A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Ильина Е.Н. Туроперейтинг: организация деятельности: Учебник. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 48 с



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə22/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

27 Ильина Е.Н. Туроперейтинг: организация деятельности: Учебник. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 48 с.
- matnda eslatilgan tomonlarni birgalikda nomlash (masalan, nomlangan tomonlarni birgalikda sheriklar, ishtirokchilar va boshqalar, lekin har doim bir xil nomlanadi).

  1. Shartnoma matnida qo‘llanuvchi tushunchalar, ta’riflar va spetsifik atamalar.

Agar shartnoma juda jiddiy bo‘lsa, preambulada tomonlar ishtirokchilarining ta’rifiga shartnoma matnida tomonlar qabul qilgan belgilashlar ko‘rsatiladi. Agar muzokara payti ishlatilgan atamalarning har xil o‘qilishi yoki turlicha bayon etilishi mavjud bo‘lsa bu juda muhimdir. Shuningdek, bundan keyingi matnda eslatiladigan hujjatlar ko‘rsatmalariga yoki gapirmay o‘tilganlar bo‘yicha qo‘llanilayotganlarga ham tegishlidir (masalan, “Turlarni sotishning umumiy qoidlari” va boshqalar). Atama va tushunchalarni izohlash ikki tildagi shartnomalarda juda muhim. Odatda sheriklar va yoki uchinchi bir shaxslar tomonidan izohlanishi qiyin bo‘lgan 10-15 ta atama va tushunchalar tanlab olinadi. Ammo amalda bitim ishtirokchilari kamdan-kam bu shartlarga rioya qilishadi va ularning ko‘pchiligi o‘sha va boshqa tushuncha yoki atamani tushunmasliklaridan tez-tez zarar ko‘rishadi, hamda iqtisodiy sanksiyalarning achchiq tajribasini egallashadi. Shuning uchun shartnomaviy hujjatlarni mukammal tayyorlash zarur.

  1. Shartnoma mavzusi va ob’yektini ta’riflash. Shartnoma mavzusi va ob’yekti har doim birinchi bandda yoki bobda keltiriladi. Shartnoma mavzusi deganda faoliyat tasviri (topshirish, uzatish, xarid, savdo, vositachilik xizmatlari va boshqalar) tushuniladi. Shaxsan sotuvlar va chegirmalarni belgilash nuqtai nazaridan javobgarliklarni turoperator va turagent orasidagi munosabatlarning 3 xil variantiga aniq ajratish mumkin. Bu “tamoyilni ochish” deb nomlanadi. Tamoyilni ochish saviyasi va uning mohiyatidan kelib chiqqan holda turlarni sotishning quyidagi variantlari paydo bo‘ladi:

A. Turagent turistik mahsulotini turoperator nomidan va topshirig‘iga binoan sotadi - bu “nomlangan tamoyildir”. Chinakamiga bularning ko‘pi turistik yo‘llanmalar do‘konida aylanib yuradi, u yerda agent-sotuvchi turistga har xil turoperatorlarning ko‘plab turlarini taklif qiladi, asosiy katalogga amal qilgan holda va tur savdosini tasdiqlash uchun amaliy vositalardan foydalanib, turoperatorlarning firma vaucherlarini sotadi. Bu holatda hamma hujjatlar turoperator nomidan to‘ldiriladi, garchi agent albatta ko‘rsatilsa ham. Turist agentga pul to‘laydi, garchi boshqacha variant bo‘lsa ham, bunda qachonki turist mustaqil o‘zi bank yoki aloqa bo‘limi orqali pulni turoperatorga o‘tkazgandan keyin dallolik haqqini agentga to‘laydi. Ushbu holatda turistik mahsulot uchun mas’uliyat turoperatorda bo‘ladi va turagent turist oldida rasman hech qanday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi;
B. Turagent turistik mahsulotini turoperator topshirig‘i bo‘yicha, lekin o‘z nomidan sotadi, faqat tamoyilni mavjudligini eslatgan va hatto uning hamma dastlabki ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda, turistik mahsulot - “nomlanmagan tamoyilni” bo‘ladi. Turistik agentlik mustaqil o‘zi turist bilan ahdnoma tuzadi hamda turistik safari va uning tashkilotchisining ma’lumotlari aniq ko‘rsatilgan firma blankasidagi ismi yozilgan vaucherni beradi. Agent turist bilan barcha hisoblarni olib boradi, hatto unga alohida xizmatlar ko‘rsatadi. Turagent shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda turistdan olingan mablag‘larning hammasini o‘tkazish mumkin va keyinchalik turoperatordan dallollik haqi olishi yoki agar shartnomada shunday ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘z dallollik haqini turoperator bilan tur uchun hisob-kitobdan o‘qib chiqib tuzatishi mumkin. Lekin oxirgisi to‘lov hujjatlarida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Madomiki turoperator (tamoyil) turist bilan mustahkam aloqalarga, hujjatlarga asoslanib ega bo‘lmasa, turistik mahsulot bo‘yicha hamma davolar, agar shunaqalar paydo bo‘lsa, turist turagentga arz qiladi, turagent esa tanazzulga olib boruvchi da’vodan uzoqlashgan holda bu talablarni turoperatorga beradi.
V. Turagent boshqa hududda o‘ziga turoperatorlik vazifalarining bir qismini olishi va turoperator mahsulotini jalb etadigan xususiy turistik mahsulotini sotishi mumkin. Bunda turoperator ko‘rsatilmagan bo‘lishi mumkin, bu “ochilmagan tamoyil” deyiladi. Shunday qilib, agent hujjatlarni rasmiylashtirish, turistlarni xorijiy turga jo‘natish (masalan, Toshkentdan Buxoroga) joyiga ko‘chirish bo‘yicha xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi, mehmonxona, qo‘shimcha ekskursiya va boshqa xizmatlarni havola etuvchi, uni ko‘chirishni belgilangan xizmat joyiga tashuvchi murakkab, ko‘p qismli turistik mahsulotini (turni) sotadi. Chet el turistik sayohati bu katta zanjirdagi xalqalardan biri hisoblanadi. Bunday holatda bir nechta bajaruvchilarga o‘xshagan tamoyillar bo‘lishi mumkin. Vaucher agent firma blankasida nomerlanadi va turist oldida birgalikdagi tur uchun butun javobgarlik aynan unda bo‘ladi. Hamma aloqalar va o‘zaro javobgarliklar kelishuvda ko‘rsatilishi lozim. Kelishuv ob’yekti sifatida ba’zi sharoitlarda ob’yekt sifatida nomlangan xizmatdan foydalaniladi. Umumiy tavsiya kelishuv ob’yekti bo‘yicha mavjud emas va har bir aniq holatda tomonlar turizm va xarakteristikasining turini aniqlashlari kerak. Turistik mahsulotini sotishda kelishuvda ko‘rsatilishi kerak shaharlarga turistlarning qabul qilinishi (incoming) yoki chet elga kuzatilishi (outgoing) va shu bilan birgalikda agentlik munosabatlari ko‘rsatilishi lozim. Har bir aniq holatda tomonlar mahsulotning kelishuv tavsifini berishi zarur.

  1. Turlarning narxi (alohida hujjat sifatida tatbiq etilishi mumkin).

  2. Sayohat va chegirmaning o‘lchamlari turning standart narxiga.

  3. Valyuta qiymati (shartlarni o‘zgartirish foizi va boshqalar).

  4. Mijozning turni sotib olish shakli va e’lonning joylashish tartibi (o‘zaro kelishuv tartibi va bitim hujjatlari, alohida javobgarliklar, iqtisodiy hujjatlar).

  5. Depozit o‘lchami va depozit siyosatining tizimlari, jarima tarmog‘i.

  6. Qo‘shimcha to‘lov inflatsiyaga yoki ichki sabab natijasida vujudga kelgan xizmat, ularning narxining ko‘tarilishiga ta’sir qilish g‘oyasi (masalan, aviabiletlarga).

  7. O‘zaro hisob-kitob va to‘lovlar ro‘yxati (tomonlardan qaysi birining bankda xarajati bor) inflatsion kelishuv.

Ushbu omillar turizmda turistik shartnomalarning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.
Xulosa
Dunyo tajribasida tashkilot usullarining agentliklar bilan o‘zaro aloqasi va agentlik tarmoqlarining qurilishi tashkil topgan va yaxshi ishlangan. Bu murakkab zanjirning barcha xalqalari agentlik shartnomasi asosida, ba’zilari odatdagi turlarni sotish shartnomasidan farq qilgan holda bir-biriga ta’sir qiladi. Qoida bo‘yicha, agentlik sharnomasida ikkita qatnashuvchi bo‘ladi. Mohiyati va ichki tabiatiga ko‘ra agentlik bitimi ahdnoma topshirig‘iga yaqin, har qanday holatda ham agentlik shartnomasi- ishlab chiqaruvchi va agent sotuvchi orasidagi ahdnoma bo‘lib, agentlik rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha turlarni sotish va jo‘natish ishlarini amalga oshiradi. Agentlik shartnomasini tuzish shartlari har bir davlatning fuqarolik kodeksida bo‘ladi va agentlik shartnomalarida topshiriq va komissiya ahdnomalari haqidagi qoidalar qo‘llanishi belgilangan.
Nazorat savollari

  1. Turistik korxonalar o‘z turmahsulotlarini sotishda qanday aloqalarni afzal ko‘rishadi?

  2. Turizmda asosiy hamkorlik munosabatlari nima?

  3. Turizmda agentlik bitimlari qanday tuziladi.?

  4. Turizmda shartnoma munosabatlarini tuzish usullari nima?

  5. Turistik bitimning zaruriy shartlariga nimalar kiradi?

  6. Turistik korxonalar shartnoma tuzishda sherik korxonaning qanday shartlari bilan tanishadilar?

  7. Shartnoma mavzusi va ob’yekti qanday ta’riflanadi?

  8. Turistik shartnoma matnida qo‘llanuvchi tushunchalar, ta’riflar va spetsifik atamalar qanday izohlanadi?

  9. Shartnoma ishtirokchilari kimlar bo‘la oladi?

  10. O‘zbekistonda turistik bitimlar qanday tuziladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Кабушкин Н.И. Мeнeджмeнт туризма. - М.: Новой знаниe. 2005. - 64 с.

  2. Гуляeв В.Г. Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 293-296 с.

  3. Ильина E.H. Туропeрeйтинг: организация дeятeльности:

Учeбник. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 48-50 с.

  1. Alieva M.T., Mirzaev M. Turizm huquqi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Talqin. 2003. - 25-27 б.

  2. Жукова М.А. Me^^Menr в туристском бизнeсe: Учeбноe пособи. - М.: КНОРУС. 2005. - 92-95 с.

  3. www.e-tours.ru - дeловыe туры, выставки, конфeрeнции

  1. bob. TURISTIK KORXONALARNI SOLIQQA TORTISH

  1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi

  2. Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar

  3. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i

  1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi

Mamlakatimizda turizm ishiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy - huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’lluqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Shulardan kelib chiqqan holda,
mazkur hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilishni quyidagi tematikalar
28
bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir, - deb o‘ylaymiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining turizmga oid qonun va kodekslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24-aprelda qabul qilgan "O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid imtiyozlar. Ushbu Kodeks 11 bo‘lim, 41 bob va 134 moddadan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifasi - O‘zbekistonda soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. Kodeksda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, reklama solig‘i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq,
л о

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin