pgina xorijiy kompaniyalar ham shartnomalar tuzishgan. “Markaziy” mehmonxonasi respublikamizdagi xalqaro andozalarga muvofiq keluvchi mehmonxonalar qatoridan o‘rin olgan. Mehmonxona o‘zining zamonaviy dizayni, shinam muhiti hamda o‘rtacha narxlari bilan e’tiborni tortadi. Samarqanddagi "Afrosiyob" mehmonxonasi ham yirik mehmonxonalar qatoridan o‘rin olgan. Ushbu mehmonxona 500 o‘ringa mo‘ljallangan. Ushbu mehmonxonalarda barcha xonalar o‘ta shinam jihozlangan bo‘lib, ularda iliqlik va mehmondo‘stlik muhiti hukmron. Barcha xonalar individual konditsioner, kamida 2 ta to‘g‘ridan - to‘g‘ri telefon, 12 dastur bo‘yicha ishlovchi sputnik televideniyesi, balkon va marmar hammomni o‘z ichiga oladi. Lyuks xonalar alohida-alohida hammomlarga ega bo‘lib, bu yerda maxsus jakkuzi - vannalar mavjud. Bundan tashqari u yerda shinam dam olish xonasi, rasmiy uchrashuvlar va ovqatlanish xonalari mavjud.
Bundan tashqari, mehmonlarning yaxshi dam olishlari uchun quyidagilar mavjud:
"Milliy" restorani (200 o‘rinli).
"Tungi" barlar bistrosi (100 o‘rinli).
Sog‘lomlashtirish klubi jumladan:
2 ta sauna (1 soat uchun 30 AQSh $);
massaj xonasi (1 soat uchun 5-15 AQSh $);
v) dush xonalari;
g) trenajyor zali;
Konferensiya zali (250 kishilik)
Biznes Markaz.
Avtomobil to‘xtash maydonchasi.
Mehmonxona xizmatlarini sotish tovarlar bilan savdo qilishdan avvalo, shu bilan farq qiladiki, xizmat uni ko‘rsatadigan xodimlardan ajralmasdir. Shu sababli mehmonxona biznesida mijozlar bilan muomala qilishni bilishga alohida e’tibor beriladi. Barcha xodimlar, ayniqsa, mijozlar bilan muntazam muomala qiladigan xodimlar maxsus o‘qitib- o‘rgatiladi. Ularga turli mijozlar bilan muomala qilish, telefon orqali so‘zlashish, shikoyatlarni eshitish va h.k. o‘rgatiladi. Har bir toifa xodimlar (qabul qilish xizmati, barmenlar, ofitsiantlar) uchun mufassal yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi.
Mehmonxona xizmatchilarining tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor beriladi. Ular maxsus belgilangan uniforma kiyimida bo‘lishlari shart. Bunda mijozlar bilan bevosita muomala qilmaydigan xodimlar formasi mijozlar bilan muomala qiladigan xodimlar formasidan farq qilgani ma’qul. Bu xodimlarni nazorat qilishni engillashtiradi. Forma toza, dog‘ - dug‘siz, dazmollangan, barcha tugmalari joyida bo‘lishi kerak.
Xulosa Hozirgi paytda respublikamizda turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan mehmonxona xo‘jaliklarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Lekin ularning ko‘pchiligida xizmat ko‘rsatish darajasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Ulardagi xizmat ko‘rsatish darajasi ham jahon andozalariga to‘g‘ri kelmaydi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bir qancha jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda. Bularga misol qilib “Inter kontinental”, “Markaziy”, “Shodlik - Palas”, “Afrosiyob” va boshqa mehmonxonalarni kiritish mumkin. Hozirda ushbu mehmonxonalarda turli xildagi uchrashuvlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil qilinmoqda. Xorijiy turistlarni qabul qilish uchun yetarli shart- sharoitlar va xizmat turlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Nazorat savollari Mehmonxonalarda qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?
Mehmonxonalar qanday tasniflanadi?
Kattaligiga ko‘ra mehmonxona xo‘jaliklari nechta guruhga ajratiladi?
O‘rta buyuklikdagi mehmonxonalarda xonalar soni qancha bo‘lishi kerak?
Mehmonxonalarning xususiyatlariga nimalar kiradi?
O‘zbekistondagi mehmonxonalarning son va sifat ko‘rsatkichlari qanday?
Mehmonxonalarda asosiy va qo‘shimcha xizmatlar nima?
Mehmonxonalarda marketing xizmatlari qanday amalga oshiriladi?
Mehmonxonalar zanjiri nima?
Xorijiy mehmonxonalarda turistlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini izohlang?
Turistik mehmonxona va motel o‘rtasidagi farq nima?
Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346 - sonli “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori - Xalq so‘zi 9-avgust 1998 y
Alieva M.T. Mehmonxona menejmenti. Darslik. - T.: TDIU. 2007. - 27-30 б.
Сeнин В.С. Дeнисeнко А.В. Гостиничный бизтес: классификация гостиниц и других срeдств размeщeния: Учeбноe пособиe. - М.: Финансы и статистика, 2006. - 44-48 с.
Янович В.С. Мар^тинг в гостиничной индустрии и lyproMe. - М.: Финансы и статистика, 2003. -415 с.
Abdulqosimov X. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish muammolari va istiqbollari. Magistrlik dissertasiyasi. TDIU. 2005. - 34-36 b.
Vl-bob. TURIZMDA OVQATLANISH XIZMATI VA UNI
TASHKIL QILISH. RESTORAN XIZMATI. Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi va ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi
Restoranlarda tannarxga ta’sir qiluvchi omillar
Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari
6.1.Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi va
ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi Oxirgi 20 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va o‘lchami sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQShni liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorij fuqarolari bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog’ini sandvichlar tashkil qiladi.
“New research” kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‘ra sendvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: “Makdonalds” restoranlarida beriladigan gamburgerlar, fransuzcha sendvichlar, “Sabvey”da beriladigan sandvichlar, “Tako Bell”da beriladigan “teks-meks”. 1-chizmada xizmat ko‘rsatish bozorida restoranlarning ulushi ko‘rsatilgan.
Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar aylanma mablag‘ga ega bo‘lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran zanjirlari orasida 2005-yilda “Makdonalds” eng katta aylanma mablag‘ga, ya’ni 21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda edi. Eng ko‘p korxonalar “7-eleven” restoran zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma mablag‘ bo‘yicha ozgina orqada qolgan edi. Ushbu ma’lumotlar 1-jadvalda berilgan. 90-yillarning boshlarida pitstseriya bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. “Pitstsa-Xat”-9450 ta korxona, “Domina-pitssa”-
5300 taga va “Lill-sizar”-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi
12
birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi .
19