A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. - М,: КНОРУС. 2005г. 49-55 c



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə14/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. - М,: КНОРУС. 2005г. 49-55 c
turizm bozori shakllantiradi. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar uch guruhda tavsiflanadi:

  1. Tunash va ovqatlanish tarmoqlari.

  2. Sayohat byurolari va turoperatorlar.

  3. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalar.

Turizm bozori geografik nuqtai nazardan ikki qismga, milliy va xalqaro turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi iste’molcqilar turist deb ataladi. Turizm marketingida mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar juda turli xil xizmatlarning yig‘indisidan tashkil topmoqda.

  1. Turizm marketingining ta’rifi

Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm muassasalarining, milliy va xalqaro darajada turistlarning ehtiyojlarini (optimize) qarshilishiga qarab tizimli va birlikli harakatlardan tashkil topmoqda. Insonlarning bo‘sh vaqtlarini qadrlash maqsadida ish, oila, konferensiya maqsadlarida biror mintaqada, o‘lkada yoki mamlakatlar orasida sayohat qilish xohishi va ehtiyoji turistik korxonalarning tashkil topishiga sabab bo‘lgan. Bu korxonalar, iste’molchi bo‘lgan turistik guruhlarni eng uyg‘un yerlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayohat qildirish maqsadida bir qancha uslublar va texnikalar yaratmoqda. Boshqa bir turizm marketingi ta’rifi quyidagicha izohlanadi:
“Turistik mahsulot va xizmatlarni turizm vositalari yordamida mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro rejada ishlab chiqaruvchining va iste’molchi bo‘lgan turistning oqimi yangi turistik iste’mol ehtiyojlari va takliflarining yaratilishi bilan bog‘liq faoliyatlarining yig‘indisi turizm marketingidir”. Turizm marketingi turistik ehtiyojlarni qarshilaydigan mahsulot va xizmatlarning turistga taqdim etilishi va sotilishi bilan bo g‘liq harakat hisoblanadi. Mehmonxonalarning maqsadi foyda olish bilan birga xaridorlarning ehtiyojlarini qarshilash va ularni mamnun etishdir.
Marketing uzluksiz davom etuvchi bir jarayondir. Turistik mahsulot va xizmatlar turistga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi turistik korxonalar tomonidan yoki vositachi firmalar, sayohat byurolari yoki turoperatorlar tomonidan sotiladi. Turizm marketingida turistlarning yangi ehtiyojlari davomli ravishda izlanilishi va o‘rganilishi kerak. Sayyohning ehtiyojlari birinchi rejada tutiladi. Boshqa bir mahsulot yoki xizmatlarga ko‘ra turizmning ahamiyatli xususiyatlar tashishi, marketingning bu sohada qo‘llanishini juda kerakli holga keltirgan. Turizm mahsuloti, boshqa tovar va xizmatlardan farqli o‘laroq boshqa muassasalarga qaraganda tugallanuvchi bir aralash mahsulot xususiyatiga egadir. Turistik mahsulotga qarshi bo‘lgan turistik talab ham ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarshi e’tiborli bo‘lib katta bir elastiklik ko‘rsatadi. Turizm taklifining tashilmaydigan (mehmonxona) xususiyatda bo‘lishi, turistik xizmatlarning joyida tugatilishi natijasini tug‘dirmoqdadir. Turizm mavsumi oxirida mehmonxona, samolyot va boshqa ba’zi vositalarni boshqa bir mintaqaga tashish imkoni yo‘q. Turizm marketingiga bog‘liq harakatlarning maqsadlarini asosiy marketing maqsadlariga mos qilib 3 ta guruhda jamlash mumkin:

  1. mavjud bozorni saqlash, boshqa bir ifoda bilan korxonaga yoki mamlakatga yo‘naltirilgan turizm talabini eng kamida bir xil darajada tutish;

  2. Bozordagi potentsial talabni harakatchan talab shakliga aylantirish, ya’ni turizmga qatnashadigan imkoniyatlarga ega bo‘lgan, faqat buni haligacha ro‘yobga chiqarolmagan tashkilotlarni turizmga jalb qilish;

v) yangi bozorlar yaratish, oldindan bilinmagan, o‘rganilmagan yoki keraklicha qiymatlantirilmagan bozorlarga kirish, boshqa korxonalarga yoki mamlakatlarga yo‘naltirilgan turistik talabni jalb qilib turistik mahsulotlarni sotish sohasini kengaytirish.

  1. Mehmonxona xo‘jaliklari marketingi

Turizm sektorida yetishtirilgan mahsulot va xizmatlarning marketingida industriya mahsulotlarining marketingidan farqli ba’zi xususiyatlar bo‘lmoqda. Mehmonxona xonalari uchun bo‘lgan talab o‘zgaruvchan talabdir. Mavjud mehmonxona mahsulotlarining eng ahamiyatlisi bo‘lgan mehmonxona xonalari, yer va makon boqimidan barqarordir. Talab kamaygan vaqtda bo‘sh hajm yuzaga keladi va talabning eng yuqori bo‘lgan vaziyatlarida mutlaqo ma’lum bo‘lgan bir ustki sig‘im chegarasi bor, bu chegaradan o‘tilmaydi. Mehmonxonachilik asosidagi marketing, eng oldin bozorning uyg‘unligi izlanish yo‘li bilan talabning qozonilishiga asos bo‘ladi. Bu izlanish, mehmonxona uchun eng yaxshi bozor imkonini, bozordagi bir joyni yoki alternativ joylar orasidagi mehmonxonalardan birortasini saylosh belgilaydi yoki ma’lum bir joyda quriladigan eng yaxshi mehmonxona shaklini ta’minlaydi. Marketing mehmonxona muassasi bilan davomli bozor izlanishi, mahsulot yetishtirish, sotish, tartiblik va ko‘zdan kechirish kabi marketing bosqichlari bilan aloqada bo‘ladi. Mehmonxonalar insonlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida qurilgan tijoriy tashkilotlardir. Marketing negizi mehmonxonachilar tomonidan yangi qabul qilina boshlangan. Ba’zilari marketingni bir xil ma’noda ko‘rishda davom etmoqda. Biror mehmonxona, mehmonxona xizmatlaridan foydalanganlarning ehtiyojlarini qarshilay olishdan, shaxsiy mehmonxona xizmatlari ma’lum bozorlarga sotilgan mehmonxona mahsulotlari bo‘lib qurilishi kerakdir. Har bir mehmonxona ma’lum bozor bo‘limlari va o‘z mahsulotlari orasidagi tenglashtirishni bajarishi kerak. Bajarilish uchun ham mehmonxona xizmatlariga qarshi kelgan talab tahlili qilinishi kerak.

  1. Turizm marketingining zarurligi

Oxirgi yillarda iqtisodiy o‘zgarishlar va yangi texnikalarning rivojlanishi korxonalarning xizmat va mahsulotlarini marketing shakllarida va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli bir o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Kompyuter texnoligiyalaridagi rivojlanishlar ba’zi turistik masofalarning oldingi rejaga chiqishiga sabab bo‘ldi. Iste’molchi munosabatlaridagi o‘zgarishlar va boshqa omillar korxona xo‘jayinlariga xaridorlarning kutish vaqtlarining o‘tganini, endi o‘zlari borib xaridorlarni izlash va ularni o‘zlariga jalb qilish kerakligini tushina boshladilar. Bu jarayon restoran yoki mehmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taalluqlidir.
Marketing tushunchasining o‘zgarishida faqat 3 ta ahamiyatli omil mavjud.13

  1. Bajarish uchun faqat ishlab chiqarishning kerakli bo‘lgani (talab takliflardan juda ko‘p bo‘lsa) ishlab chiqarish yig‘indisidan iste’mol yig‘indisiga (talab taklifdan kam bo‘lganda) o‘tish. Bu vaziyatda, mehmonxona xo‘jaligi sektorida, sotish funksiyalari birinchi bo‘lmoqda. Bunday paytda bozorning ehtiyojiga qarab ishlab chiqarish va tarqatish kerak. Boshqa tomondan talabga moslashish qiyin holga kelmoqda. Bu o‘tish marketing tushunchasida yuzaga kelgan rivojlanishni isbotlamoqdadir.

  2. Raqobatning rivojlanishi, o‘xshash yoki qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar taqdim etgan yoki bir xil kategoriyadagi korxonalar orasida yuzaga kelgan raqobat (mahsulot raqobati) Nilton- Sheraton (Hilton- Sheraton) mehmonxonalari yoki Mas Donald va Wath gamburger kabi tezda ovqat tayyorlanadigan korxonalar kabi. O‘xshash mahsulotlar taqdim etgan turli sektorlarning korxonalari o‘rtasida yuzaga kelgan raqobati: birlashgan mehmonxona zanjirlari, ko‘ngilli zanjirlashishlar, ijtimoiy turizm maqsadli sektor, boshqa guruhlantirishlar kabi. Milliy bozordan xalqaro bozorga to‘g‘ri chiqqan raqobat. Bu saviyada hatto milliy raqobat dunyo raqobatiga qatnasha olishi uchun o‘zini fido eta olish majburiyatidadir. Xorijiy sayyoh bir nechta masofa orasidan tanlash huquqiga egadir: London, Parij, Roma, Bryussel, Madrid, Turkiyadagi, Istanbul, Izmir, Antaliya bilan raqobat qiladilar.

  3. O‘zgarishlar-yangilanishlar: Hayotda - yuzaga kelgan yangilanishlar, amaliy qo‘llashlar, hayot darajalarining yuksalishi, iste’molchilarning ovqatlanish, tunash va ijobiy ko‘nikishlari orasida tanlash imkonini, shansini orttirmoqda

  1. Turizm marketingining xususiyatlari

Turizm marketingida industriya korxonalaridagi marketingga o‘xshash ba’zi xususiyatlari mavjud. Turizm marketingini boshqa industriya mahsulotlaridan ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi:14

  1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning material xususiyati yo‘q. Holbuki industriya mahsulotlari ideal o‘lchaniladigan yoki deyiladigan vositalardir.

  2. Imkonli iste’mol mahsulot va xizmatlardan farqli o‘laroq 2 xil tartibda bozorlanadi.

  1. rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to‘g‘ridan sotish maqsadi bo‘lmagan marketing;

  2. korxonalar tomonidan qilingan va o‘z mahsulotlarining sotilishlarini maqsadlagan marketing.

Turizm marketingida industriya marketingiga qaraganda atrof - muhit muammolari e’tiborga olinadi. Dengiz, qum, quyosh, tabiiy go‘zalliklarning mavjudligi va boyligi marketingni ta’sirlaydi.

  1. Turizm marketingida iste’molchi xizmatga ega bo‘lish uchun ishlab chiqarish joyiga ketadi, industriya marketingida esa, mahsulotlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga olib kelinadi va yetkaziladi.

  2. Turizm marketingida, ishlab chiqarish va iste’mol bir xil vaqtda ro‘y beradi. Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya marketingida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotishga taqdim etiladi.

  3. Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli va uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir.

  4. Turizm industriyasida marka (etiket) nizomiga bog‘liqlik kamdir. Turizm bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo‘lgan bir mintaqa yoki madaniy markazdir.

  5. Turistik xizmatlar uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik talabdir. Talab elastikdir.

  6. Turizm marketingining asosiy maqsadi iste’molchini mamnun etishdir.

  7. Industriya marketingida maqsad, bir mahsulotning iste’molchiga foyda keltirishidir.

  8. Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko‘rsatiladi.

  9. Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotidir, faqat qo‘llanilishi bilan farq qiladi.

  10. Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir.

  11. Turistik mahsulotlar yig‘ilmaydi. Shu sababli turizm marketingi tavakkaldir.

  12. Turistik mahsulotlar bir biridan farqli bo‘lganligi uchun ularni standartlashtirish imkoni yo‘qdir.

  13. Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir.

  14. Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo‘lganligi uchun nazorat funksiyasi juda qiyin yuzaga keladi.

  15. Turizm marketingi sanoat marketingiga qaraganda juda tavakkaldir. Biror restoran yoki mehmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir joyga tashish imkoni yo‘qdir.

  16. Xizmatning sotib olinishi va qo‘llanilishi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida to‘g‘ri munosabatni keltirib chiqaradi. Bu munosabatda quyidagi natijalar paydo bo‘ladi.

  1. bu munosabatning yuzaga kelgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror mehmonxonaning yo‘lagi, biror restoranning ichi kutilgan xizmatning natijasining olinishini ro‘yobga chiqarmoqda.

  2. munosabatlarda yuqori bir shaxsiylik ko‘riladi. Mashhur bir katta mehmonxonaning yoki restoranning mijozi u yerda ismi bilan chaqirilishidan yoki xotirlanishidan katta bir sevinch his etadi. Aksi bo‘lsa mushtariy boshqa bu yerga kelmasligi mumkin.

Xulosa
Turizm rivojlanishini marketingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki marketing turizm bozorini o‘rganishda asosiy rol o‘ynaydi. Lekin, respublikamiz turizmi tizimida marketing xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Buning uchun chet el turistik bozorlarini o‘rganish u yerlarga milliy turistik mahsulotlarni sotish uchun harakat qilish kerak. Hozirda milliy turmahsulotlarimizga bo‘lgan talab o‘rtacha darajada bo‘lsa ham narx siyosatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Narxlar jahon bozoridan mahsulotlarga qaraganda juda yuqoridir. Shuning uchun turistlarning talabi borgan sari kamayib ketmoqda. Ular faqat tashkiliy maqsadlarda tashrif buyurishmoqda.
Nazorat savollari

  1. Turizmda marketing faoliyatlari qachondan boshlangan?

  2. Mehmonxona marketingi nima?

  3. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar necha guruhga bo‘linadi?

  4. Marketing ta’rifi nima?

  5. Turizm marketingining xususiyatlari?

  6. Turistik bozor nima?

  7. Turizm marketingida talab va taklif omillari qanday vazifani bajaradi?

  8. Turizm marketingida narx belgilashga qanday omillar ta’sir qiladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346 - sonli “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori. - Xalq so‘zi. 1998. 9-avgust

  2. Дурович А.П. MapKeraHr в TyproMe Y4e5Hoe пособде 5-e изд., стepeотип. (ГРИФ) - М., .: КНОРУС. 2005. - 127 c.

  3. Ильина E.H. Typonepe^raHr: стpатeгия и финансы: Учeбник. - М.: Финансы и статистика, 2005.

  4. Diyarov Sh. Xalqaro turizmda marketing strategiyasi va reklamalar rolini oshirish. Magistrlik dissertasiyasi. TDIU. 2005. - 76 b

  5. Миpзаeв. PTypTOTme^^ жeмчyжины Узбeкистана. Илмий манография. - Т.: Ипак «Шаpк». 2005.

  6. www.e-tours.ru - дeловыe Typbi, выставки, конфepeнции

  1. bob. TURISTIK FIRMANING BIZNES REJASI

  1. Turistik firma faoliyatini rivojlantirish asoslari

  2. Turistik firmada biznes reja loyihalari

  3. Turistik firmaning o‘z oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari

  4. Marketing va moliyalashtirish rejalari tizimi

  1. Turistik firma faoliyatini rivojlantirish asoslari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilot bir-biri bilan o‘zaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisha olmaydi. Masalan, avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari bu kompaniya mahsulotlariga xizmat ko‘rsatadigan xususiy avtoservislarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi kerak. Chunki, avtoservislar kompaniya tomonidan chiqarilayotgan avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha barcha qulayliklarga ega bo‘lsa, bu avtomobillarga bo‘lgan talab tabiiy ravishda oshib boradi. Xuddi shuningdek, turizm sohasidagi kichik va xususiy biznes sub’yektlari ham bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari turizm sanoatining istiqbolli rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi bo‘limlarimizda aytib o‘tganimizdek, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy biznes sub’yektlari mos ravishda bevosita va bilvosita firmalarga bo‘linadi. Bevosita tadbirkorlik sub’yektlari turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lgan har xil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agentliklar, turizm operatorlari, xususiy mehmonxonalar, kempinglar, xususiy sanotoriyalar va pansionatlar, xususiy ijara uylari va umuman olganda, turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi barcha firmalarni o‘z ichiga oladi. Bilvosita tadbirkorlik sub’yektlari esa, mamlakatimiz ichki bozorlarida chet ellik turistlar ehtiyojini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik va xususiy biznes korxonalarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda xalqaro turizmning jahon andozalariga mos keladigan jihatlari endigina rivojlanayotganligi bois turistlarga turistik xizmatlarni ko‘rsatish borasida talaygina qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Bular bevosita turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va o‘rta biznes sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning yaxshi o‘rnatilmaganligiga borib taqaladi. Biz quyida ana shu muammoni hal etish yo‘llari xususida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining ko‘plab tarixiy qadamjolari va ziyoratgohlari, ko‘hna va navqiron buyuk shaharlari bilan birga go‘zal va xushmanzara tabiati, serjilo daryolari-yu ko‘llari, ajoyib hayvonot olami, dashtu- cho‘llari, bepoyon tekisliklari-yu tog‘u-toshlari, o‘rmonzorlari kabi boyliklariga ham egadir. Hozirgi kunda mamlakatimizga tashrif buyuradigan chet ellik turistlarning sayohatlarini tashkil etish borasida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik agentliklar o‘z faoliyat doirasini mana shunday turizm resurslari hisobidan kengaytirishga harakat qilishmoqda. Biroq, bu borada turistik agentlar bilan boshqa shu sohaga taalluqli kichik va xususiy biznes sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning zamon talablariga mos ravishda shakllanmaganligi natijasida ko‘plab to‘siqlarga duch kelinmoqda. Buning uchun, birinchidan, marketing tadqiqotlarini amalga oshiradigan kichik va xususiy kompaniyalar bilan turistik agentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni qaror toptirish kerak. Turistik agentliklar yangi tashkil etilganligi bois ularda xizmat ko‘rsatuvchi personal miqdorining kamligi va bundan tashqari tajribali marketologlarning yetishmasligi tufayli ular turistlar uchun qanday turistik mahsulotlarga ehtiyoj borligini, shuningdek, bu turistik mahsulotlarni turistlarga reklama qilish borasida qiyinchiliklarni boshidan kechirishmoqda. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazuvchi agentliklar esa o‘zlaridagi marketing xizmatlarini turistik agentliklarga taklif etishsa, bu muammo hal bo‘lardi. Ular ham mahalliy, ham chet ellik turistlarning qanday turistik mahsulot turlariga ehtiyojlari borligini to‘liq o‘rganish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, bu agentliklar mamlakatimizning xushmanzara hududlarini chet ellarga reklama qilishlari ham turistik agentliklarga qaraganda osondir. Buning sababi, marketing tadqiqoti o‘tkazuvchi agentliklarda ham tadqiqot o‘tkazish, ham reklama uyushtirish uchun yetarli darajadagi moddiy-texnika bazasining shakllanganligida o‘z ifodasini topadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, agarda turistlarga mamlakatimizda mavjud turizm resurslari yetarli darajada reklama qilinsa, u holda turistlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi. Bu esa turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy biznes sub’yektlari salmog‘ini oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, turistik agentlar bilan dam olish sanatoriyalari, mehmonxonalar va kempinglar bevosita
90
aloqa o‘rnatishi kerak.

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin