Оробейка У.С., Шредер Н.Г. Организация обслуживания : Рестораны и бары: Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir qator tovar markalariga (belgilariga) ega. Masalan; “Pitssa-Xat” “Pepsiko Ink” kompaniyasiga qarashli, “Tako Bell” esa “Kentukki Fred Chikken” kompaniyasiga, “TV xolding INK”ga “Denis”, “Kuinsis”, “El Pollo Loko” va “Kantin Korp”lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning yirik restoran zanjirlari strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga qaratilgan, chunki bundan katta daromad keladi.
5-jadval.
Korxonalar soni bo‘yicha birinchi 30 ta restoran tarmoqlarining tasnifi
Qato
r
Restoran Zanjiri
Korxonal
umumiy
Kompaniya
Kontseptsiya
turi
1.
7-eleven
13760
-
Foydali
2.
Makdonalds
13093
Mondonalds korp.
Gamburgerlar
3.
Pitssa XAT
9450
Pepsiko Inkg
Pitssa
4.
Kentukki-frayd
Chikken
8729
I
То\гщ
5.
Sabvey
7327
-
Sandvichlar
6.
Burger King
6648
Pilsberi korp
Gamburgerlar
7.
Deri Kuin
5381
Deri Kuin kor
Pishirihlar
8.
Domino Pitstsa
5300
Dominos Ink
Pitssa
9.
Gardner Merchan
_ л ~
4600
-
Podryadchikla
10.
Littl Sizar
4300
Littl Sizar
Pitssa
11.
Tako Bell
4000
Pepsiko Ink.
Meksikacha
12.
Vendus
3962
Vendue Int.
(Gamburgerlar
13.
Baskin Robbins
3425
Elayd layons
Shirinliklar
14.
Xolidey Inn
3385
Xolidey korp.
Uyda xizmat
15.
Xardis
3365
Imako Ltd.
Gamburgerlar
16.
ARA servis
2767
ARA servis INK
Podryadchikla
17.
Dankin Donats
2754
Dankon Donats
Shirinliklar
18.
Arbis
2603
Royal Kroun kos
Sandvichlar
19.
Marnott enejment
2519
Marnott korp.
Podryadchikla
20.
Armi end Aer
2189
-
Harbiy
21.
Kantin korp
1862
TV xoldings INK
Podryadchikla
22.
Chois Otels
1707
-
Uyda xizmat
23.
Sheraton
1510
Sheraton korp.
Uyda xizmat
Учеб.пос.- М.: Альфа - М; ИНФРА-М,2006. 30-37 с.
24.
Denis
1460
Dn. Eych Ay korp
Oilaviy
25.
Long Djon Silvers
1149
Djernko Ink
Dengiz
i i
26.
Xilton Otels
1200
Xilton inter
Uyda xizmat
27.
Sonik Drayvin
1191
Sonik indastris
Gamburgerlar
28.
Djek in ze boks
1155
Fudmeyker INK
Gamburgerlar
29
Big Boy
840
Marpott Korp
Oilaviy
30.
Shoneys
855
ShoneysInk.
Oilaviy
Манба: NRN Research, Nations Restaurant News Top Restaurant Chains and Restaurants Institutions. 2006.
Amerika Milliy restoranlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda mamlakatda umumiy ovqatlanishda 913 ming korxona xizmat ko‘rsatib, 325 mlrd. dollar savdo tushumiga ega bo‘ldi va xizmat ko‘rsatish shtatlarida 9,8 mln. kishi qatnashdi.
Hozirgi vaqtda dunyoda restoranlar konsepsiyasi yirik savdo markazlarida yuqori sur’atda rivojlanmoqda. Bunday xizmatlar yordamida bu savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda, natijada savdo hajmi 10-30% ga oshdi. Masalan: Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin shu turdagi restoranlar mavjud. Bu konsepsiyalarning xilma- xilligi savdo markazlaridagi bir qator kafe va restoranlardan tashkil topgan “Shaxobcha”lar konsepsiyasi bilan izohlanadi. London markazidagi “Meveniks Marshe” restoranida bitta bo‘limda bir vaqtning o‘zida 7 ta unchalik katta bo‘lmagan restoranlarga xizmat ko‘rsatiladi.
Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga “shved stoli” tizimi shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda- bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning “yarimpansion” shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. “To‘liq pansion”da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.
Restoranlarda tannarxga ta’sir qiluvchi omillar
Oxirgi 50 yilda mehmonxonalardagi kuzatilgan muammolar restoranlarda kuzatilmadi. Chunki restoranlar mehmonxona bo‘limlari ichida quyi bo‘lim bo‘laroq o‘z faoliyatini yurgazadilar. Faqat oxirgi yillarda katta restoranlarning va zanjir shirkatlarning rivojlanishi bilan birga bu bo‘limlarda tashkil qilish funktsiyasi katta bir ahamiyat kasb etdi. Katta restoranlarda boshqaruvchi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Nazoratchi (kassir va xodimlardan javobgardir) va boshqaruvchining yordamchisi bo‘limlarda ishlab chiqarish, sotib olish va ichimlik ishlab chiqarish restorandan hosil bo‘ladi. Tashkiliy (organizatsion) jadvallarning 2 ta ahamiyatli omili mavjuddir :
Restoranlarning ko‘lamiga ko‘ra qilinadigan asosiy ishlarda unchalik farqli ahamiyatli emasdir.
Ovqat servisining muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun personallar o‘rtasida ta’sirchanlik va muvofiqlashtirish juda ahamiyatlidir. Shuni esdan chiqarmaslik kerak bo‘lgan boshqa bir xususda ovqat servisi shaxsiy munosabatlarga bog‘liq bir industriyadir.
Amerikada 1 yilda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va ichimlikning to‘rtdan bir qismi turar joylaridan tashqarida mehmonxona va restoranlarda iste’mol qilinmoqda. Davlatning chakana savdosida to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda.
Mehmonxonalarda ovqat va ichimlik sotish daromadi xona sotish daromadiga teng, hattoki ko‘proq bo‘lib daromadning 50% ga yaqinini tashkil qilmoqda. Restoran bo‘limi xizmatlarining juda ko‘p kuch, turli xil va yuqori darajada javobgarlikli ishlar bo‘lganligi qabul qilinsa ham, hammasi tekshirilganida, jami kompleks ishlarning ovqat-ichimlik bo‘limining yaxshi tashkil qilinishi orqali juda oddiylashtirilishi va yaxshi tarbiya ko‘rgan, yetarli tajribaga ega bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan qulaylik bilan boshqarilishi aniqdir. Mehmonxonalarda ovqat servisi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xususiyatli inson kuchi manbai bilan qo‘llab quvvatlanganligi taqdirda foydali biror muassasa bo‘ladi. Aks holda katta talofatlarga sabab bo‘lgan bir mehmonxona bo‘limi holiga keladi. Rivojlangan bir mehmonxonaning ovqatlanish servisida 5 ta asosiy quyi birlik bordir. Ovqatlanish va ichimlik bo‘limining eng ahamiyatli 9 vazifalaridan biri ovqat va ichimlik tannarxini nazorat qilishdir. Chunki, tayyorlangan porselarning vaqtida sotilishi, omborga va oshxonaga keltirilgan bir necha kunlik moddalarni tez buzilmasligi kabi vaziyatlar tannarxlarni oshiradi. Yaxshi natijaga erishish uchun sotib olishdan sotishgacha bo‘lgan oziq-ovqat va ichimlikning har bir vaqtini alohida tushunish kerak bo‘ladi. Ovqat va ichimlik bo‘limi boshqaruvchilarining bu omillarni doimo ko‘z ostida tutishlari va faoliyatlarning salbiy ta’sir ko‘rsatkichlariga imkon bermaslik majburiyati bordir. Shuni unutmaslik lozimki, mehmonxonaning xo‘jalik-chiqimi bo‘lib, ovqat va ichimlik xarajatlariga ketmoqdadir.
Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari
1950-yilning boshlariga e’tiboran mehmonxona xo‘jaliklarida tatbiq qilina boshlangan faol nazorat tizimlari ovqat va ichimlik tannarxlarining pasayishiga imkon bergan, ishchilar maoshlaridagi ahamiyatli ko‘payishiga nisbatan ko‘payish ko‘rsatmoqda. Ovqat tannarxi nazoratining 2 ta ahamiyatli uslubi mavjud.
Xorvat va Xorvat ovqat tannarx tizimi. Bu tizim menyu haqidagi har bir narsa tannarxining sotishlar bilan aloqasiga tayanadi.
Tannarxlarni proporsiyalashga tayangan nazorat uslubi. Bu uslub tannarxlarning va ovqat sotilishdan keyingisini emas, oldingi daromadlarning nazorati uchun qabul qilingan 2-3 kunlik vaqtdagi jami foyda va tannarxni taxminan ko‘rsatadi. Bu tizim 2 ta asosiy guruhda jamlanadi.
Sotishlarning oldindan taxminiy hisoblanishi.
Tannarxlarning oldindan taxminiy hisoblanishi.
Taxminiy sotishlarning hisoblanishi uchun hamisha qayd qilinishi kerak bo‘lgan narsalar quyidagalar: Ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqatdagi ish hajmi. Tablodan, maxsus ovqatlardan va menyudan sotilgan hajm miqdori. Tarix, kun va qaysi salonlarning qo‘llanilgani, maxsus voqealar va doimiy mijozlar miqdori.
Ovqat tannarxini oldindan nazorat qilish uchun; Menyudagi hamma narsaning ma’lum jinsi, miqdori, sifati ko‘rsatilib standart buyurtmalar yuzaga keltiriladi. Har bir menyu uchun standart reseptlar qilinadi. Standart oshpazlik va muomala usullari qo‘llaniladi. Ovqat va ichimlik nazorat byurosi nomini olgan va boshqaruvni ovqat va ichimlik nazoratchisi tomonidan olib borilgan bir javobgar tomonidan qilinadi. Nazoratchi bevosita oziq-ovqat direktoriga bo‘ysunadi. Vazifasi, har xil bo‘limlardan kelgan ma’lumotlarni jamlash, bu ma’lumotlardan va oldingi davrlardagi hisob daftaridan foydalanib, kelgusi davrlar uchun taxmin qilish va taxminlar bo‘yicha ro‘yobga chiqqan natijalarni solishtirib natijalarini bo‘limlarga yetkazishdir. Ovqat va ichimlik nazoratida eng ahamiyatli muammo kelgusi qisqa davrlarda korxonaning turli servis joylarida qancha kishiga servis ko‘rsatilishini taxmin qilishdir.
Ovqat va ichimlik nazoratchisi taxminlarning (servis hisobi, sotish daromadi, ovqat tannarxi, tannarx foizi) yonida taxmin qilingan davrning ro‘yobga chiqqan hisob natijalarining kuniga bog‘liq, bo‘limlardan hosil qilib, taxminlar bilan ro‘yobga chiqqan sonlarni qiyoslaydi va kelgusi davr uchun yangidan taxmin qiladi.
Xulosa Sayyohlikda restoran xo‘jaligi muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qaysi turlariga e’tibor berish, sayohat qiluvcqilarning xoxish-irodasini bilish, ularni eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, ularning xavfsizligini ta’minlash, ularning talabini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati funksiyasiga kiradi. O‘zbekistonda restoran xo‘jaligini o‘rganish, undan jahon bozorlari uchun yo‘l topish juda muhimdir. Tarixiy shaharlarimiz - Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa ko‘plab tarixiy obidalarimiz xalqaro sayyohlarni bu yerlarga jalb etadi va shu orqali ularni ovqatlantirish va servis xizmatini rivojlantirish keng imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Nazorat savollari Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi qanday?
Dunyo miqyosida ovqatlanish tarmoqlariga bo‘lgan talab qanday?
Restoranlarda tannarxga qanday omillar ta’sir qiladi?
Ovqat va ichimlik tannarxlari qanday hisoblanadi?
Ovqat va ichimlik tannarxi qanday nazorat qilinadi?
Ovqat tannarxi nazoratining nechta uslubi mavjud?
Amerikada qancha ovqatlanish korxonalari mavjud?
Turistlarga restoranlardan tashqari qaysi ovqatlanish korxonalari xizmat ko‘rsatadi?
Restoran zanjiridagi savdoning necha foizini sandvichlar tashkil qiladi?
O‘zbekistonda turistik restoranlarni rivojlantirishga qanday e’tibor berilmoqda?
Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346 - sonli “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori. - Xalq so‘zi. 1998. 9-avgust
Гуляeв В.Г. Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 53 - 56 с.
Крылова Г.Д. Основы стандартизации, сeртификации, мeтрологии: Учeбник. - М.: ЮНИТИ-ДАНА. 2006. - 67-71с.
Сeнин В.С., Дeнисeнко А.В. Гостиничный биздас: классификация гостиниц и других срeдств размeщeния: Учeбноe пособде. - М.: Финансы и статистика, 2006. - 54-58 с.
Оробeйка У.С., Шрeдeр Н.Г. Организация обслуживания: Рeстораны и бары: y4e6.roa - М.: Альфа - М; ИНФРА. -М. 2006. - 30-37 с.
Vll-bob. TURISTLARGA TRANSPORT XIZMAT KO‘RSATISH Turistik transport sayohatini turkumlash
Turistlarni havo yo‘li, suv va temir yo‘llari orqali transportda tashish qoidalari
Turistlarni avtobuslarda tashish tasnifi va qoidalari
Xalqaro yo‘nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari
7.1. Turistik transport sayohatini turkumlash Turistlarga transport xizmatini ko‘rsatish - bu turizm industriyasining eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 1990-yillargacha ham ichki ham xalqaro turizmga xizmat qiluvchi avtomobil, daryo, dengiz, temir yo‘l va aviatsiya transportini o‘z ichiga oluvchi yagona transport tizimi mavjud edi. Barcha turistik xizmatlar tizimidagi transport xizmatining hissasi 40% dan ortiq qismini tashkil qilar edi. Transport sayohatlari turizmning mustaqil ko‘rinishi sifatida qaraladi.
Transport sayohati - bu turli xil transport vositalaridan foydalanib ishlab chiqilgan yo‘nalishlar bo‘yicha turistlar guruhlarining sayohatidir. Transport sayohatlari quyidagicha tasniflanadi, ya’ni:10
harakatlanish yo‘nalishi (marshruti) bo‘yicha;
foydalanilayotgan transport turi bo‘yicha;
yo‘nalish trassasining qurilishi bo‘yicha;
sayohatning muddati bo‘yicha;
mavsumiylik bo‘yicha va h.k.
Hozirgi davrda avtobus, havo yo‘li va temir yo‘li vositasidagi sayohatlar keng tarqalgan. Turistik transport sayohatlari bir necha transport turlari orqali ya’ni: temir yo‘ldan avtobus (yengil avtomobil); havo yo‘lidan avtobus va h.k. amalga oshiriladi. Mobil transporti turi sifatida avtobus va yengil avtomobildan mustaqil yo’nalishlardagi kabi turistlarni aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga yoki aksincha olib borib qo’yishda keng foydalaniladi. Har qanday turist o’z sayohatini rejalashtirayotganda manzilga olib borish (yetkazish) tezligi, sayohat qulayligi (komforti), qiymati, yuklarini olib borish (ularning og‘irligini hisobga olgan holda) imkoniyati, to’xtash joylari, ovqatlanish sharoitlari, shovqin darajasi, vibratsiya, dam olish va (tunash) uxlash jarayonlari, ekologik va albatta xavfsizlik kabi omillarni hisobga oladi. Ijobiy omillar qancha ko‘p bo’lsa, shunchalik transport sayohatining qiymati oshadi.
Turistlarni havo yo’li, suv va temir yo’llari orqali transportda
tashish qoidalari Havo transportida sayohat ham charter, ham reysli samolyotlar vositasida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda havo transportidan foydalanishda 400 dan ortiq aviakompaniyalar o’z faoliyatini olib bormoqda. O’zbekistonlik sayyohlar TU-134, IL-62, IL-86, “Boing” samolyotlaridan foydalanadilar. Turizm rivojlangan davlatlarda turistik maqsadlarda vertolyotlardan va boshqa havo transporti vositalaridan: dirijabl, havo sharlari, paraplanlar, deltaplanlar va hokazolardan foydalaniladi. Samolyotdagi komfort sharoitlari, ovqatlanish va boshqa omillariga ko’ra joylar (o’rinlar) quyidagi sinflarga bo‘linadi:
birinchi sinf (F)
biznes sinf
iqtisodiy sinf (U)
boshqa.
Turistik maqsadda havo yo’llari orqali amalga oshiriladigan sayohatlar muntazam, mavsumiy va bir martalik ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Milliy yoki alohida aviakompaniyalarda turli xil ko’rinishdagi imtiyozlar joriy etilgan:
mavsumiy;
korporativ;
bolali yo’lovchilar uchun;
guruh;
yosh oilalar uchun va boshqa.
Ayniqsa JAYA (Butunjahon Aviatsiya yo’lovchilar assosatsiyasi), ETZ (Yevropa turizm zanjiri)ning imtiyozli kartlari keng tarqalgan. Bunday kartlarga ega yo’lovchilar uchun ba’zi aviakompaniyalarning (DELTA, SAS) aviachiptalari uchun, dunyoning 4000 ta eng yaxshi mehmonxonalari to’lovi uchun, ijaraga olingan avtomobil to’lovi bo’yicha (30% gacha), yo’qolgan chipta hujjatlarini qayta tiklash bo’yicha, aeroportlarda VIP xonalaridan foydalanish, sug‘urta va boshqa imtiyozlar mavjud.
Suv yo’li bo’yicha turistlarning sayohati 250, 300 va 400 yo’lovchiga mo’ljallangan yuqori komfortga ega teploxodlarda amalga oshiriladi. Kayutalar bir o’rinli, ikki o’rinli, 3-4 o’rinli va lavozimga mo’ljallangan turlarga ajratilgan. Bunday sinfdagi teploxodlar (barcha) dam olish va barcha komfort atributlarga ega: kayutalarda qulay yumshoq mebel, konditsionerlar, muzlatgichlar, mini-barlar, restoran-barlar, sauna, musiqali salonlar, video-kinozallar mavjud bo’ladi. Suvdagi turistik sayohatlar va ekskursiyalar teploxodlardan tashqari daryo “tramvay”larida, yaxta, suv osti qayiqlarida, yelkanlarda, katamaranlarda, qayiqlarda, baydarkalarda va boshqalarda amalga oshiriladi.
Temir yo’l transportidan turizmda foydalanganda turistik sayohatlar 12 ta yo’lovchi vagonlardan iborat bo‘ladi, 2-3 vagon restoran, vagon- klubga ega bo’lgan maxsus harakat rejimi va yo’nalishi bo’yicha harakatlanuvchi turistik bo’limlarda amalga oshiriladi. Ko’pincha chet davlatlarda ekskursion turistik transport sifatida tramvay va uning retro- variantlari: trolleybus, kareti, dilishans va boshqalardan foydalaniladi. Yuqoridagi barcha transport vositalari turistik kompaniyalarning o’z mulki bo’lmasdan, balki ulardan farqli ijara, lizing va h.k. asosida foydalaniladi.
Turistlarni avtobuslarda tashish tasnifi va qoidalari
Ommaviy turistik transport sifatida asosan avtobusdan foydalaniladi. Yuqori komfortabelli turistik avtobuslardan shuningdek, uzoq yo’nalishlarda ham foydalaniladi (Toshkent-Moskva-Minsk-Varshava, Berlin-Parij). Bunday yo’nalishlarda turistlar uchun tungi dam olish otel yoki motellarda tashkil etiladi. Bir reys muddatidagi turistlar (Nr) soniga qarab avtobusning (avtomobil) reysdagi unumdorligini topishimiz mumkin. (Wp):
Np
Wp к yo‘lovchi (1);
Dcp | (Vt*Z)+tp
bu yerda: Dcp - turning o‘rtacha uzoqligi, km; Vt - tekislik tezlik, km.s, Z - (yo’ldan unumli foydalanish koeffitsienti (0,90-0,90)), Tp-reys vaqti (harakat vaqti. h to’xtash vaqti (yo’lovcqilarni chiqazish uchun) - tushirish vaqti h yo’nalishning oxirgi punktida to’xtab turish vaqti). Zarur ma’lumotlarni bilgan holda soatlik, kunlik, oylik va yillik unumdorlikni hisoblash mumkin.
Ichki yo’nalishlarda turistik sayohatlarni tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Agar turistik kompaniyaning avtobusi yoki umuman shaxsiy transport vositalari bo’lmasa, ular avtotransport korxonalari bilan shartnoma tuzadilar. Shartnomada ijaraga beruvchi va ijarachining majburiyatlari; transportdan foydalanish predmeti; ijara muddati, ijara to’lovi tizimi (vaqtbay, unumdorlik km. uchun kelishilgan va b.); o‘zaro hisob-kitob tartibi; haydovchi va sayoxat olib boruvchi yoki shu bilan o’zaro munosabati; shartnomani amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi; shu jumladan fors-major shartlari va h.klar (ko’zda tutiladi) belgilab qo’yiladi. Yo’nalish pasporti yoki transport, turistik yo’nalishning kartochkasi yuqoridagi shartnomaning ajralmas muhim qismi hisoblanadi.
Uzoq muddatli sayohatlar uchun yumshoq o’rindiqli, boshqariladigan kreslali, past shovqin va vibratsiya darajasi, iloji boricha ekonomik toza yoqilg‘i va h.klarga ega bo’lgan yuqori komfortabelli avtobuslardan foydalanish kerak, shuningdek yana garderob, hojatxona, bar, xolodilnik, oshxona va h.klarga ega bo’lishi kerak. Avtobus mikro iqlimiga talablar Davlat Standarti, sanitariya-gigienik normalar va xalqaro standartlarga muvofiq qo’yiladi. Infratovush darajasi samoning istalgan nuqtasida 96 dB dan oshmasligi lozim. Avtobus o’rindiqlari orasidagi masofa 80-85 sm bo‘lishi lozim.
Avtobus yon oynalari 2 qavatli, determal qoplamali, tashqi muhit bilan salonning issiqlik almashuvini kamaytiruvchi bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari avtobus salonlarida individual yorug‘lik, chuchuk suvni termos, hojatxona, yuvinish xonasi, garderob va h.klarga esa alohida qism, bir necha monitorli televizor, videomagnitafon, radiotelefon va boshqa aloqa qulayliklari mavjud bo‘lishi kerak. Ichki yo’nalishlarda marshrutning uzoqligi, turistlar soni, yo’nalish kategoriyasi, komfort darajasi va h.klarga ko‘ra turli avtobuslardan foydalanishadi. 35-40 kishilik turistik guruhlar uchun LAZ, IKARUS, TAM, MERSEDES va boshqa avtobuslarda xizmat ko‘rsatiladi.
Xalqaro yo’nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish
xususiyatlari Xalqaro turistik sayohatlarni amalga oshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
yo’nalishlar (marshrutlar) doimiy bo’lishi kerak;
mavsumiy yo’nalishlar (marshrutlar);
bir martalik (buyurtma) yo’nalishlar (marshrutlar);
chet elga ketuvchi va chet eldan qaytib keluvchi turistlar uchun xizmat ko’rsatuvchi.
Doimiy yo‘nalishlar uchun quyidagi shartlar majburiy hisoblanadi:
yo‘nalishtning aniqligi;
harakatlanish jadvali;
harakatning muntazamligi;
aniq punktlarda to‘xtash.
Doimiy xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanish davlatlararo 2 tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladi, uchinchi davlat orqali tranzit esa transport bo‘yicha Yevropa Iqtisodiy Komissiya qo‘mitasi ruxsati bilan amalgam oshiriladi. 1973-yil 1-martda Jeneva Konvensiyasi doirasida “Yo‘lovchi va yuklarni avtomobilda olib o‘tish shartnomasi to‘g’risidagi konvensiya” qabul qilingan. Turistik sayohat davomida foydalanilayotgan avtobus haydovchisi yo‘lovchilarning birma-bir ismi, sharifi yozilgan ro‘yxatga ega bo‘lishi lozim. Avtomobil transporti vositasida xalqaro tashishni tashkil etishda quyidagi masalalarni hal etish lozim:11
texnik yordam, remont va texnik xizmat ko‘rsatish (yo‘lda);
bekatlar, yoqilg’i quyish shaxobchasi, dam olish, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
yo‘nalish trassasida aloqani tashkil etish va h.k.
Yukchilik yoki sug’urta kompaniyasi:
sug’urta javobgarligi shartnomasi yoki qonunchiligida (nazarda tutilgan) belgilab qo‘yilgan miqdorda, yo‘lovchining sog’ligiga zarar yetkazganligi uchun;
yukka zarar yetishi yoki manzilga yetkazilmaganligi uchun;
yukning yo‘qolganligi uchun va h.klar bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Jeneva onvensiyasiga binoan har bir jabrlanuvchi uchun maksimal zararni qoplash summasi 350 ming tilla frankdan oshmasligi kerak.
Turistik transport sayohatlari xalqaro miqyosda shuningdek, shaxsiy prokatga yoki ijaraga olingan avtomobillarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda sayohat mustaqil erkin dastur yoki maqsadli marshrut bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Hayot uchun zarur barcha narsalar kompleksiga ega bo‘lgan pritsepli avtomobil vositadagi guruhli turizm “karavaning” deyiladi. Avtoturistlarga xizmat ko‘rsatishda quyidagi vositalar o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
rodtel - g’ildirakdagi yo‘l oteli (avtopoyezd), bu yerda yo‘lovchi o‘rinlaridan tashqari uxlash uchun joylar, shuningdek oshxona mavjud;
kemping - avtoturistlar uchun lager, bu tunash yoki ozgina dam olish uchun xizmat qiladi;
motel - (yo‘lovchi) turist (va uning avtomobili) ning (ma’lum) uzoq muddat istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan mehmonxona. Motelda turistlar uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak, barcha qulayliklarga ega bekat, texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, avtomobilning ta’miri va yoqilg’i quyish shaxobchasi va h.k. Xalqaro turistik marshrutlarda yuqori sifatli va yuqori ekologik xarakterli “MERSEDES”, “RENO”, “VOLVA”, “SETRA”, “MAN, DAF” kabi chet el avtobuslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu avtobuslar xalqaro standartlarga to‘liq javob bera oladi.
Xulosa Turistlarni tashishda asosiy vositalardan biri bo‘lgan transport vositalari muhim rol o‘ynaydi. Chunki transport tizimi qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa turistlarning dam olishlari va sayohat qilishlari shunchalik qulay bo‘ladi. Hozirda respublikamiz turizmida ham zamonaviy transportlardan keng foydalanilmoqda. O‘zbekistondagi turistik korxonalarda qulay va komfor avtodor va mikroavtodorlardan keng foydalanilmoqda. Bir davlatdan ikkinchi davlatga borishlari uchun charter reyslar ochilgan. Faqat viloyatlardagi turistik korxonalarda ham turistik vositalar yaxshi yo‘lga qo‘yilsa turistlarning ushbu shaharlarni ziyorat qilishlariga keng imkoniyat yaratiladi.
Nazorat savollari Turizmda transport sayohati nima?
“Yo‘lovchi va yuklarni avtomobilda olib o‘tish shartnomasi to‘g‘risidagi konventsiya” qachon va qayerda qabul qilingan?
Transport sayohatlarining tavsiflanishi.
Turizmda keng tarqalgan transport turlari.
Turistik aviatsiya sayohatlari qanday amalga oshiriladi?
Xalqaro turistik yo‘nalishlarni amalga oshirishda qaysi avtobus turlaridan keng foydalaniladi?
Turistlarni temir yo‘l transporti vositasida sayohat qildirishning afzalliklari nima?
Turistik rodtel nima?
Turistik maqsadda havo yo‘llari orqali amalga oshiriladigan sayohatlar qanday xususiyatlarni tashiydi?
Doimiy yo‘nalishlar uchun qanday shartlar majburiy hisoblanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar Биржаков М.Б. Ввeдeниe в пуризм: Y4e5H^. - M.: «Издательский дом ^рда», 2006. - 512 с.
Гyляeв В.Г. Правовоe рeгyлированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика, 2005. -304 с.
Улицкий М.П. Ощнка стоимости транспортных срeдств: Y4e5H^. - М.: Финансы и статистика, 2005. - 304 с.
Гвоздeнко А.А. Страхована в тyризмe. y4e6roe пособиe. - М.: Акадeмия, 2005ю -245 сю
www.world-tourism.org - Всeмирная туристская организация
Vlll-bob. TURISTLARGA EKSKURSIYA XIZMATI KO‘RSATISH Turistlar ekskursiya xizmati ko‘rsatish asoslari
Ekskursiyaning turizmga bog’liqligi
Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi Turistlar ekskursiya xizmati ko‘rsatish asoslari
Turistik xizmatlar tarkibiga ekskursiyalar, poxodlar ham kiradi. O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi qonunida: "ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob’yektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi (gid) hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi",- deyilgan.12 Gid haqida esa: "gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya - axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs",-deyiladi.
Ekskursiya (excursion) - turistga va ekskursant (bir kunlik ziyoratchi)ga taklif qilinishi mumkin. Ekskursiya turistik xizmat bo‘lib, turistning estetik, ruhiy, boxabarlik va boshqa qiziquvchanlik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ekskursiya mobaynida qatnashuvchilar olamni anglash, tabiat mo‘jizalarini, tarixiy obidalarini ko‘rishi, shahar va bog‘larda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchi Rossiya ekskursiya olib boruvchisi Pyotr I hisoblanadi. U xorijlik mehmonlarni Sankt-Peterburg bo‘ylab olib yurib, qurilishlarni ko‘rsatar va o‘zining muvaffaqiyatlari bilan maqtanishni yoqtirar edi. Ekskursiyaning o‘ziga xos shartlari ham bor: tematika (mavzu), rejalashtirilgan yo‘nalish (marshrut), ma’lum muddatga oldindan tayyorlangan matn va tabiiyki, ishtirokchilarning, ya’ni ekskursantlarning bo‘lishi. Ekskursiyaning funksional ahamiyati - dam olish va madaniy saviyaning oshishi, muloqot. Ko‘ngil ochishning uslublari va xillari chegarasiz darajada ko‘p, negaki ular tashkilotchilarning fantaziyalariga bog‘liq‘. Ko‘ngil ochish mashg‘ulotlarining 110 ga yaqin eng mashhur va ko‘zga ko‘ringan turlari mavjud. Texnika rivojlanishi va o‘yingohlarning tashkilotchilari fantaziyasi bilan yangidan - yangi dam olish imkoniyatlari ko‘paymoqda.
Har kimning ta’bi xar hil, ba’zi bir turistlar Parijdagi tarixiy muzey eksponatlarini ko‘rish uchun Luvrni ko‘rishni xoxlasa, ko‘pchiligi “Yevro Disney” - Uolt Disneyning kashfiyotlarini tomosha qilishni yoqtiradi. Juda ko‘p markazlar, hiyobonlar atraksionlar bilan to‘la. Bular, arg’imchoqlar, qiyshiq oynalarning kulgu xonalari, uchish joylari. Misol uchun, Disney bog’ining tematik davomi bo‘lgan kosmik uchishlarni boshqarish pulti shaklida jihozlangan bolalarning elektron o‘yinlari uchun butun bir zalni ajratilgan "Disney Magic" Amerikada esa otlarda yurish, har xil fantastik, mexanik va elektron ko‘rinishdagi tomoshalardir. Hozirgi kunda yuqori darajaga erishgan kruiz, “Disney Magic” kruiz laynerini keltirish mumkin. Atraksionlar tizimida bolalarning avtomat o‘yinlari katta o‘rin tutadi, kattalar uchun esa yanada jiddiyroq o‘yin sanoatining yangi kategoriyasiga oid ko‘ngil ochish mashg‘ulotlari ma’quldir. Ular billiard, karta, ruletka va boshqalardir.
O‘yin biznesi ko‘ngil ochish tizimida alohida o‘rin tutadi. Las-Vegas dunyoda o‘yinlar biznesining poytaxti hisoblanadi. Cho‘l o‘rtasidagi kichkina shaharcha yer yuzini o‘zining o‘yingohlari bilan lol qoldirgan. Aynan, Las-Vegasda dunyoning eng katta 13 ta mehmonxonasi qurilgan. O‘yin zallari bir vaqtning o‘zida 1000 ta stolni o‘z bag‘riga oladi, minglab turistlar bu yerda o‘z omadlarini sinab ko‘rishga kelishadi.
Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi
Turizm ekskursiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ekskursiya har bir turistik sayohatning fikriy ifodasidir. Odatda ekskursiya deganimizda diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish, tarixiy muzeylarni ko‘rish, arxeologik qazilma boyliklarni ko‘rish va boshqalar tushuniladi. Ekskursiya turli xil bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:
Ekskursiya sayohatlarini mazmunan quyidagi sinflarga ajratish mumkin, ko‘zdan kechirish, umumiy-sharhli, ko‘p rejali, mavzuli tematik, tarixiy, madaniyatshunoslik va boshqalar.
Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra.
O‘tkazish joylari.
Harakatlanish uslubi.
O‘tkazish shakliga ko‘ra bo‘linadi.
Ekskursiyaning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri turizmning rivojlanishi va jamiyat hayotida diniy ziyoratgohlar, haj marosimlari bilan bog‘liq tarixning ommaviylashganligidir, keyinchalik murakkab va ko‘p xil xalqning ehtiyojlari (turli xil madaniy manbalarga, tarixiy me’roslarga va hokazo) shakllarga o‘zgardi. Shunday qilib, qiziqish ehtiyojning aniqlovchi omili bo‘lib xizmat qilgan. Shu ma’noda sayohat, jamiyatning rekreatsion - tanishish ehtiyojlaridan kelib chiqish formasi va qondirish usuli bo‘ladi. Sayohatlarni rivojlantirishning asosiy sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jamiyat umumta’lim sa’viyasining oshganligi, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish, individual reja bo‘yicha dam olishni tashkil qilishning yangi imkoniyatlarini paydo bo‘lishi ahamiyatga ega. Hozirgi paytda turizm va ekskursiyani tadqiq qilishni quyidagi turlarga ajratishmoqda: siyosiy (jamiyatning qaysi tabaqalari, turizm va sayohatga qatnashmoqda):
iqtisodiy (turizm va sayohatlar iqtisodiyoti sifatida “turizm industriyasi”): geografik (turizm va sayohatlar uchun territoriyalarni turga ajratish va foydalanish);
tashkiliy (turizmni kim boshqaryapti): xalqaro-siyosiy; tibbiy; gumanitar. Agar turizm bo‘sh sharoitlardagi (faoliyat) harakat turi sifatida yuzaga chiqsa, sayohat esa ana shu harakatni tashkil qilish formasida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, ekskursiya-turizmning asosiy turi hisoblanadi. Ekskursiya har xil mavzular bo‘yicha sinflantiriladi. Ekskursiyalarning asosi bo‘lib axborot
hisoblanadi. Axborot manbaalarini bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
ob’yektlar, diqqatga sazovor joylar va mintaqalar:
milliy-etnografik boyliklar:
tarixiy ahamiyatga ega joylar.
Ekskursiya tayyorgarlik sayohatning asosiy mazmunini ochib berish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot. Bularga: bevosita (sayohat, ko‘rgazma ob’yektlari) va vositali (ekskursovod matni) ma’lumotlar kiradi. Ekskursiya uchun ob’yektlar tanlash, ularning tarixiy mohiyati va madaniy-tarixiy qiymatiga bog‘liq. Ob’yektlarni o‘zlashtirishda turli xil tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin. Ekskursovod nafaqat ob’yektlarni ko‘rsatishi, balki ularning mazmunini o‘z so‘zlarida ochib berishi kerak. Ob’yektni ko‘rsatish ekskursiyachilarni diqqatini jalb qilish sifatida namoyon bo‘lsa, uning tahlilini so‘zlarda ochib berishi va yana ko‘p boshqa ahamiyatga jalb etadi. Ob’yektning ko‘rsatilishi va uning boshqalaridan xususiyatlariga ko‘ra ajratilishi tahlil deyiladi. Tahlil davomida ekskursiyachilar ob’yektning tanilishidan uning xususiyatlarini bilish, sifati, munosabatlari va keyinchalik, chuqurroq tanishishi bilan tugaydi. Ob’yekt tahlilida uni qismlarga ajratish tushiniladiki, u sayohat davomida ob’yekt ekskursiyachilar tarafidan batafsilroq tasavvur qilinadi. Ko‘rsatish, tahlil va kuzatish bir yo‘nalishda olib boriladi. Ob’yektni tahlil qilish uslublari va kuzatish ekskursiya mavzusiga bog‘liq: ob’yekt harakteri, ekskursiyada tutgan o‘rni va ahamiyati, bilim darajasi, ishlash tajribasi, ekskursiyachilar qiziqishlariga bog‘liq, ekskursiyada bilimning asosiy manbai bo‘lib so‘z xizmat qiladi.
Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi
Ekskursiyada asosiy hikoya formalari bo‘lib tasvir, ketma-ketlik, sanash va ob’yektlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tushuntirish, o‘zaro ichki bog‘liqlik va bog‘lanishlar mazmunini ochib berish, izohlash, jarayon mobaynida diqqatni ob’yekt xususiyatlariga qaratish, ko‘rsatma berish, ob’yekt kuzatuvining to‘g‘ri olib borilishi bilan bog‘liq ekskursovod tavsiyalari kiradi. Ekskursiya shaharlararo sayohat qilishning norasmiy formasi hisoblanadi. Munosabatlar sayohat jarayonida yuzaga keladi va uning bosqichlari bilan birga rivojlanib boradi. Ekskursiya jarayonida munosabatlarning ochiq xarakterdaligi, ijtimoiy sinflarning yo‘qligi, har bir turist munosabatining qamrovini kengaytirish muhimdir, ekskursiya bu xususiyatlarni spetsifik vositalar yordamida yetkazilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, auditoriya doimiy ravishda ekskursovod va ob’yektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Sayohat esa o‘z o‘rnida ekskursovod, ob’yektlar va ekskursiyachilar munosabatlarining natijasidir. Ekskursiya davomida auditoriyani ajratuvchi va birlashtiruvchi belgilar paydo bo‘ladi. Birlashuvchi belgilarga ekskursiyachi va ekskursovod orasidagi munosabatning mavjudligini ko‘rish, eshitish, umumiylik hissi, bir-biriga ta’sir etish (emotsiya) umumiy diqqatning jalb etilishi sayohatga qadar to‘plangan turistlar auditoriyani tashkil qilmaydi. U faqat diqqatning bir joyga jalb qilinishidan keyingina ekskursovod auditoriya hamohangligi, ularning psixofiziologik va ijtimoiy hamohangligi sharoitida kayfiyatning yaxshi bo‘lishi, ularning barchasi ekskursiyaning yaxshi kechishi uchun zamin yaratadi. Ma’lumki, ekskursiyachilar tushunchasi turlichadir. Ekskursitachilar tushunchasi darjasini aniqlash uchun tipologik guruhlar qo‘llaniladi: haqiqatdan ekskursiyachilar sayohat mavzusi bilan qiziqib va kerakli ma’lumotlarni olish uchun intilganlar.
Ekskursiyachilar, qaysiki sayohatni kutib va eshitibgina qolmay, balki bunda faol qatnashishni xohlaydilar, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, sayohatga yomon kayfiyatda kelishadi va sayohatni buzishga qodirdirlar.
Ular sayohatga o‘zlarining xohishisiz kelishgan. Bu ekskursiyachilarni layoqatsiz deb atash mumkin, chunki ular sayohatga ko‘p ham qiziqmaydilar. Bular ekskursavodlar dushmanidir. Kasb yosh yoki ma’lumotiga qarab ekskursiyachilar auditoriyasi tarkibi bir xil bo‘lishi mumkin. Ekskursiyachilar diqqatini sayohatga jalb qilish uchun o‘ylash, qabul qilish yoki tushunish, xotira, ma’no va ekskursavoddan kelayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash va o‘zlashtirish, psixologik jarayonlarda aniqlanadi. Diqqatning uch xili ma’lum: xohish bilan, xohishsiz va istakdan so‘ng. Xohishsiz diqqat bu - ob’yekt haqida o‘ylashga qaratilgan, hech qanaqa kuchsiz (harakatsiz) kelib chiqadi. Xohish bilan diqqat shuning aksidir.
Xulosa Mavzuning asosiy mohiyati turistlarga sayohat (ekskursiya) tashkil qilish, ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi, turistlarning ekskursiyadan maqsadini o‘rgatish.
Nazorat savollari Turistlarga ekskursiya tashkil qilish nima?
Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi nima?
Turistlarning ekskursiyadan maqsadi nima?
Ekskursiya qanday turlarga ajratiladi?
Ekskursion sayohatlarni mazmunan qanday sinflarga ajratiladi?
Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiya nima?
Ekskursiyaning o‘tkazish joylari qanday bo‘lishi kerak?
Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.
Ильина E.H. Туропeрeйтинг: организация дeятeльности:
Y4edH^. - М.: Финансы и статистика, 2005. - 48-50 с.
Alieva M.T., Mirzaev M va boshqalar. Turizm huquqi. O‘quv qo‘llanma. T:, Talqin. 2003. -6-8 b.
Мирзаeв. Р. Typ^Trne^^ жeмчужины Узбeкистана. Илмий манография. Т.: Ипак «Шарк» 2005г -67-69 с.
Turizm marketingining xususiyatlari
Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash va sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik Yevropa qit’asida amalda qo‘llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli (tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‘rganilishi 1950-yillarda Yevropada amalda qo‘llanilgan. Ikkinchi jahon urushigacha lyuks bir iste’mol soha bo‘lgan turizm tarmog‘i, urushdan keyin Yevropadagi sanoatlashuv harakati bilan birga rivojlanishga va tarqalishga boshlagan. Iste’molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‘i xalqaro bir xususiyat qozonib talab va taklif muvozanati buzilishni boshlagan. 1936-yildan e’tiboran Yevropada pullik ruxsat haqining berilishi bilan ishchilar, mutaxassislar ta’tilga chiqib turizm harakatlariga qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‘zgarish ortgan, yangi tunash tarmoqlari yuzaga kelgan. Sayohat qilgan insonlar soni har yili tez sur’atlarda ortib borgan. Ta’tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining 60% ini tashkil qilgan. Dunyoda sayohat qilgan kishilar soni 1970-yilda 168 mln. kishi ekan. 1989-yilda bu hisob 420 mln. kishi, 2005-yilda esa bu raqam 685 mln. kishiga yetgan. Sayohat qilgan insonlar turizm tarmog‘iga qatnashib 1989-yilda 230 mlrd. dollar miqdorida turizmga sarf qilgan bo‘lsalar, 2005-yilda bu ko‘rsatkich 475 mlrd. dollar, 2007- yilda esa ushbu ko‘rsatkich 480 mlrd. dollar bo‘lgan. Makro darajada davlatlar, mikro darajada turistik korxonalar iste’molga tayanib turizmda ma’lum bir miqdorda talabni oshirish uchun turizm marketingi tizimlarini
17
rivojlantirishga e’tibor qaratganlar.
Xususan 1970-yillardan keyin talabni jonlantirish uchun turizm marketingi tadqiqotlariga e’tibor berilgan. Marketing, mahsulotning bozorda iste’molchi bilan qarsqilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir degan edik. Turizm marketingini ham turistik xizmat yoki mahsulot bilan
1 7