A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Дехтярь Г. Лицензирование и сертификацие в туризме. Учебное пособие. - М.: Финансы и статистика, 2003г. 79-86 с



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə19/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

Дехтярь Г. Лицензирование и сертификацие в туризме. Учебное пособие. - М.: Финансы и статистика, 2003г. 79-86 с.
94
O’zbekiston Respublikasi «Turizm to’g’risida»gi qonuni. Halq so’zi. 1999 yil 20 avgust.
Butunjahon turistik tashkilotida bu borada dunyoning turli xil mamlakatlarida turizm sohasini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarga doir juda boy axborot to‘plangan. Iste’molchini turizm mahsuloti sifatini belgilovchi tartib va qoidalarning muayyan majmuini qo‘llash orqali himoya qilish mumkin. “Bu esa, muayyan natijalarga erishish yo‘llarini belgilash bilan cheklanib qolmay, ayni paytda ularga erishish majburiyatini ham zimmaga yuklaydi. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, kelajakda O‘z bekiston turistik mahsulotining sifati ko‘p hollarda Xususiy Turistik Tashkilotlar uyushmasi faol va tashkiliy jihatdan uyushgan faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkin. Shimoliy Yevropaning aksariyat davlatlari uchun xususiyatli bo‘lgan ushbu fikrimiz isbot bo‘lishi mumkin. Ushbu davlatlarda turizm faoliyati bilan erkin shug‘ullanish amaliyoti mavjud. Jumladan, ularda turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar va turagentlar faoliyat ko‘rsatuvchi tizim shakllangan. Ammo o‘tish davri bilan bog‘liq murakkablik va avvalombor, turizm bozori yetarlicha rivojlanmaganligi hisobga olgan holda hozircha, turizmni tartibga solish va turistik mahsulot sifatini oshirishning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan litsenziyalash tartibini respublikamizda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, litsenziya berish shartlarini qiyinlashtirishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz. Ayni paytda, turistik firmalarning turistik mahsulot sifati uchun javobgarligini kuchaytirish yuqori samara berishi mumkin.
Xulosa
Turistik firmalar faoliyatini zaruriy sharti undagi litsenziyaning mavjudligidir. Respublikamizda Turizmni litsenziyalash bir necha yillardan beri amalga oshirilib kelinmoqda. Turizm bilan shug‘ullanish uchun litsenziya faqat “O‘zbekturizm” MKsi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Litsenziya berilganligi uchun eng kam ish haqining 25 barobari miqdorida yig‘im to‘lanadi. Yig‘im “O‘zbekturizm” MK huzuridagi turizmni rivojlantirish fondiga yo‘naltirilgan. Hozirda ko‘pchilik litsenziyasi bor kishilar bir vaqtning o‘zida turoperatorlik va turistik faoliyat bilan shug‘ullanishlari maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun jamoat tashkilotlaridan turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro tasniflash andozalariga muvofiq holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari

  1. Turistik litsenziya nima?

  2. O‘zbekistonda turistik litsenziya berish qachondan boshlangan?

  3. Turistik narxlarni litsenziyalash qanday tartibda amalga oshiriladi?

  4. 1998 yilda O‘zbekistonda qanday qoida qabul qilindi?

  5. Turizm sohani litsenziyalashda BTT qoidalari nimalardan iborat?

  6. Germaniyada turistik litsenziyalash usullari qanday?

  7. Angliyada litsenziyalash usullari qanday?

  8. Qanday hollarda turistik korxonalar litsenziyadan mahrum etiladi?

  9. Hozirgi kunda respublikamizda qancha tashkilot turistik litsenziyaga ega?

  10. Litsenziya berishda «O‘zbekturizm» MKsi tomonidan qanday shartlar belgilanadi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

  2. Дeхтярь Г. Лицeнзированиe и сeртификациe в туризмe. Учeбноe пособде. - М.: Финансы и статистика, 2003. 79-86 с.

  3. Гуляeв В.Г. Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика. 2005. -233 -236 с.

  4. Лифиц И. М. Стандартизация, мeтрология и сeртификация: Учeбник. - М.: Юрайт-Издат. 2006. - 6-69 с.

  5. Жукова. М.Ж. Мeнeджeмeнт в туристском бизнeсe. Учeбная пособиe. - М Финансы и статистика. 2005. - 88-93 с.

  6. www .interunion.ru - туристскж ассоциации

Xlll-bob. TURISMDA SUG‘URTALASH

  1. Turistik sug‘urta va uning turlari

  2. Turizmda sug‘urta tushunchasi

  3. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‘urtalashning chet el tajribalari

  4. Turistlarning sug‘urta kompaniyalari bilan qiziqish sabablari

  1. Turistik sug‘urta va uning turlari

O‘zbekiston Respublikasi "Turizm to‘g‘risida"gi qonunining 20- moddasi "Turistlarni sug‘urta qilish", - deb nomlanib, unda: Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat sub’yektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi, deyiladi. Biror joyga yoki mamlakatga qatnovchi turist mahalliy aholiga qaraganda ko‘proq noqulay omillarga duch keladi. Shuning uchun avvalom bor turistning sog‘lig‘i sug‘urtalanadi. Keyin esa mol-mulki sug‘urtalanadi. Turistning bir kunlik turistik sug‘urtasi o‘rtacha bir yarim dollarga to‘gri keladi. Endi dunyodagi turistlar soni yarim milliard bo‘lib, sayohat 5-7 kun davom etsa, turizmning sug‘urtalash sohasida aylanayotgan mablag‘i hajmini baholash qiyin emas.Turizm rivojlangan mamlakatlarda maxsus tezkor xizmat guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, turistga biror kor xol bo‘lsa u telefon orqali o‘zining shaxsiy nomerini aytadi va unga zarur bo‘lgan yordam ko‘rsatiladi. Turizm statistikasiga qaraganda, sug‘urta to‘lash holati har bir 100 ta turistning bittasiga to‘gri keladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, turistlar bilan ro‘y bergan har qanday holatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan tan olinmaydi va unga sug‘urta puli berilmaydi.
Hozirgi vaqtda turizm sohasida sug‘urta tizimi 10 dan ortiq sug‘urta
9 S
xizmatini taklif etadi. Shulardan eng muhimlariga to‘xtalib otamiz:

  1. Shaxsiy sug‘urta. Insonning hayoti, sihat-salomatligi, mehnat qobiliyati ana shu sug‘urta munosabatlarining ob’yekti hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi:

  • hayotni sug‘urta qilish;

  • baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish;

  • tibbiy xarajatlar va kasallik yuzasidan sug‘urta qilish.

9 S

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin